Toshkent Moliya Instituti Moliya fakulteti mmc-65 guruh talabasi Samatova Yulduzning Soliq va soliqqa tortish fanidan Mustaqil ishi Aksiz solig‘ini hisoblash va byudjetga to‘lash tartibini takomillashtirish
Toshkent Moliya Instituti Moliya fakulteti MMC-65 guruh talabasi Samatova Yulduzning Soliq va soliqqa tortish fanidan Mustaqil ishi Aksiz solig‘ini hisoblash va byudjetga to‘lash tartibini takomillashtirish. Aksiz to‘lanadigan tovarlar oluvchiga jo‘natilgan (topshirilgan) kun, aksiz to‘lanadigan tovarlarga doir soliq solinadigan operatsiyalar amalga oshirilgan sanadir.
Garovga qo‘yilgan aksiz to‘lanadigan tovarlar garovga qo‘yuvchi tomonidan topshirilgan taqdirda, garov narsasiga bo‘lgan mulk huquqi o‘tgan sana garovga qo‘yuvchi uchun realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sanadir.
Aksiz solig‘ining stavkalari mutlaq summada (qat’iy) belgilangan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq solinadigan baza aksiz to‘lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmi asosida aniqlanadi.
Aksiz solig‘ining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan ishlab chiqarilayotgan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha, realizatsiya qilingan aksiz to‘lanadigan tovarlarning aksiz solig‘i hamda qo‘shilgan qiymat solig‘i kiritilmagan qiymati soliq solinadigan bazadir.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadga soliq qonunchiligida tutilgan hollarda tuzatish kiritish ko‘rsatilgan hollar yuz bergan soliq davrida amalga oshiriladi.
Aksiz to‘lanadigan tovarlar eksportini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardir:
Eksport qilinadigan aksiz to‘lanadigan tovarlarni yetkazib berish uchun tuzilgan kontrakt.
Tovarlarni eksport rejimida chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining belgisi qo‘yilgan bojxona yuk deklaratsiyasi.
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidagi o‘tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar tayinlangan mamlakatga jo‘natilganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan tovarga ilova qilinadigan hujjatlar.
Aksiz to‘lanadigan tovarlar olinayotganda yoki O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilinayotganda, agar mazkur tovarlardan keyinchalik aksiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida foydalanilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘langan aksiz solig‘i summasi chegirib tashlanadi.
Aksiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) yetkazib beruvchilar mazkur tovar (xom ashyo) bo‘yicha aksiz solig‘i summasini hisobvaraq-fakturada ajratib ko‘rsatishlari kerak. Olinayotgan aksiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) bo‘yicha aksiz solig‘i summasi hisobvaraq-fakturada ajratib ko‘rsatilmagan bo‘lsa, aksiz solig‘ining mazkur summasi chegirib tashlanmaydi.
Chegirma soliq davrida realizatsiya qilingan aksiz to‘lanadigan tovarlar hajmiga to‘g‘ri keladigan aksiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) hajmidan kelib chiqqan holda aniqlangan aksiz solig‘ining hisobvaraq-fakturada yoki bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatilgan summasiga nisbatan amalga oshiriladi.
Qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallardan tayyorlangan aksiz to‘lanadigan tovarlar topshirilayotganda ham qayta ishlashga berilgan aksiz to‘lanadigan xom ashyo va materiallarning mulkdori aksiz solig‘i to‘laganligini tasdiqlashi sharti bilan qo‘llaniladi.