Davlat moliya tizimida davlat krediti yoki davlat qarzlari muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Davlat byudjeti xarajatlari ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab- quvvatlashga, iqtsiodiyot sohasini rivojlantirishga, harbiy sohalarni saqlab turishga, shuningdek, davlat qarzlarini qoplashga xizmat qiladi. Davlat qarzi – O’zbekiston Respublikasining ichki va tashqi mablag’larni jalb qilish natijasida vujudga kelgan majburiyatlardir. Davlat qarzlarini yuzaga kelishi bo’yicha davlat tomonidan mablag’larni jalb qilish tushunchasi ham mavjud bo’lib, bunda aktivlarni jalb etish, bu bo’yicha O’zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi- rezidentlarning kreditlarini (qarzlarini) to’lashga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishi bilan izohlanadi. Davlat ichki va tashqi qarzlarni hisobini yuritadi hamda doimiy nazorat qilib boradi. Jalb qilingan mablag’lar asosan maqsadli yo’nalishlarga sarflanadi. Byudjet taqchilligi tushunchasi ham mavjud bo’lib, u asosan xarajatlar daromaddan oshib ketganda yuzaga keladi hamda davlat qarzini keltirib chiqaradi. Uning moliyalash manbalari esa byudjet tasnifini qo’llash bo’yicha yoriqnoma asosida tartibga solinadi. Davlat qarzlarini boshqarish deganda davlat zayomlarini qaytarish, ular bo’yicha daromadlar to’lashni tashkil qilish, oldin chiqarilgan zayomlar uchun belgilangan shartlar va muddatlarni o’zgartirish hamda yangi qarz majburiyatlarini joylashtirish bo’yicha davlatning moliyaviy tadbirlarining majmuasi tushuniladi. Davlat tomonidan mablag’ jalb qilishning xorijdan moliyaviy institute va tashkilotlardan, davlat kafolat berish orqali hamda hukumat nomidan chiqarilgan davlat qimmatli qog’ozlar bo’yicha qarz majburiyatlari orqali yuzaga keladi. O’zbekistonning hozirda ichki qarzlari mavjud emas. Tashqi qarzlari esa barqaror darajada ya’ni ko’pchiligi uzoq muddatli qarzlar hissasiga to’g’ri keladi. O’zbekiston Respublikasining tashqi qarzi 2021-yilga borib YaIMga nisbatan 43.8 foiz bo’lishi rejalashtirilmoqda. Davlat qarz majburiyatlari konversiya, konsolidatsiya, unifikatsiyalash, regressiv nisbat bo’yicha obligatsiyalarni almashtirish, qaytarish muddatlarini kechiktirish, qayta tarkiblash (restrukturizatsiya) va bekor qilish kabi metodlar orqali boshqariladi. Har biri o’z afzalligiga ega.
Davlat qarzini samarali boshqarish uchun bir nechta takliflarni bildirish mumkin:
Davlat qarzi to’g’risidagi qonun bugunga kunda ancha eskirib qolganligi (1996-yil qabul qilingan) tufayli, bugungi zamon iqtisodiy shartlarini qanoatlantiradigan, yangi Davlat qarzi to’g’risidagi qonun ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Davlat qarzini shaffofligini ta’minlash maqsadida, choraklik, oylik ma’lumotlar OAV orqali keng jamoatchilikka taqdim etilishi lozim.
1990-yilgi Davlar zayomlari hali ham ochiq qolayotganligi tufayli, ushbu masalani tartibga soluvchi tartib ishlab chiqilishi lozim.
Xalqaro tajribalardan foydalanib, kredit riskini hisoblab, tashqi qarzlardan unumli foydalanish va ularni doimiy monitor qilib borish kerak.
Suveren kredit reyting barqarorligini ta'minlash
Do'stlaringiz bilan baham: |