Toshkent moliya instituti moliya fakulteti "davlatiy moliya" kafedrasi utanov asrorbek zokir o


III BOB.DAVLAT MOLIYASI BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA DAVLAT QARZINI SAMARALI BOSHQARISH CHORA-TADBIRLARI



Download 400,93 Kb.
bet22/28
Sana29.12.2021
Hajmi400,93 Kb.
#85809
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Bog'liq
Utanov DIPLOM ready 9.06.2020

III BOB.DAVLAT MOLIYASI BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA DAVLAT QARZINI SAMARALI BOSHQARISH CHORA-TADBIRLARI.





    1. Davlat qarzini boshqarishning xorij tajribasi.

Ilmiy adabiyotlarda davlat qarzlarining iqtisodiy o‘sishga ta’siri haqidagi munozaralar iqtisodchilar uchun qizg‘in mavzulardan biri hisoblanadi.

T. M. H. Scherjon (2017) o‘zining maqolasida davlat qarzining optimal darajasini topishga harakat qilar ekan, u qarz/YaIM nisbatidan tashqari nominal YaIM o‘sish sur’atiga ijobiy va salbiy ta’sir etuvchi omillarni hisobga oladi. U qarz va YaIM o‘sish sur’ati o‘rtasidagi bog‘liqligini botiq ikkinchi darajali funktsiya sifatida tasvirlaydi. Muallif 28 ta sanoatlashgan davlatlarning davlat qarzi va YaIM o‘sish sur’ati bog‘liqligini hisoblab, qarz darajasining optimal miqdorini topadi.28

Omotosho B. va Bawa S. (2016) maqolasida Nigeriya uchun davlat qarzi, tashqi va ichki qarz miqdorining optimal nuqtasini topadi. Xulosa sifatida, Nigeriya uchun YaIMga nisbatan 73,7 % lik davlat qarzi miqdorigacha normal holat ekanligi qayd etiladi.29

N. Akram (2011) Pokistonda iqtisodiy o‘sish va investitsiyalar uchun davlat qarzining oqibatlarini ko‘rib chiqdi. Tadqiqot davlat tashqi qarzlari va aholi jon boshiga daromadlarning o‘sishi va investitsiyalar o‘rtasidagi kuchli salbiy bog‘liqlikni aniqladi, bu mamlakatda qarzning haddan tashqari ko‘payganligini tasdiqlaydi.30

Kraay A. va Nehru V. (2006) tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, qarzlar muammosi xavfi kichik omillarga bog‘liq: qarzning hajmi, siyosat, institutlar va shoklar. Tadqiqotga ko‘ra, qarz majburiyatlari va siyosat o‘rtasida sezilarli tafovut mavjud: siyosati yaxshiroq tuzilgan davlatlar qarzdorlik muammolarini ko‘tarish xavfini oshirmasdan, yomonroq siyosat va institutlarga ega bo‘lgan mamlakatlarga






28 Scherjon, M. T. H. (2017). "The Search for the Optimal Debt Level." Erasmus University Rotterdam.

29 Omotosho, Babatunde S.; Bawa, Sani; Doguwa, Sani I. (2016). Determining the optimal public debt Threshold for Nigeria. CBN Journal of Applied Statistics, 7(2), 1-25.

30 Akram, N. (2011). Impact of Public Debt on the economic growth of Pakistan. The Pakistan Development Review, 50 (4), 599-615.

qaraganda ancha katta yuklarni ko‘tarishlari mumkin. Daromadlari past bo‘lgan mamlakatlar bo‘yicha ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘rtacha o‘sish va kambag‘al siyosat mamlakat eksport oldidagi qarzning hozirgi qiymatiga 100 foiz toqat qila oladi. Biroq, siyosati yaxshi bo‘lgan qarzi qariyb uch baravar yuqori darajaga toqat qilishi mumkin31.

Kordella va boshqalar (2010) yaxshi siyosat va institutlarga ega bo‘lgan mamlakatlarda qarzning sof joriy qiymati YaIMning 20-25 foizidan oshganda qarzning o‘zgarishi to‘g‘risida dalillar keltirdi. Shu bilan birga, taxminan 70-80 foizli chegarada qarz ahamiyatsiz bo‘lib qoladi - qarzning o‘sish sur’atlariga ta’siri salbiy bo‘lib to‘xtaydi. Yomon siyosat va institutlarga ega mamlakatlarda ortiqcha va ahamiyatsizlik ko‘rsatkichlari sezilarli darajada past (YaIMning 10-15 va 15-35 foizi). Ularning natijalari shuni ko‘rsatadiki, qarzlarni kamaytirishning o‘sishi ham siyosat va institutlarning sifatiga, ham mamlakatlarning qarzdorlik darajasiga bog‘liq32.

Pattillo va boshqalar (2003) qarzning past darajasida va yuqori darajada qarzlarning o‘sishiga ta’siri juda farqli ekanligini aniqladi. Qarzning yuqori darajasida, har qanday boshlang‘ich darajadan yoki undan yuqori darajadagi qarzning ikki baravar ko‘payishi jon boshiga daromad o‘sishini taxminan 1 foiz darajaga kamaytiradi. Ammo past darajada, ta’sir odatda ijobiy edi, lekin ko‘pincha ahamiyatsiz edi. Shu bilan birga, yuqori qarzning o‘sishiga salbiy ta’siri jismoniy kapital to‘planishiga ham, jami omillar samaradorligining o‘sishiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Shunday qilib, qarz miqdorini kamaytirish kapitalning to‘planishi va ishlab chiqarishning o‘sishi hisobiga o‘sishga yordam beradi33.

Yuqoridagilarni hisobga olib aytganda, davlat qarzi va uning eng yuqori chegarasini o‘rnatish masalasi ko‘plab xorijiy ilmiy tadqiqot ishlarida yoritilgan.





31 Kraay, A. and Nehru, V. (2006). When is external debt sustainable?. The World Bank Economic Review, 20(3), 341-365.

32 Cordella, T., Ricci, L. A. and Ruiz-Arranz, M. (2010). Debt overhang or debt irrelevance?. IMF Staff Papers, 57(1), 1-24.

33 Pattillo, C., Poirson, H., Ricci, L., Kraay, A. and Rigobon, R (2003). Through What Channels Does External Debt Affect Growth [with Comments and Discussion]. In Brookings Trade Forum (pp. 229-277). Brookings Institution Press.

Ularning ilmiy xulosalarini O‘zbekiston davlat qarzi bo‘yicha siyosatiga nisbatan qo‘llash imkoniyati mavjud.

Marcet A., Sargent T. J., & Seppala J. (2002) o‘zlarining tadqiqotida oldindan rejalashtirilmagan davlat qarzlarining odlini olishda optimal soliq yuki darajasining ahamiyati haqida so‘z yuritishadi. Ular davlat qarzi chegarasini aniqlash bo‘yicha o‘z modellarini yaratishda ikki xil qarz limiti mavjud degan xulosaga kelishadi: “tabiiy” (“natural”) va “maxsus” (“ad hoc”). Tabiiy qarz chegarasi o‘rtacha soliq yuki darajasida aniq to‘lash mumkin bo‘lgan qarzlar darajasini belgilash bo‘lsa, maxsus qarz chegarasi tabiiy darajadan quyiroq chegarada cheklovlar qo‘yilishini anglatadi. Mualliflar tabiiy chegara qo‘yilishi mamlakat iqtisodiyoti uchun har tomonlama yaxshiroq degan fikrga kelishadi34.

A. Pienkowski (2017) ning davlat qarzi va qarz strukturaviy tuzilishiga bag‘ishlangan ilmiy ishi davlat qarzlarining barcha uchun birday qabul qilish mumkin maksimal chegarasi mavjud emasligi, aksincha bu ko‘rsatkichlar rivojlangan, rivojlanayotgan va quyi darajada rivojlangan davlatlar uchun birmuncha farq qilishini isbotlaydi. Uning asosiy tavsiyalari orasida daromadi nisbatan past darajadagi davlatlar qarzlarini milliy valyutada olishlari maqsadga muvofiq bo‘lsa, rivojlangan davlatlar qarzining maksimal darajasini oshirish uchun YaIMga bog‘langan davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarishni tavsiya etadi35.

M. Dabrowski (2016) ning fiskal barqarorlikni ta’minlash muammolariga bag‘ishlangan izlanishida mamlakatlar uchun “xavfsiz” qarz darajasi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davridan keyin ancha pasayib qolganini aytib o‘tadi. Ushbu ishning o‘ziga xosliklaridan yana biri – rivojlanayotgan davlatlar, jumladan MDH davlatlari (Qozog‘iston, Rossiya, Belarus) uchun maksimal qarz darajasi haqida tadqiqotlar olib borilganligi hisoblanadi. M. Dabrovski inqiroz davridagi mamlakatlarning davlat xarajatlarining (shu bilan birga, davlat qarzlarining)






34 Marcet, A., Sargent, T. J., & Seppala, J. (2002). Optimal taxation without state-contingent debt. SSRN Electronic Journal.

35 Pienkowski, A. (2017). Debt limits and the structure of public debt. Journal of Globalization and Development, 8(2).

oshirilishi yaqin kelajakda o‘zining ta’sirini butun iqtisodiyotga ko‘rsatishini aytib o‘tadi36.

Qarz darajasi mavzusida eng ko‘p iqtibos keltiriladigan ishlar C. Reinhart and

K. Rogoff (2010) larning ishlari hisoblanadi. Ularning 2010 yildagi “Qarz davrida iqtisodiy o‘sish” mavzusidagi tadqiqoti 44 ta davlatning deyarli 200 yillik ma’lumotlarini tahlil qilib chiqiladi. Ularning asosiy xulosalari shundan iborat: davlat qarzining YaIMga nisbati 90%gacha bo‘lgan darajasida YaIM o‘sish sur’ati u qadar pasaymaydi. Undan keyingi har bir foizlik davlat qarzi oshishi YaIM o‘sish sur’ati bir foizdan ko‘proq pasayadi. Rivojlanayotgan davlatlar uchun bu ko‘rsatkichlar biroz boshqacharoq: davlat tashqi qarzining YaIMga nisbatan 60%ga yetganda, yillik o‘sish sur’ati 2%ga tushadi, undan keyingi qarz darajasi oshishi o‘sish sur’atini 2 barobar pasaytiradi. Shuningdek, rivojlanayotgan davlatlar qarzining oshishi davlatdagi inflyatsiya darajasining ham oshishiga olib kelishi bu ishning xulosalaridan biri bo‘ldi37.

Pedro Leão (2015) o‘zining yuqori qarz darajasi haqiqatan ham muammo yoki yo‘qligini tahlil qilgan maqolasida davlat qarzining yuqori darajasining soliq yuki oshishiga ta’siri, davlatning defolt holatiga tushib qolishi va inflyatsiyaga olib keluvchi ta’sirini kamaytiruvchi davlat fiskal siyosati mexanizmlarini ishlab chiqishni taklif qiladi38.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, davlat qarzining umumiy miqdoriga yuqori chegarani qo’yish, strategik ahamiyatga molik hisoblanadi. Sababi, davlat qarzining haddan ziyod oshib ketishi makroiqtisodiy holatning buzilishiga sabab bo’ladi. Davlat qarzining xavfsiz darajasidan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan va uning kafolati ostida imzolanadigan tashqi qarz bitimlarining yillik eng yuqori miqdori (4 mlrd. doll.) aniqlandi va 2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining “Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Prezident Qonuni bilan tasdiqlandi. Bu ko’rsatkich, COVID-19







36 Dabrowski, M. (2016). Fiscal Sustainability: Conceptual, Institutional, and Policy Issues. CASE Research Paper, (4-128).

37 Reinhart, C. M., & Rogoff, K. S. (2010). Growth in a Time of Debt. American economic review, 100(2), 573-78. 38 Leão, P. (2015). Is a very high public debt a problem?. Levy Economics Institute of Bard College Working Paper, (843).

pandemiyasi tufayli 2020-yilda o’zgarishi tabiiy hol. Sababi, davlat byudjetidan harajatlarning daromadlardan haddan ziyod ortib ketib byudjet taqchilligini yuzaga keltirishi o’z-o’zidan xorijiy byudjet ko’magi kreditlarini (budget support loans) talab qiladi.

Dаvlаt qаrzining bо‘lishi uni bоshqаrishni tаqоzо еtаdi, yа’ni qаrzni оlish vа tо‘lаsh bilаn bоg‘liq muаyyаn chоrа tаdbirlаrni аmаlgа оshirish lоzim bо‘lаdi. Qаrz vа uning fоizlаrini tо‘lаsh uchun byudjеtdаn pul аjrаtish dаvlаt qаrzigа xizmаt qilish dеyilаdi. Dаvlаt qаrzini tо‘lаshdаgi shаrtshаrоitlаrning о‘zgаrishi dаvlаt qаrzining rеstrukturizаtsiyаsi dеyilаdi. Rеstrukturizаtsiyа yuz bеrgаndа qаrz hаqining о‘zgаrishi kоnvеrsiyа dеyilаdi. Qаrz tо‘lаsh muddаti chо‘zilgаndа dаvlаt qаrzi prоlоngаtsiyаsi yuz bеrаdi. Qаrzning bir turi bоshqаsigа аylаngаndа, qisqа muddаtli qаrz uzоq muddаtli qаrzgа аylаnаdi vа dаvlаt qаrzining kоnsоlidаtsiyаsi yuz bеrаdi. Dаvlаt qаrzigа о‘rin bо‘lmаsligi uchun dаvlаt xаrаjаtlаri dаvlаt dаrоmаdlаri dаrаjаsidа bо‘lishi lоzim. Bundа tаqchillikkа yо‘l bеrilmаydi yоki minimаl dаrаjаgа kеltirilаdi.

Xorij mamlakatlarida tashqi iqtisodiyotning barqarorligi avvalo uning tashqi savdo ko’rsatkichlariga bog’liq bo’ladi. Mamlakat tashqi iqtisodiy potentsialini aniqlovchi eng muhim iqtisodiy ko’rsatkichlar ishlab chiqarish hajmi, shu jumladan aholi jon boshiga, YaIMda tovar va xizmatlar eksportining ulushi hamda tovarlar umumiy eksporti hajmida sanoat tovarlari ulushi hisoblanadi.

Avvalo, tashqi savdo – bir mamlakatning boshqa mamlakat yoki mamlakatlar bilan olib boradigan o’zaro tovar almashish jarayonidir. Tashqi savdo mamlakatdan tovar va xizmatlar chiqishi (eksport) va kirib kelishi (import)dan tashkil topadi.

Eksport va import yig’indisi mamlakatning tashqi savdo aylanmasini tashkil etadi. Mamlakatlar o’rtasida savdo-sotiqning rivojlanishi ikki tomonlama foyda olish imkonini beradi.

Tashqi savdo mamlakatlararo iqtisodiy munosabatlarning eng oddiy va eng qadimiy shaklidir. Insoniyat tarixida birinchi marta Sharq va G’arb dunyosini bir- biri bilan bog’lagan Buyuk Ipak yo’li qit’alararo savdoni yo’lga qo’ydi. Bu yo’l

qadimgi yerlarimiz hududida joylashgan shaharlarda savdo-sotiqning keng quloch yoyishiga olib kelgan.

Endi tashqi savdodagi eksport va import tushunchalarining o’zi nima? Eksport (ing. export, lot. exporto – olib chiqaman, chetga chiqaraman) –

tovarlar, xizmatlar, investitsiya, qimmatli qog’ozlar, texnologiyalar va boshqalarni tashqi bozorga chiqarishdir.39

Tovarlarning eksport tarkibifan-texnika yutuqlari va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ta’siri ostida o’zgarib boradi. Hozirgi davrda xalqaro savdoning eksport tarkibida qayta ishlovchi sanoat mahsulotlari etakchi o’ringa ega bo’lib, uning hissasiga jahon tovar ayriboshlashining 3/4 qismi to’g’ri keladi. Oziq- ovqat, xom-ashyo va yoqilg’i ulushi faqat 1/4 qismini tashkil qiladi.

Xizmatlar eksporti tovarlar eksportidan farq qiladi. Chet ellik iste’molchilarga xizmat ko’rsatish, chet el valyutalarini olish bilan bog’liq bo’lib, u milliy chegarada amalga oshiriladi (masalan, chet el kompaniyasi vakillariga pochta, telegraf xizmati ko’rsatish, chet el fuqarolariga sayyohlik xizmati ko’rsatish va h.k.).

Kapital eksport qilish ham o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Kapital eksporti kredit berish yoki chet el korxonalari aktsiyalariga maqsadli qo’yilmalar kabi shakllarda amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan mablag’lar oqimini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo’lgan resurslar hajmini qisqartiradi.

Import (ing. import – keltirish, olib kelish) – mamlakatning ichki bozorida sotish uchun, chet el tovarlari, xizmatlari, texnologiyalar va boshqalarni keltirishdir. Bunda mamlakat ichida ishlab chiqarish xarajatlari tashqaridan sotib olingan chog’dagi xarajatlaridan yuqori bo’lgan mahsulotlar import qilinadi.40

Import bojxona bojlari, shuningdek, miqdoriy cheklashlar, litsenziyalash tizimi va boshqa notarif tarzdagi vositalar bilan tartibga solinadi.






39 O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. O’zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashri, 2005 y. 4-jild.139-b. 10-jild.169 b.

40 O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. O’zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashri, 2005 y. 4-jild.139-b. 10-jild.169 b.

Eksport salohiyati (eksport imkoniyatlari) –bu mazkur mamlakat tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning o’z iqtisodiyoti manfaatlariga putur etkazmagan holda jahon bozorida sotishi mumkin bo’lgan qismidir.

Qaysidir mamlakat ishlab chiqaruvchi mamlakatdan tovarni o’z iste’moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun olgan taqdirdareeksport ro’y beradi, reimport esa iste’molchi mamlakatdan reeksport tovarni sotib olishni bildiradi.

Agar mamlakatda eksport miqdori import miqdoridan oshib ketsa, bunday hollarda quyidagilarga ta’sir ko’rsatadi:

Birinchidan, mamlakat oltin valyuta zaxiralari hajmiga ta’sir qiladi. Chunki, eksportni biz xorijiy valyutaga sotamiz va o’z navbatida importni ham xorijiy valyutaga sotib olamiz, ya’ni eksportning importdan oshishi – mamlakatga sof xorijiy valyutaning kirib kelishini bildiradi.

Ikkinchidan, bu sof xorijiy valyutaning kirib kelishi o’z navbatida milliy valyuta almashuv kursiga ta’sir qiladi:

Xorijiy valyutalar kirib kelishining o’sishi (sof eksport > 0) => Valyuta boziridagi xorijiy valyutalarning o’sishi => bozordagi talab va taklif qonuniga asosan milliy valyutaning mustahkamlanishini bildiradi.

Uchinchidan, xalqaro iqtisodiy infratuzulmadagi shart-sharoitlarning yaratilishi mamlakatdagi inflyatsiyaga ta’sir qiladi:

Eksport tovarlar narxining o’sishi => xorijiy valyutalarning o’sishi (sof eksport > 0) => Mamlakat ichida so’mga bo’lgan talabning oshishi (eksportchilarga so’m kerak - qonun bo’yicha mamlakat ichidagi soliqlar, ish haqi va boshqa to’lovlarni olib borishga) => Markaziy bank bu talabni qondirishi zarur – qog’oz pul chiqarish orqali (so’mning emissiyasi) => Iqtisodiyotda inflyatsiya tendentsiyasi ro’y beradi.

To’rtinchidan, Mamlakatning tashqi qarzi hajmiga ta’sir qiladi (mamlakatning tashqi savdodagi ijobiy qoldig’i xalqaro bozorlarga qaramlikni yumshatadi va mamlakatning tashqi qarzini xorijiy valyutada to’lash imkonini beradi).

Beshinchidan, investitsiyaviy muhitga ijobiy ta’sir qiladi (chunki, sarmoyachilar bunday holatlarga jiddiy e’tibor berishadi).

Mamlakatlar tashqi savdo yoki xalqaro savdo aloqalarini yanada kengaytirishga ahamiyat beradi. Chunki, har qanday ayirboshlashning ahamiyati, uning samaradorligi bilan, shu jumladan, xalqaro miqyosda ham kelishilgan bitimlardan tomonlarning oladigan samarasi bilan belgilanadi. Ya’ni, xoh tovar va xoh xizmatlar savdosi bo’lsin, ayirboshlashdan olinadigan afzallikka har bir qatnashuvchi mamlakat ega bo’ladi va natijada butun jahon xo’jaligi tizimi o’zaro manfaatdor bo’ladi.

Mamlakatlar o’rtasidagi xalqaro ayirboshlash va xalqaro savdoning rivojlanishida globallashuvning ahamiyati to’g’risida gapiradigan bo’lsak, mamlakatlar qadim zamonlardan buyon moddiy noz-ne’matlarni tayyor mahsulotlar va turli xil resurslar ko’rinishida o’zaro ayirboshlab kelishgan, ya’ni bir-birlari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarga kirishishgan. O’z navbatida, ayirboshlashning hajmi ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga va tovar ishlab chiqarish hajmining oshishiga bog’liq bo’lgan. Chunki, ishlab chiqarish hajmining o’sishi, bir tomondan, mamlakatlar o’rtasida xo’jalik aloqalarining kengayishiga imkon yaratsa, ikkkinchi tomondan, turli xil xomashyolar, materiallar va boshqa resurslarga bo’lgan talabning oshib borishi ayirboshlash zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Jahon iqtisodiyotida globallashuvning shakllanishi mamlakatlar o’rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga olib kelgan. Globallashuvning I bosqichi 1870-1913 yillar mobaynida shakllandi va bu davr mobaynida tovarlar ayirboshlash

20 martagacha oshdi yoki jahon ishlab chiqarishining 33 foizini tashkil etdi. Globallashuvning II bosqichi 1950-1973 yillarga to’g’ri keladi va bu davr jahon ishlab chiqarishida va savdosida “oltin davr” hisoblanadi. Globallashuvning III bosqich davri o’z ichiga 1983 yildan boshlab hozirgi kungacha davom etib kelmoqda va bu bosqichda jahon iqtisodiyotida yirik integratsion hududlar, ya’ni NAFTA, Yevropa Ittifoqi, ASEAN, ATES, MERKOSUR hamda Yaponiya blokining paydo

bo’lishi raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish orqali dunyo bozorlariga kirib borishni asosiy maqsad qilib oldilar.41

O’z navbatida xalqaro savdoning rivojlanishi Umumjahon savdo tashkiloti mamlakatlari o’rtasidagi savdo aloqalarini tartibga solish, (GATT-the General agreement on tarrif and trade) nazorat qilish yoki bir necha mamlakatning boshqalarga nisbatan kamsitilishiga yo’l qo’ymaslik kabi muhim vazifalarni bajarishi natijasini bildiradi.

Mamlakatimizda xalqaro savdo-iqtisodiy aloqalar o’rta asrlardan boshlangan va u bugungi integratsiyalashuv jarayonida ham o’z o’rniga ega.

Ayniqsa, O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng xalqaro savdoni erkinlashtirishning asosiy omillaridan biri xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo’lish va ana shu tashkilotlar doirasida faoliyat ko’rsatish jarayonlarini faollashtirishi zarur edi. O’zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Evropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT), Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH), Shanxay Hamkorlik va xavfsizlik tashkiloti (ShHXT), Markaziy Osiyo Hamkorlik Tashkiloti (MOHT), Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (IHT), Jahon Savdo Tashkilotining kuzatuvchisi (JST), Jahon Banki (JB), Xalqaro Tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB), Xalqaro rivojlanish uyushmasi, Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK), Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, YUNESKO va shu kabi o’nlab nufuzli xalqaro tashkilotlarning a’zosi bo’ldi.

O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida Xalqaro valyuta fondi (XVF) bilan hamkorligi alohida o’rin tutadi. Davlatimiz tomonidan olib borilayotgan tashqi siyosat har jihatdan dunyoda o’z mavqeiga ega va xalqaro iqtisodiy aloqalarni yo’lga qo’yishda ham o’rnak bo’la oladi.

Xo’sh, O’zbekiston xalqaro savdoda ishtirok etishning barcha huquqiy- me’yoriy talablariga javob berar ekan, uning iqtisodiyotida eksport va importni rivojlantirish orqali qanday imkoniyatlarga ega bo’ladi?






41 D.Rasulova va boshqalar. O’zbekistonda tashqi savdoni rivojlantirishning bugungi kundagi holati. “XXI asr: fan va ta’lim masalalari” ilmiy elektron jurnali. № 3, 2018-yil.

Birinchidan, tashqi bozorga o’zining tayyor mahsulotlari bilan chiqayotgan ishlab chiqaruvchilar rag’batlantiriladi, ya’ni ular mahsulotlarini eksport qilish orqali barqaror valyuta zaxiralariga ega bo’ladilar.

Ikkinchidan, ishlab chiqaruvchilar o’z ehtiyojidan kelib chiqib ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida texnika va texnologiyalarni xarid qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Uchinchidan, tashqi bozorlarni monitoring qilish orqali ichki va tashqi bozorlarda talabgor bo’lgan import hamda eksport tovarlari o’rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqaradigan yangi korxonalarni qurish, yangi ish o’rinlarini shakllantirish imkonini beradi.

To’rtinchidan, milliy iqtisodiyotda texnologik yangilanish amalga oshadi va milliy sanoat ishlab chiqarishiga yangi texnika va zamonaviy uskunalar o’rnatiladi va natijada jahon bozorida raqobatlasha oladigan milliy mahsulotlar ishlab chiqarila boshlaydi.

Beshinchidan, mamlakatimizda xalqaro savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanishi orqali milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga integrallashuvi yanada mustahkamlanadi.

Bir qаtоr Yеvrоpа mаmlаkаtlаridа оxirgi yillаrdа , аsоsаn inqirоz vа qаrz muаmmоlаrini tеzlаshuvi rivоjlаngаn mаmlаkаtlаrdа dаvlаt qаrzi mаsаlаsi,qаrz nisbiy kо‘rsаtkichlаrining jаdаl о‘sishi nаtijаsidа yаlpi qаrz vа YаIM hаjmini sоlishtirish nаtijаsidа (kо‘pginа mаmlаkаtlаrdа 100% nuqtаdаn оshib kеtdi yоki bu nuqtаgа yаqinlаshdi) аktuаl zаruriy kundаlik mаsаlаgа аylаnib qоldi. 2013-yil 1- nоyаbrdа Yеvrоpа Ittifоqi hаqidа shаrtnоmаning kuchgа kirgаnligigа 20 yil tо‘ldi(yоki nоmа’muriy –Mаstrixt shаrtnоmаsi).42 Shаxsiy yubilеyini Yеvrоpа fаqаtginа iqtisоdiyоt rеtsеssiyа hоlаtigа еmаs, hаttо ulаrning kо‘pchiligi Mаstrix аsоs sоlgаn vаzifаlаrni bаjаrmаslik bilаn kutib оldi. Shundаy qilib 2013-yilning ikkinchi kvаrtаli nаtijаlаrigа kо‘rа umumiy Yеvrоpа ittifоqi mаmlаkаtlаrining dаvlаt qаrzi 86.8% ( YаIM gа nisbаtаn) , Yеvrоhududning 17 mаmlаkаtidа dаvlаt qаrzi 93.4% (YаIMgа nisbаtаn) ni kо‘rsаtdi,bu еsа Mаstrix shаrtnоmаsi vа stаbillik





42 “Экономист” журнал финансого-экономически. Москва .2013. №12.

аktigа аsоsаn о‘rnаtilgаn qоidаlаrgа binоаn(limit vа suvеrеn qаrz YаIM о‘lchоvidаn 60% idаn оshmаsligi shаrt) qо‘yilgаn shаrtlаrni buzib nisbаtаn kо‘tаrilib kеtаdi.

Hоzirgi kungа kеlib hаm YI mаmlаkаtlаridа аhvоl yаxshilаnmаdi. Chunki mаmlаkаtlаrdаgi ichki islоhоtlаrdаgi muаmmоlаr, аhоlining ish tаshlаsh bо‘yichа nаmоyishlаrning аmаlgа оshirilаyоtgаnligi vа bоshqа shungа uxshаsh hоlаtlаrning аvj оlаyоtgаnligi mаmlаkаt iqtisоdiyоtigа, bu оrqаli YI iqtisоdiyоtigа о‘zining sаlbiy tа’sirini kо‘rsаtmаsdаn qоlmаydi.

YI vа Yеvrоhududdа dаvlаt qаrzlаrining hоlаti bо‘yichа nаvbаtdаgi jаdvаlimiz оrqаli kо‘rishimiz mumkin.



  1. jаdvаl

YI vа Yеvrоhududdа dаvlаt qаrzi prоgnоzlаri, YаIMgа nisbаtаn fоizdа43








Download 400,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish