Bitta o‘zgarib turuvchi omil qo‘llangandagi ishlah chiqarish
natijaiari:
Mehnat sarfi
(L)
|
Kapital sarfi (K)
|
Ishlab chiqarish hajmi (Q)
|
0‘rtacha mahsulot (Q
/L)
|
Chegarali mahsulot (DQ /DL)
|
0
|
10
|
0
|
—
|
—
|
1
|
10
|
10
|
10
|
10
|
2
|
10
|
30
|
15
|
20
|
3
|
10
|
60
|
20
|
30
|
4
|
10
|
80
|
20
|
20
|
5
|
10
|
95
|
19
|
15
|
6
|
10
|
108
|
18
|
13
|
7
|
10
|
112
|
16
|
4
|
8
|
10
|
112
|
14
|
0
|
9
|
10
|
108
|
12
|
-4
|
10
|
10
|
100
|
10
|
-8
|
10.4.0‘rtacha va chegarali mahsulot
Ishlab chiqarish jarayonida jonli mehnatdan foydalanishni o‘rtacha va mehnat chegarali mahsuli tushunchalari yordamida ifodalash mumkin. 10.2-jadvalnmg 4-ustuni mehnat o‘rtacha mahsuli API ni ko‘rsatib turibdi, hu foydalarrilgan omil birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulot ishlab chiqarish hajmini o‘zida aks ettiradi. 0‘rtacha mahsulot ishlab chiqarish hajmi Q ni umumiy mehnat sarflari L ga taqsimlab aniqlanadi. Bizning misolimizda o‘rtacha mahsulot dastlab ko‘payadi, biroq mehnat sig‘imi 4 birlikdan oshgan sari kamaya boshlaydi. 5- ustunda mehnat chegarali mahsulotlari MPL ko‘rsatilgan bo‘lib, bular mehnat sarfi bir birlikka ko‘payishi natijasida ishlab chiqarilgan qo‘shimcha mahsulot hajmidir.
Masalan, kapital miqdorga o‘zgarmagan holda ya’ni u 10 birlik bo‘lgani holda mehnat sarfini 2 dan 3 birlikka ko‘paytirish mahsulot hajmini 30 dan 60 birlikka oshiradi, ya’ni qo‘shimcha ravishda 30 birlik mahsulot (60—30) hosil qiladi. Mehnat chegarah mahsuli AQ/AL tarzida yoziladi (ya’ni, mehnat sarfi AL bitta birlikka ko‘payishi natijasida ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi ya’ni AQ). Mehnat chegarah mahsuloti foydalaniladigan kapital miqdoriga ham bog‘liq. Masalan, kapital sarfi 10 dan 20gacha ko‘paysa, mehnat chegarali mahsulotining ko‘payishi ehtimoli bo‘ladi. 0‘rtacha mahsulot singari chegarali mahsulot ham avval ko‘payadi, keyin esa pasayadi, biroq u faqat mehnat sarflari 3 birlikdan oshgandagina pasaya boshlaydi.
Yakun chiqaramiz: Mehnat o‘rtacha mahsuloti = ishlab chiqarish hajmi / mehnat sarflari = Q /L.
Mehnat chegarali mahsuloti = ishlab chiqarish hajmining ko‘payishi / mehnat sarflarining ko‘payishi / AQ/AL.
jadvalda berilgan axborotning rasm tasviri hisoblanadi. Biz rasmdagi barcha nuqtalami yaxlit chiziqlar orqali birlashtirdik. 10.2-a rasm ishlab chiqarish hajmi o‘sishini, biroq maksimum 112 birlikdan iborat maksimumga yetmaganini va kelgusida pasayishini ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish egri chizig‘ining bu qismi uzuq-uzuq chiziq bilan belgilangan bo‘lib, u bilan mehnat sarfi 8 birlikdan yuqori bo‘lganda ishlab chiqarish texnologik jihatdan samarali emasligini ko‘rsatadi, demak u ishlab chiqarish funksiyasining qismi hisoblanmaydi. «Samaradorlik» tushunchasi manfiy chegarali mahsulotni inkor etadi. 9.2-rasmda o‘rtacha va chegarali mahsulotlar egri chizig'i ifodalangan.
0‘rtacha mehnat mahsuli — bu kiritilgan mehnat omili miqdoriga bo‘lingan umumiy mahsulotdir. V nuqtada o‘rtacha maHsulot ishlab chiqarish hajmi (60)ni kiritilgan omil Zga bo‘linmasini aks ettiradi, yoki 20 birlikka teng kiritilgan mehnat omilini yoki mehnat sarflarini ko‘rsatadi. Ko‘rinadiki, ushbu o‘rtacha mahsulot umumiy mahsulot egri
chizig1 ining dastlabki holatdan V nuqtasigacha boMgan egilishi bilan oMchanadi. Umuman, o‘rtacha mahsulot umumiy mahsulot egri chizig‘ining qaysi bir nuqtasida keskin egiladi. Bu egilish boshlang‘ich nuqtadan to shu nuqtagacha bo‘ladi. Hatto yuzaki o‘rganish ko‘rsatib turibdiki, o‘rtacha mehnat mahsuli o‘zining maksimal miqdoriga V nuqtada etadi. Bu nuqtada chiziq o‘zining dastlabki holatiga nisbatan eng katta burilishga ega bo‘lib, keyin pasayadi.
Mehnat chegarali mahsuli — bu umumiy mahsulotni kiritilgan omil mehnatning yoki mehnat sarflarining unchalik katta boMmagan o‘zgarishiga javoban siljishini ifodalaydi. Geometrik jihatdan chegarali mahsulot, ishlab chiqarish egri chizig‘ining qaysi bir nuqtasida mahsulot chiqarish egri chizig1 ining xuddi shu nuqtadagi egilish burchagiga teng. Mahsulot ishlab chiqarish egri chizig‘ining og‘ish burchagi o‘z navbatida shu nuqta orqali o‘tkazilgan urinma chiziqning egilish burchagiga teng. Shunday qilib, A nuqtada chegarali mahsulot 20 birlikka teng bo‘ladi, chunki urinma chizig‘ining burchak koeffitsiyenti mahsulot ishlah chiqarish egri chizig‘iga nisbatan 20ga teng. Urinma chiziqlami mahsulot ishlab chiqarish egri chizig‘iga nisbatan burchak koeffitsiyentlarini o‘rganar ekanmiz, mehnat chegarali mahsuli dastlab o‘sib borishi, mehnat sarflari 3 birlik bo‘lganda o‘zining cho‘qqisiga chiqishi, keyin esa S nuqtadan D nuqtagacha siljigan sari pasayib borishini ko‘ramiz. D nuqtada ishlab chiqarish hajmi maksimumlashadi, urinma chiziqning mahsulot ishlab chiqarish egri chizig1 iga nisbatan egilishi Oga teng va chegarali mahsulot ham Oga teng boMadi. Bu nuqtadan yuqorida chegarali mahsulot manfiylashadi.
Kamayib boruvchi qaytim qonuni
Mehnat chegarali mahsulining (kiritiladigan boshqa omillaming chegarali mahsuli ham) kamayib borishi anchagina kuchli boMgani uchun uni ifodalashda kamayib boruvchi qaytim qonuni iborasidan tez- tez foydalaniladi.
Kamayib boruvchi qaytim qonuni biron ishlab chiqarish omilidan foydalanish ko‘payib borgan sari (boshqa omillar o‘zgarmagan holda), pirovard natijada shunday nuqtaga yetib borilishi va unda shu omildan qo‘shimcha foydalanish mahsulot ishlab chiqarish hajmining pasayishiga olib kelishini bildiradi.
Ishlab chiqarish omili sifatida mehnatdan foydalanlladigan boisa (kapital o‘zgarmagan holda), mehnat sarflarining ozgina boisa-da, o‘sishi mahsulot ishlab chiqarishni ancha (sezilarli) darajada ko‘paytiradi, chunki ishchilar qo‘shimcha ravishda ixtisoslashish imkoniyatiga ega boiadilar. Ammo oxir-oqibat, kamayib boruvchi qaytim qonuni o‘z kuchini ko‘rsatadi. Agar ishchilar soni ortiqcha ko‘payib ketsa, ayrim ish jarayon (tnr)lari samarasiz boiib qoladi va mehnat chegarali mahsuli kamayadi.
Vaqtdagi mehnat xarajatlari
rasm Texnologik takomiliashtirishning mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’siri.
Kamayib boruvchi qaytim qonuni qisqa muddatli davr oralig‘ida qoilanadi, chunki bu oraliqda hech boimaganda bitta ishlab chiqarish omili o‘zgarmay qoladi. Qonun chegarali mahsulotning kamayishini tasvirlaydi, lekin hu manfiy miqdorga tushib qolishi shart emas. Masalan, 10.3-rasmda kamayib boruvchi qaytim qonuni mehnat sarflari 3 va undan ko‘proq birlikda bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonida qo'llanishi mumkin, biroq chegarali mahsulot mehnat sarflari 8 birlikdan oshmaguncha manfiy bo‘lmaydi.
Aytilgan qonunni ishlab chiqarishning ma’lum texnologiyasida qo‘llash mumkin. Biroq, vaqti kelganda, kashfiyotlar va boshqa texnologik yangiliklar 10.2-rasmdagi mahsulot ishlab chiqarish egri chizig‘ining butunlay ko‘tarillshiga olib kelishi mumkin va shunday qilib, mavjud kiritilgan omillar o‘zgarmagan holda ko‘proq mahsulot ishlab chiqarish mumkin. Bunday imkorriyatni 10.3-rasm ko‘rsatib turibdi.
Dastlab ishlab chiqarish egri chizig‘i O, sifatida berilgan, ammo texnologiyaning takomillashuvi egri chiziqni 02 egri chizig‘i tomon yuqoriga siljitadi, texnologiyaning yanada takomillashuvi uni 03 egri chizig‘iga aylantiradi.
Faraz qilayllk, ishlab chiqarishda foydalanilayotgan mehnat miqdori ko‘paygandan keyin ma’lum bir vaqt o‘tgach texnologik takomillashtirish amalga oshiriladi. Oqibatda, mahsulot ishlab chiqarish A dan (O, egri chizig‘ida mehnat xarajatlari 8 birlikka teng bo‘lgan holatdan) V ga (02 egri chizig‘ida mehnat xarajatlari 9 birlikka teng bo‘lgan holatga) va S ga (03 egri chizig‘ida 10 birlikda mehnat xarajatlari bo‘lgan holatga) aylanadi. A dan V va S ga tomon harakatlanish mahsulot ishlab chiqarishning ko‘payishini mehnat xarajatlari ko‘payishi bilan bog‘laydi, shuning uchun ham bunda kamayib boruvchi qaytim qonuni amal qllmaganga o‘xshaydi. Biroq, amalda bu qonun bajariladi. Mehnat xarajatlari 8 birlikdan ortiq bo‘lganda har bir alohida egri chiziq jonli mehnatdan foydalanish keltirayotgan qaytim kamayishini namoyish etadi.
Mahsulot ishlab chiqarish egri chiziqlarining siljishi kamayib boruvchi qaytim qonuni harakatini ifodalaydi va bu qonun iqtisodiy o‘sishga uzoq muddatli davrda salhiy ta’sir ko‘rsatmasllgi taxmin qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |