Toshkent moliya instituti mikroiqtisodiy


Ishlab chiqarish omillarini turlicha nisbatda qo‘llagan chog‘da



Download 1,19 Mb.
bet90/237
Sana08.01.2022
Hajmi1,19 Mb.
#332446
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   237
Bog'liq
E I Ergashev Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot Darslik 2019 1

Ishlab chiqarish omillarini turlicha nisbatda qo‘llagan chog‘da 10.1- jadval mahsulot ishlab chiqarish natijasi

Kapital qo‘yilmalari (kapital sarfi)

Mehnat sarfi (mehnat sig‘imi)

1

2

3

4

5

I

20

40

55

65

85

2

40

60

75

85

90

3

55

75

90

100

105

4

65

85

100

110

115

5

75

90

105

115

120


Jadvaldagi har bir qatorga nazar tashlasak, kapital sarfi o‘zgarmagan holda mehnat sarflari ko‘paygan sari ishlab chiqarishning umumiy hajmi о‘sib borishini ko‘ramiz. Har bir ustunni yuqoridan pastga tomon kuzatsak mehnat sarfi o‘zgarmagan holda kapital sarfi ko‘paygani sari mahsulot ishlab chiqarish o‘sib borishini ko‘ramiz.

  1. jadvaldagi ma’lumot izokvantlardan foydalanib, rasm shaklida qam berilishi mumkin. Izokvant egri chiziqdan iborat bo‘lib, unda joylashgan ishlab chiqarish omillarining barcha nisbatlarda qo‘llanishi ulardan foydalanishda bir xil hajmda mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydi. 10.1-rasmda uchta ishlab chiqarish izokvanti aks ettirilgan (Rasm o‘qlarida muayyan muddatda qo‘llangan ishlab chiqarish omillari joylashgan).







  1. rasm. Ikkita ishlab chiqarish omili ma'lurn vaqt mobaynida o‘zgarganda mahsulot ishlab chiqarish rasmsi.

Izokvantlar 10.1-jadval ma’lumotlariga mos keladi, biroq may da ko‘rsatkichlardan foydalanishga imkon berish uchun bir tekis egri chiziq shaklida chizilgan. Masalan, Q, izokvantida ishlab chiqarish omillarining barcha o‘zaro nisbati berilgan, ulardan foydalanish 55 birlik mahsulotni beradi. Nuqtalardan ikkitasi, A va D, 10.1-jadvalga muvofiq belgilangan, biroq egri chiziqning qolgan qismlari izokvantning oddiy ko‘rinishida berilgan. A nuqtada bir mehnat birligi va uch kapital birligi 55 birlik mahsulot olishni ta’minlaydi; ayni vaqtda D nuqtada shu hajmda mahsulot chiqarishga uch mehnat birligi va bir kapital birligining o‘zaro nisbati bilan erishiladi. Q2 izokvantda 75 birlik mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi ishlab chiqarish omillarining barcha o‘zaro nisbati joylashgan, bulardan to‘rtga nuqta 10.1-jadvalda chizib ko‘rsatilgan mehnat bilan kapitalning o‘zaro nisbatiga muvofiq joylashgan. Q3 izokvant Q-dan yuqori va o‘ng tomonda yotibdi, chunki unda ikkala ishlab chiqarish omillarining shunday o‘zaro nisbati berilganki, ularda Q, da ishlab chiqariladigan mahsulot hajmidan ko‘proq mahsulot ishlab chiqariladi.

Izokvantlar farqsizlik egri chizig‘iga o‘xshash, biz ulardan iste’mol tanlovi nazariyasmi o‘rganishda foydalanganmiz. Farqsizlik egri chizig‘i iste’molni qondirish darajasining pastdan yuqoriga borishini ifodalaydi, izokvantlar esa mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘rsatadi. Biroq, farqsizlik egri chizig‘idan farqli o‘laroq har bir izokvant mahsulot ishlab chiqarishning ma’lum darajasi bilan bogMiq. Ayni vaqtda, farqsizlik egri chizig1 iga mos keluvchi «raqamlar» ifodasi faqat tartib shaklida e’tiborga sazovor, ya’ni yuqoriroq darajadagi naflillk «yuqoriroq» farqsizlik egri chizig‘i bilan bogMiq. Biroq biz izokvant vositasida mahsulot ishlab chiqarishning alohida darajasini aniqlash usuli bilan naflillkning alohida darajasini oMchay olmaymiz.

Izokvantlar kartasi alohida izokvantlar yigMndisidan iborat boMib, ulaming har biri, omillaming muayyan nisbatida erishiladigan maksimal mahsulot ishlab chiqarishni ko‘rsatadi. Izokvantlar kartasi ishlab chiqarish funksiyasini ifoda etishning muqobil usuli boMib, xuddi farqsizlik egri chiziqlari kartasi kabi naflilik funksiyalarini ifoda etuvchi uslublardan biri hisoblanadi. Izokvantlaming cheksiz miqdori izokvantlar kartasini tashkil etadi. Har bir izokvant turli hajmda mahsulot ishlab chiqarish bilan tasvirlanadi va bu hajmlar rasmda yuqoriga va o‘ngga siljish bilan ortib boradi.

Izokvantlar firmalaming ishlab chiqarish bo‘yicha echimlarining qanchalik moslashuvchan ekanligini ko‘rsatadi. Ko‘p hollarda, firmalar ishlab chiqarish omillarining turlicha nisbatidan foydalanib, ma’lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarishga erishishlari mumkin. Firma rahbari bunday moslashuvchanlikning tabiatini tushunishi zarur. Bu rahbarga ishlab chiqarish omillarining shunday o‘zaro nisbatini tanlab olish imkonini beradiki, ular ishlab chiqarish xarajatlarini minimumlashtiradi va foydani maksimumlashtiradi.

  1. Qisqa va uzoq muddatii ishlab chiqarish

Ishlab chiqarish va uning xarajatlari to‘g‘risida gapirganda, ular qisqa muddatda va uzoq vaqtda amal qilishining farqiga borish muhimdir. Qisqa muddatii deb ishlab chiqarish omillarining hech bo‘lmaganda birontasini ham o‘zgartirib boMmaydigan vaqtga aytiladi. Shu vaqt davomida o‘zgara olmaydigan omillami doimiy ishlab chiqarish omillari deyiladi. Masalan, firmaning kapitalidan foydalanish yo‘nalishini o‘zgartirish uchun odatda uzoq vaqt talab qilinadi. Yangi zavod loyihalashtirilishi va qurilishi, stanoklar va boshqa asbob- uskunalar buyurtirilishi va joylashtirilishi kerak, buning uchun bir yil va undan ortiq vaqt ketadi. Uzoq muddatii davr deb barcha omillarga o‘zgartirish kiritish uchun yetarli bo‘lgan vaqt mobayniga aytiladi. Bunday omillar o‘zgarib turadigan omillar deyiladi. Qisqa muddatii vaqt davomida firmalar ma’lum bir zavoddan va asbob-uskunalardan foydalanish intensivligini o‘zgartirishi mumkin. Uzoq muddat davomida esa ular zavodning quvvatini ham o‘zgartirishi mumkin. Barcha jalb etilgan ishlab chiqarish omillarining qisqa muddatii davrdagi holati firmalammg uzoq vaqtga mo‘ljallangan yechimlari bilan bog‘liq bo‘lib, bu yechimlar ma’lum tovarlami sotishdan tushadigan foydaning hisob- kitobiga asoslangan. Har bir alohida holatda qisqa muddatdagi va uzoq muddatdagi omillar harakatini farqlash zarur. Masalan, idishdan quyib sotiladigan bolalar limonadi uchun uzoq muddatii vaqt bir yoki ikki kunni, neftkimyo yoki avtomobil qurilishi firmalari uchun esa 10 yilni tashkil etadi.

Rasm qisqa va uzoq muddatda omtliar harakati o‘rtasidagi farqni o‘rganish imkonini beradi. Faraz qilaylik, (A nuqtada) firma bir dona (birlik) mehnat resurslari va 3 birlik kapitaldan foydalanib 55 birlik (dona) oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarmoqda, biroq u mahsulot ishlab chiqarishni 90taga yetkazmoqchi. Mehnat sarflari 30 dollar/soatni, kapital sarfi atigi 10 dollami tashkil etgani uchun 55 dona mahsulot ishlab chiqarishning, umumiy qisqa muddatli xarajatlari 60 dollarga teng.

Uzoq muddatli davrda kapital ham, mehnat ham o‘zgarib turadigan ishlab chiqarish omillari bo‘lgani uchun, masalan, E nuqtada mahsulotni qo‘shimcha ishlab chiqarish xarajatlari 110 dollami tashkil etishi mumkin. Bu, bir dona mehnat resursi va ikki dona kapitaldan qo‘shimcha foydalanish bilan bog‘liq. Biroq, qisqa muddatli davr davomlda biz ikkala omilni bir vaqtda qo‘llay olmaymiz. Demak, 90 dona mahsulot ishlab chiqarishning birdan-bir usuli A nuqtadan S nuqtaga siljigan holda mehnat omilini, ya’ni, mehnat sig‘imini ldan Zgacha ko‘paytirishdir. Afsuski, 90 dona mahsulot ishlab chiqarishning qisqa muddatli xarajatlari 120 dollami tashkil etadi, bu uzoq muddatli xarajatlarga (E nuqta) qaraganda 10 dollar ortiq.

Firmalar doimo qisqa muddatli ishlab chiqarishga doir qarorga keladilar va ayni vaqtda uzoq muddatli davrda omillami o‘zgartirishni rejalashtiradilar. Qisqa muddatli davrda mahsulot ishlab chiqarishni 55dan 90 donagacha ko‘paytirish firmaga soatiga 60 dollarga tushadi. Biroq, uzoq muddatli davrda agar ishlab chiqarish jarayoni ikki dona (birlik) kapital qo‘shimcha ravishda foydalanilsa bu sarflar 50 doll, soatga pasayishi mumkin.

Shunday qilib, bizning firmamiz qo‘shimcha kapitalga buyurtma beradi, biroq ayni vaqtda uch mehnat birligidan foydalanib 90 dona mahsulot ishlab chiqaradi. Qo‘shimcha kapital kelib qo‘shilgan vaqtda firma o‘zi kiritadigan mehnat omilini kamaytirishi va foydani ko‘paytirishi mumkin.


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish