Nega OPEK nefining yuqori narxini ushlab turishda muvaffaqiyatsizlikka uchradi?
0‘tgan bir necha o‘n yillik mobaynida jahon iqtisodiyoti uchun eng ko‘p putur yetkazadigan hodisalar neft bozorida vujudga kelmoqda. 1970-yilda neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK) a’zolari daromadni ko‘paytirish maqsadida neftning jahon narxini oshirishga qaror qilishdi. Bu maqsadga ular birgalikda neft miqdorini qisqartirish orqali erishishdi. 1973-yildan 1974-yilgacha neftning narxi 50 % dan
65
yuqoriroqqa ko‘tarildi. Bir necha yildan so‘ng, OPEK bu ishni yana bir amalga oshirdi. 1979-yildan 1981-yilgacha neft narxi qariyb ikki barobar ko‘tarildi.
Biroq OPEK yuqori narxni ushlab turishni qiyin deb topdi.1982- yildan 1985-yilgacha neftning narxi yiliga 10% dan pasaydi. Tez orada esa OPEK davlatlari o‘rtasida qoniqmaslik va tartibsizlik keng yoyildi. 1986-yilda OPEK a’zolari o‘rtasidagi hamkorlik butunlay smdi va neftning narxi 45% ga keskin pasaydi. 1990-yilda neftning narxi 1970- yildagi narx bilan bir xil edi va 90-yillarda uning narxi deyarli o‘zgarmadi (XXI asmmg 1-o‘n yilligida neftning narxi yana oshdi, lekin OPEK uni kamaytirganidan emas, balki neftga bo‘lgan talab oshganligidan va Xitoy iqtisodiyoti shiddat bilan ko‘tarilayotganidan).
1970-980-yillardagi OPEK hodisasi qisqa muddatda va uzoq muddatda talab va takiif qanday harakatlanishini ko‘rsatadi. Qisqa muddatda neftga bo‘lgan talab va takiif nisbatan elastik emas. Takiif elastik emas, chunki ma’lum neft zaxiralari va neft qazib chiqarish hajmi tez o‘zgarmaydi. Talab ham elastik emas, chunki sotib olish narxdagi o‘zgarishlarga tez javob qaytarmaydi. Demak, 8-rasmda ko‘rsatilganidek, qisqa muddatdagi takiif va talab tik qiya holda turadi. Takiif S, dan S2 ga o‘zgarganda, Pjdan P2 ga narxning ko‘tarilishi katta bo‘ladi.
Uzoq muddatda vaziyat ancha farqlidir. Uzoq vaqt mobaynida, OPEK dan tashqari neft ishlab chiqaruvchilar yuqori narxlarga javoban neft tadqiqotlarini ko‘paytiradilar va ishlab chiqarishning yangi kuchlarini Ьафо etishadi. Iste’molchilar esa tejashga harakat qilishadi, masalan eski samarasiz mashinani yangisiga almashtirishadi. Demak, 8- rasmda ko‘rsatilganidek, uzoq muddatli talab va takiif egri chizig‘i elastik hisoblanadi. Uzoq muddatda takiif egri chizig‘ining S] dan S2 ga o‘zgarishi narxning ozgma ko‘tarillshiga sabab bo‘ladi.
Neftga talab pasayganda, bunga javob berish ma’lum bir vaqtni taJab qiladi. Qisqa mnddatli davrda, (a) panelda talab va taklif biroz noelastik. shu tariqa taklif egri chizig‘ining Si dan S2ga siljishi narxni oshiradi. Aksincha uzoq muddatii davrda esa taklif va talab biroz elastik.
(a) Qisqa muddatii davrda neft bozori
(b)HUzoq muddatii davrda neft bozori
Neft narxi
2 ... narxni keskin o'sishiru- boshlab beradi _
0
B 8 RASM
Dunya neft bozorida taklif haimmmg qisqarishr
u tahlil nega faqatgina qisqa vaqt mobaynida OPEK neftning yuqori narxini ushlab turishga erishganini ko‘rsatadi. OPEK mamlakatlari neft ishlab chiqarishni qisqartirishga kelishishganda, ular taklif egri chizig‘ini chap tomonga surishdi. OPEK mamlakatlarining har biri kam neft sotganligiga qaramasdan, ular narxni ko‘tarib daromadlarini ham qisqa vaqtda oshirishdi. Uzoq muddatda esa, talab va taklif elastik bo‘lganda, taklifning bir xil kamayishi taklif egri chizig‘ini gorizontal tomonga surdi va narxda biroz o‘sish kuzatildi. Shunday qilib, uzoq muddatda taklifni qisqartirish kamroq foyda keltiradi. Kartel uzoq muddatdan ko‘ra qisqa muddatda narxni oshirish oson ekanligmi o‘rgandi.