Toshkent moliya instituti mikroiqtisodiy


Bozorga asoslangan siyosat 1: tuzatuvchi soliq va subsidiyalar



Download 1,19 Mb.
bet151/237
Sana08.01.2022
Hajmi1,19 Mb.
#332446
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   237
Bog'liq
E I Ergashev Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot Darslik 2019 1

Bozorga asoslangan siyosat 1: tuzatuvchi soliq va subsidiyalar

Tashqi ta’sirga javoban xatti-harakatni tartibga solish o‘miga, davlat ijtimoiy samaradorlik bilan xususiy rag‘batlantirishlami moslashtirishda bozorga asoslangan siyosatdan foydalanishi mumkin. Masalan, biz avval ko‘rgammizdek, hukumat salbiy tashqi ta’siri bor faoliyatni soliqqa tortish va ijobiy tashqi ta’siri bor faoliyatni subsidiya qilish orqali tashqi ta’sirlami o‘zlashtirishi mumkin. Salbiy tashqi ta’sirlar bilan shug‘ullanish uchun kuchga kirgan soliqlar tuzatuvchi soliqlar deyiladi. Ular, shuningdek, ulardan foydalanish tarafdori boigan iqtisodchi Artur Pigu (1877-1959) nomiga Pigu soliqlari deb ham yuritiladi. Ideal tuzatuvchi soliq salbiy tashqi ta’sirli faoliyat tashqi xarajatlariga teng boiadi va ideal tuzatuvchi subsidiya ijobiy tashqi ta’sirli faoliyat tashqi foydasiga teng boiadi.

Iqtisodchilar odatda ifloslanishni bartaraf qilish yoii sifatida tuzatuvchi soliqlami afzal ko‘rishadi, chunki ular jamiyat uchun kam xarajatda ifloslanishni kamaytirishi mumkin. Nima uchunligini ko‘rish uchun, keling bir misolni ko‘rib chiqaylik.

Faraz qilaylik, ikkita korxona - qog‘oz ishlab chiqaruvchi va poiat ishlab chiqaruvchi, har yili bir daryoga 500 tonna chiqindi chiqaradi. EPA bu ifloslanish darajasini kamaytirishni xohlaydi. U ikki yechimni ko‘rib chiqadi:

  • Tartibga solish: EPA ifloslanishini kamaytirish uchun har bir zavodga yiliga 300 tonna chiqindi chiqarishini aytishi mumkin.

  • Tuzatuvchi soliq: EPA har bir zavod chiqaradigan chiqindining har bir tonnasi uchun so‘m 50,000 dan soliq undirishi

mumkin.

Tartibga solish ifloslanish darajasini belgilaydi, soliq esa ifloslanishni kamaytirish uchun zavod egalariga qaratilgan iqtisodiy tayanch boMadi. Qaysi yechimni yaxshiroq deb, o‘ylaysiz?

Ko‘pchilik iqtisodchilar soliqni afzal ko‘radi. Bu afzallikni tushuntirish uchun, ular birinchi soliq ifloslanish umumiy darajasini kamaytirishda tartibga solish kabi samarali ekanligiga ishora qilishadi. EPA tegishli darajada soliq joriy etish orqali o‘zi istagan ifloslanish darajasiga erishishi mumkin. Soliq qancha yuqori boMsa, ifloslanishni kamaytirish shuncha katta boMadi. Soliq yetarlicha yuqori boMsa, fahrikalar ifloslanishi nolga tushirib umuman zavodni yopadilar.

Tartibga solish va tuzatuvchi soliqlar ifloslanishni kamaytirishga qodir boMsa-da, soliq bu vazifani yanada samaraliroq amalga oshiradi. Tartibga solish har bir zavoddan bir xil miqdorda ifloslanishni kamaytirishni talab qiladi. Ammo teng kamaytirish suvni tozalash uchun arzon yoM emas. Qog‘oz zavodi poMat zavoddan ko‘ra ancha past xarajat bilan ifloslanishni kamaytirishi mumkin. Agar shunday boMsa, qog‘oz zavodi soliq toMashning oldini olish uchun ifloslanishni katta miqdorda kamaytirishi mumkin, poMat zavodi ifloslanishni kamaytirishga kam harakat qilib, soliqni toMab qo‘ya qoladi.

Odatda, tuzatuvchi soliq ifloslantirishga narx qo‘yadi. Bozorlar tovarlami eng yuqori baholaydigan xaridorlarga sotgani kabi, tuzatuvchi soliq ham ifloslanishni kamaytirishda eng yuqori narxga ko‘nadigan fabrikalar ifloslantirish stavkalarini ajratadi. EPA qaysi ifloslanish darajasini tanlashidan qat’iy nazar, u soliq yordamida eng past umumiy xarajat bilan bu maqsadga erishishi mumkin.

Iqtisodchilar tuzatuvchi soliqlar atrof-muhit uchun ham yaxshiroqdir deb aytishadi. Buymq-va-nazorat tartibga solish siyosati ostida, fabrikalar uchun ular 300 tonna chiqindidan boshqa yana chiqindi chiqarishni kamaytirish uchun hech qanday sabab yo‘q. Aksincha, soliq fabrikalami toza texnologiyalami rivojlantirishga undaydi, chunki toza texnologiya zavod to‘lashi kerak soliq miqdorini kamaytiradi.

Tuzatuvchi soliqlar boshqa soliqlardan farq qiladi. 8-bobda muhokama qilinganidek, aksariyat soliqlar rag‘batlantirishni buzadi va resurslar taqsimotini ijtimoiy maqbul darajadan uzoqlashtirib yuboradi. iqtisodiy farovonlikdagi kamayishi, ya’ni iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligida, hukumat ko‘taradigan daromadlar miqdoridan oshib ketadi, natijada yo‘qotishlarga sahah bo‘ladi. Aksincha, tashqi ta’sirlar mavjud paytda, jamiyat ham zarar ko‘rgan boshqa odamlar farovonligi haqida ham qayg‘uradi. Tuzatuvchi

soliqlar tashqi ta’sirlar borligini hisobga olib, natijada resurslami taqsimoti ijtimoiy maqbul darajaga yaqinlashishini ta’minlaydi. Shunday qilib, tuzatuvchi soliqlar hukumat uchun daromad oshirish bilan bir vaqtda, ular iqtisodiy samaradorlikni ham oshiradi.


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish