XIII BOB. NOMUKAMMAL BOZORLARDA FIRMALAR
FAOLIYATI
Monopoliya va mukammal raqobat
Oldingi boblarda bozorlami ko‘plab raqobatdosh korxonalar va bitta Monopoliya korxonasiga ega bozorlami o‘rgandik. Mukammal raqobatdosh bozorlarga narx doim mahsulotning chegaraviy xarajatiga teng. Shuningdek, biz ko‘rdikki, uzoq muddatda kirish va chiqish iqtisodiy foydani no'lga tenglashtiradi. Shundan kelib chiqib narx umumiy xarajatiga tenglashadi. Biz Monopolistik korxonalar qanday qilib narxlami chekli xarajatdan yuqori ushlab tnrishi va bu pozitiv musbat iqtisodiy foydaga olib keladi va jamiyatda yo‘qotishlarga olib keladi. Mukammal va Monopolistik raqobat bozor tuzilmasining eng oxirgi shakllaridir. Raqobat bozorda ko‘plab korxonalar deyarli bir xil mahsulotiami taklif qllayotganda yuzaga keladi. Monopoliya esa bozorda faqat bitta firma bo‘lsa paydo bo‘ladi.
Mukammal raqobat va monopoliya bozorlar holatlari qanday ishlashi haqida bir necha kerakli fikrlami tasvirlasada, iqtisoddagi ko‘plab bozorlar ikkala holat elementlariga ham ega. Shunga ko‘ra, har biri ham to‘la tasvirlanmagan. Tipik firma iqtisodiyotda raqobatga yuz tutadi, biroq raqobat korxonani narx oluvchiga aylantiradigandek qattiqqo‘l emas. Tipik korxona, shuningdek, ma’lum darajada bozor kuchiga ega, lekm uning bozor kuchi Monopoliya modelida aniq ko‘rsatilgan korxona kabi unchalik qudratli emas. Boshqacha qilib aytganda, ko‘plab tarmoqlar mukammal raqobatning markaziy holati va monopoliya o‘rtasida turadi. Iqtisodchilar bu hodisani nomukammal raqobat deb atashadi.
Nomukammal raqobatli bozoming bir turi bu Oligopoliya, unda bozor faqat bir necha sotuvchilarga ega va har biri boshqa sotuvchilardan unchalik farq qilmaydigan yoki o‘xshash mahsulotlami taklif qiladi. Iqtisodchilar bozor hukmronligini statistik ataladigan konsentratsiya koeffitsiyentiga ega korxonalaming kichik guruhlari orqali o‘lchashadi. Konsentratsiya koffitsiyenti bu bozordagi umumiy mahsulot 4 ta yirik korxonalar orqali ta’minlanishidir. Lekin, ba’zi sanoatlarda, eng katta firmalar ustunroq rolni o‘ynaydi. Yuqori konsentratsiyalangan sanoatlar o‘z ichiga g‘alla ekinlari (konsentratsiya koeffitsiyenti 83 %), samoliyot ishlab chiqadigan (aviasozlik korxonalari 85 %). Elektr lampochkalari 89%, uy jihozlari 90 % va sigaretlar 99% ni qamrab oladi. Ushbu tarmoqlar Oligopoliyaning eng zo‘r tasvirlangan misollaridir.
Nomukammal raqobat bozoming ikkinchi turi, Monopolistik raqobat deb ataladi. Bu bozor tizimidagi ko‘plab korxonalar sotayotgan mahsulotlari o‘xshash lekin bir xil emasligi orqali tasvirlanadi. Monopolistik raqobatdosh bozorda har bir korxona ishlab chiqayotgan mahsuloti uchun Monopoliyaga ega. Lekin boshqa korxonalar bir xil iste’molchilar uchun kurashadigan o‘xshash mahsulotlar ishlab chiqaradi.
Yanada aniqroq bo‘lishi uchun Monopolistik raqobat bozorini quyidagi xususiyatlarini tasvirlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |