Toshkent moliya instituti mikroiqtisodiy



Download 1,19 Mb.
bet189/237
Sana08.01.2022
Hajmi1,19 Mb.
#332446
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   237
Bog'liq
E I Ergashev Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot Darslik 2019 1

Ko‘tarilish bosqichida ishlab chiqarish va bandlik darajasi asta- sekin oshib, ishlab chiqarish quwatlaridan to‘liq foydalanish va to‘liq bandlik darajasiga erishiladi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, iqtisodiy davrlar bir xil bosqichlarga ega boisada, ammo ular davomiyligi va faolligiga ko‘ra o‘zaro farq qilib turadi. Shuning uchun ham iqtisodchilar, bu jarayonlami iqtisodiy davrlar deb emas, balki iqtisodiy tebranishlar deb atash to‘g‘ri bo‘ladi deb hisoblashadi. Iqtisodiy tebranishlaming asosiy sababi sifatida iqtisodchilar uch omilni ko‘rsatadi.

Birinchi guruh olimlar iqtisodiy tebranishlaming asosiy sababi texnika va texnologiyalarda ro‘y beradigan o‘zgarishlar deb hisoblaydilar. Ulaming fikricha fan-texnika yutuqlarini qo‘llash natijasida iqtisodiyotda o‘sish ro‘y beradi. Masalan avtomobilning yaratilishi, yoqilg‘i sanoati, neft qazib chiqarish, ximiya, yo‘l qurilishi materiallari sanoatlarinmg jadal rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Yangi texnologiyalar ishlab chiqarish unumdorligini bir necha baravar oshirish, ilgari foydalanilmagan resurslami ishga tushirish imkonini beradi. Texnik va texnologik yangiliklar doim ham yaratilavermasligi iqtisodiyotdagi tebranishlarga sabab bo‘ladi.

Olimlaming yana bir guruhi iqtisodiy bosqichlami siyosiy va tasodifiy vaziyatlarga bog‘lashadi.

Bu jarayonni monetar siyosatga bog‘laydigan olimlar ham mavjud. Ya’ni, davlat qanchalik ko‘p pul bosib chiqarsa, uning qadri shunchalik kamayib boradi, va aksincha, pul miqdori qanchalik kam boisa, ishlab chiqarish koiamining pasayishi va ishsizlar sonining ortishi shunchalik tezlashadi. Xullas, iqtisodiy bosqichlami baholashga turli xil yondashuvlar mavjud. Ammo barcha iqtisodchilar, ishlab chiqarish va bandlilik darajalarini yalpi talab va boshqacha aytganda yalpi xarajatlar miqdoriga bogiiq, degan fikmi qoilab-quvvatlaydilar. Chunki, korxonalar o‘z tovar va hizmatlarini ularga talab boisagina ishlab chiqaradi. Boshqacha aytganda, talab katta boimasa, korxonalarda tovar va hizmatlami katta miqdorda ishlab chiqarish foydali emas. 0‘z navbatida, ishlab chiqarishda bandlilik va daromadlar darajasi ham, aynan shu sababli past boiadi. Yalpi xarajatlar miqdori qanchalik ko‘p boisa, ishlab chiqarishning o‘sishi katta foyda olib keladi. Shuning uchun ishlab chiqarish, bandlilik va daromadlar darajasi ortib boradi. Iqtisodiy tebranishlar sabablarini, ularga ta’sir etuvchi omillami o‘rganish, iqtisodiy tebranishlar amplitudasini qisqartirish barcha hukumatlar makroiqtisodiy siyosatining muhim maqsadlaridan biridir.

  1. Iqtisodiy davrlarning xususiyati va ko‘rinishi

Iqtisodiy taraqqiyot doimiy tebranishlarga uchrab turadi - pasayish, tanglilik davrlari iqtisodiy faollik va ko‘tarilish bilan almashadi. Iqtisodiy o‘sishning davriylik xususiyati fan-texnika taraqqiyoti bilan bog‘liq. Shu tufayli asosiy fondlami sakrash yo‘li bilan yangilanishi yuz beradi, yangi texnologik jarayonlar tatbiq etiladi, milliy daromad, iste’mol, jamgarish va investitsiyalar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik o‘zgaradi. Iqtisodiy o‘sish holatida ishlab chiqarishning real hajmini vaqti-vaqti bilan bo‘lib turadigan bunday kengayishi yoki qisqarishi iqtisodiy davr deb ataladi. Iqtisodiy davrlar davom etish muddatiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘lmadi:

  • qisqa (3-4 yil) muddatli, tovar-moddiy zaxiralaming o‘zgarishi bilan asoslangan;

  • o‘rta (7-8 yil) muddatli asosiy fondlar asbob-uskunalami almashtirishi sifatidagi o‘zgarishlaridan kelib chiqadi;

  • Kuznets davri (15-20 yil), qurilish davr nazariyasining asoschisi Amerika iqtisodchisi Saymon Kuznets nomi bilan atalgan. Bu davrlar turar joylami va ba’zi ishlab chiqarish inshootlami vaqti-vaqti bilan ommaviy ravishda yangilanishi bilan bog‘liq bo‘lgan tebranishlardir;

  • uzun toMqinlar (50-60 yil), infrastrukturani yangilanishi va tubdan yangi texnologik jarayonlami kiritish bilan asoslanadi va ms tadqiqotchisi N.Kondratev nomi bilan nomlanadi.

Iqtisodiy davmi o‘rganish davlat tomonidan davriylikka qarshi qaratilgan chora-tadbirlami amalga oshirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun zamrdir.

Har bir mamlakat iqtisodiy o‘sishga erishish uchun intiladi va uni davlat siyosatining asosiy maqsadi deb biladi.

Chunki iqtisodiy o‘sish quyidagilami bildiradi:

  • milliy mahsulot hajmini va daromadni muttasil ko‘payishmi, oqibatda esa aholi farovonligini o‘sishini;

  • ishlab chiqarish fondlari va ishchi kuchlarini xo‘jalik oborotiga yanada toMaroq jalb qilishni, ya’ni jamiyatning chegaralangan resurslaridan to‘g‘ri foydalanishni;

  • shaxsni rivojlanishiga olib keluvchi yangi ehtiyoj lami va shu bilan bir vaqtda ulami qondirishning yangi imkoniyatlari paydo bo‘lishi;

  • dunyo bozorida davlat ishonchining o‘sishi va o‘mi mustahkamlanishi.

Bu esa xalqaro ayirboshlashning nisbatan ustunlik qonuniga muvofiq qo‘shimcha xarajatsiz millatlar daromadini oshirishga olib keladi. Shu bilan birga iqtisodiy o‘sish ayrim salbiy oqibatlarga ham ega. Ulaming ichida eng ko‘zga tashlanadigani atrof-muhitga ortiqcha zo‘r berilishi va natijada uni ifloslanishi.

Barqaror iqtisodiy o‘sish uchun sharoitlami ta’mmlash davlatning muhim vazifasi hisoblanadi. U tartibga solish tayanchlaridan foydalanib, iqtisodiy o‘sishning ijobiy tomonlarini kuchaytirish va salbiy tomonlarini tekislash imkoniga ega.

  1. Davlatning iqtisodiy o‘sishga ta’sir etish imkoniyatlari

Hozirgi davrda iqtisodiy o‘sishning belgilovchi asosiy omillari bo‘lib fan-texnika taraqqiyoti, ishchi kuchining sifati va ishlab chiqarishni rag‘batlantirish hisoblanadi. Shu sababli davlat iqtisodiy o‘sishga quyidagi vositalar yordamida ta’sir etishi mumkin:

  • fan va texnikaning istiqbolli yo‘nalishlari rivojlanishini qo‘llab- quvvatlash;

  • xodimlami tayyorlash va qayta tayyorlashda qatnashish;

  • soliq tizimini ixcham holatga keltirishdan iborat.

So‘nggi yillarda ijtimoiy va ekologik muammolami kuchayishi bilan deyarli barcha mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish, eng avvalo aholi farovonligini ta’minlashning sharti sifatida qaralmoqda. Iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash zarurligi sababli rivojlangan mamlakatlarda amal qilgan iqtisodiy o‘sishning miqdoriy nazariyasi o‘z o‘mini iqtisodiy o‘sishning sifat nazariyasiga bo‘shatib berdi. Keyingi yillardan boshlab jahonda muhim rivojlanish g‘oyasi tobora kengayib, tarqalib bormoqda. Uning asosiy tavsifi kelajak avlodlar ehtiyojini, ya’ni ekologiya jihatdan cheklashlar va aholining kambag‘al qatlamlari ehtiyojlarini hisobga olishdir.

Deyarli barcha mamlakatlarda davlat siyosati iqtisodiy o‘sishning quyidagi muammolami hal etishga yo‘naltirilgan:

  • iste’mol darajasi yuqori bo‘lgan iqtisodiyotning barqaror holatini ta’minlashga qaratilgan omonat jamg‘arish me’yorlarini tanlash;

  • aholi o‘sishini tartibga solish;

  • fan-texnika taraqqiyotining ekologiya jihatdan xavfsiz yutuqlarini joriy etish va mehnat unumdorligini oshirish.

Iqtisodiy o‘sishning ijtimoiy yo‘naltirilganligi kuchayib borishi bilan iqtisodiy nazariya va amaliyotda xalq farovonligi tushunchasi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim mezonlari sifatida yanada aniqlanmoqda va kengaytirilmoqda.

Agarda, ilgarilari uni moddiy ta’mmlanganligming miqdoriy ko‘rsatkichlarini (aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan milliy mahsulot va daromad, oziq-ovqat mahsulotlari, asosiy noishlab chiqarish tovarlari, hizmatiar, turar-joy va boshqalar iste’moli) aks ettirgan bo‘lsa, hozirda birinchi o‘ringa o‘rtacha umr ko‘rish darajasi, oiim darajasi, shu jumladan bolalar o‘limi, ishsizlik darajasi, daromadlar tengsizligi, ta’lim darajasi, atrof-muhitning ahvoli va boshqa shu kabi ko‘rsatkichlar qo‘yilmoqda. Ya’ni iqtisodiy o‘sish shaxsning rivojlanib borishi uchun sharoit yaratib berishi lozim.

Iqtisod bir maromda rivojlanmaydi, unga notekis taraqqiyot ham xos. Tarixda har doim iqtisodiy o‘sish o‘miga turg‘unlik va xatto tushkunlik kelgan, so‘ngra yana iqtisodiy o‘sish bo‘lgan. Iqtisoddagi shunday tebranma harakat ma’lum davrlarda takrorlanib turgan. Iqtisodiy dinamikadagi ko‘tarilish va pasayish hodisalarini o‘z ichiga oluvchi, iqtisodning tebranib turishi bilan xarakterlanuvchi davr iqtisodiy о ‘sish sikli deyiladi. Iqtisodiy nazariyalarda sikllar har xil talqin etilgan. Ba’zi manbalarda siklli rivojlanish faqat kapitalizm belgisi deb qaralgan, sikl inqirozdan inqirozgacha bo‘lgan davr sifatida baholangan, unda krizis, turg‘unlik, jonlanish va yuksalish fazalari mavjudligi qayd etilgan. Bu nazariyada krizis siklnmg boshlang‘ich nuqtasi deb olingan. Mazkur nazariya XIX asrdagi siklli rivojlanishga xos hodisalami umumlashtirgan, ammo sikllaming umumiy hodisa ekanligini e’tibordan qochirgan. Hozirgi zamon nazariyalarida iqtisodiy sikllaming mavjudligi tan ollnadi, sikl iqtisodiy o‘sishga xos tebranma harakat deb talqin etiladi, ammo uning sabablari har xil izohlanadi.

Sikllar azaldan mavjud, ular iqtisodiyotning hamma turlariga xos boMgan, ammo iqtisoddagi tebranma harakat turli davrda va turli shaklda namoyon boMgan. Qadimgi Dunyo va 0‘rta asrlar iqtisodiyotidagi tebranma harakat asrlar davomida yuz bergan, chunki iqtisodiy o‘sish omillari kuchsiz hoMganidan ulardagi sifat o‘zgarishi sekin borgan va bu omillar iqtisodiyotga faol ta’sir eta olmagan. Iqtisodiyot qoloq boMganidan, uni rivojlantirish uchun investitsiya yetishmagan, buning ustiga mvestitsiyalar yangi texnologiyani joriy etish bilan bogMiq boMmagan, chunki uning o‘zi asrlar davomida kamdan-kam o‘zgargan. Kishilar tabiiy kuchlardan (masalan, shainol, suv kuchi) foydalanishni o‘rganishlari uchun ko‘p asrlar kerak boMgan. Taraqqiyot sust borganidan sikl o‘ta uzun boMgan. Iqtisodiyotning ko‘tarilishi va pasayishi sekin-asta boMadigan kashflyotlar, tabiiy ofatlar va umshlar bilan bogMiq boMib kelgan. 0‘rta asrlardagi iqtisodiy jonlanishlar yelkanli kemaning kashf etilishi va savdo yoMlarining ochilishi, Amerika qit’asming ochilishi kabi voqealar bilan izohlangan.

Iqtisodiy taraqqiyot sust joy da siklli rivojlanish aniq namoyon boMmaydi. Zamonaviy ishlab chiqarishga o‘tish munosabati bilan iqtisodiy o‘sishning intensiv usullari harakatga kelgach, iqtisodiyotdagi tebranma harakat ochiq-oydin namoyon boMadi va tez -tez takrorlanib turadi. Yangi texnologiyalar paydo boMgandan so‘ng siklli rivojlanish qonuniy hodisaga aylanadi. Ayniqsa, bu hozirgi innovatsion texnika asri zamonida kuchayadi. Qoloq va rivojlangan jamiyatdagi iqtisodiy tebranishlar sababi aynan bir xil emas. Qoloqlik davrida bu ko‘pincha tabiiy omillar va falokatlar natijasi boMgan, chunki iqtisodiy faoliyatga tasodiflar kuchli ta’sir ko‘rsata olgan. Iqtisodiy quvvati kuchli jamiyatda ishlab chiqarish tabiiy va boshqa tasodifiy hodisalar ta’sirini kuchsizlantira oladi. Shu sababli tebranishlar iqtisodiyotning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ulami asosan ikki narsa keltirib chiqaradi. Birinchisi - fan-texnika taraqqiyoti bilan bog‘liq investitsiyalar, ikkinchisi - mahsulot va hizmatlarga bo‘lgan talab- ehtiyojning o‘zgarishi. Ular hirgalikda iqtisodiy o‘sishga ta’sir etadi. Mahsulotga talabning ortishi yoki kamayishi ishlab chiqarishni kengaytirishni yoki qisqartirishni taqozo etadi. Bu o‘z navbatida investitsiyalami o‘zgartiradi. Talab ketidan investitsiyaning ko‘payishi ishlab chiqarishdagi texnika va texnologiyani yangilaydi. Ammo ishlab chiqarish haddan tashqari ko‘paysa, mahsulot turib qoladi, uni ko‘proq ishlab chiqarish zarurati boMmaydi, natijada uni qisqartirishga to‘g‘ri keladi. Ishlab chiqarishning texnikaviy yangilanishi vaqti-vaqti bilan bo‘lib turadi, shu sababli iqtisodiy o‘sish notekis yuz beradi. Iqtisodiy o‘sish o‘miga turg‘unlik yoki tushkunlik vaziyati kelib chiqadi, so‘ng ishlab chiqarish yana o‘nglanib ketadi. Texnika taraqqiyotining shiddatiga qarab texnikaviy yangilanish muddati qisqaradi. Agar XIX asming 1-yarmida texnikaning yangilanishi, ya’ni mavjud texnikaning tuzib bo‘linishi natijasida uning yangisi bilan almashtirilishi 12-15 yilda bo‘lsa, XXI asrga kelib bu muddat 1-2 yilga tushib qoldi. Buning ustiga talab-ehtiyoj ham tez yangilanadi. Shu boisdan o‘sish va pasayishdan iborat tebranma harakat sikli (davri) ham qisqaradi.

Nazorat savollari



  1. Iqtisodiy inqirozlar mohiyati nimada ifodalanadi?

  2. Iqtisodiy sikl bo‘yicha qanday nazariyalar mavjud?

  3. Ekstemal va internal nazariyalaming farqi nimada?

  4. Iqtisodiy siklning ta’rifmi hering va uning har bir fazasming o‘ziga xos belgilarini ko‘rsating.

  5. Iqtisodiy sikllammg asosiy turlariga tavsif bering va muhim belgilarini ko‘rsating.

  6. Iqtisodiy siklning oqibatlari

  7. Davlatning davriylikka qarshi siyosati?

  8. Iqtisodiy davrlar necha turga boTinadi?

  9. Iqtisodiy tebranishlaming sabablarini qanday izohlaysiz?

  10. Nima uchun iqtisodiy tebranishlar takrorlanib turadi?


  1. Download 1,19 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish