Toshkent moliya instituti mikroiqtisodiy


-jadval. Iqtisodiy nazariyaning asosiy masalalari va tarkibi9



Download 1,19 Mb.
bet177/237
Sana08.01.2022
Hajmi1,19 Mb.
#332446
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   237
Bog'liq
E I Ergashev Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot Darslik 2019 1

1-jadval.


Iqtisodiy nazariyaning asosiy masalalari va tarkibi9



Iqtisodiy nazariyaning masalalari

Iqtisodiy nazariyaning bo‘limlari

Mikroiqtisodiyot

Iste’molchilar bozordagi talab hajmi va tarkibmi qanday belgilaydilar? Ishlab chiqaruvchilar mahsulot ishlab chiqarish hajmi va usullarini qanday aniqlashadi?

Bozor bahosi qanday tashkil topadi?

Mildliy daromad qanday taqsimlanadi?

Davlat ishlab chiqarish omillarini tarmoqlararo taqsimlash va milliy daromadni individlararo taqsimlashda ishtirok etishi kerakmi?

Iste’molchi talabi nazariyasi

Mahsulot ishlab chiqarish va takiif etish nazariyasi

Tarmoq va umumiy iqtisodiy muvozanat nazariyasi Ishlab chiqarish omillar bahosini shakllantirish nazariyasi

Ijtimoiy farovonlik nazariyasi




9 Тарасевич Jl.C., Гребников П.И., Лусский А.И. Макроэкономика:Учебник- 6-е изд. , испр и доп. -М.: Высшее образование», 2006, 14-с.




Makroic

tisodiyot

Milliy daromad miqdorini nima belgilab beradi?

Pul nima va uning roli qanday? Baholar darajasi nima va uning dinamikasini qaysi omillar belgilab beradi?

Bandlik darajasini nima belgilab beradi?

Iqtisodiy konyunktura o‘zgarishlarinni qaysi omillar belgilab beradi?

Barqaror iqtisodiy o‘sishning shartlari qanday?

Mamlakatnmg iqtisodiy konyunkturasiga tashqi dunyo qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Davlat barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishni qanday ta’minlashi mumkin?

Statik makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi

Pul nazariyasi Inflyatsiya nazariyasi

Ish bilan bandlillk nazariyasi. Iqtisodiy davrlar nazariyasi

Iqtisodiy o‘sish nazariyasi

To‘lov balansi va valyuta kursi nazariyasi

Davlatning barqarorlashtirish siyosati nazariyasi


Bu subyektlar orasida davlatning roli bahsli masala hisoblanib kelmoqda. Keynschilar bozor tizimi mexanizmlarining iqtisodiyotni barqaror o‘sishini ta’mmlashga doim ham qodir emas va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi zarur deb hisoblashsa, iqtisodiy nazariyaning klassik maktabi namoyandalari bunday aralashishga qarshi fikrlar bildirishadi.

Bugungi kunga kelib ko‘pchillk mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotdagi roli sezilarli darajada katta ekanligini hisobga olsak, davlatning iqtisodiy rivojlanish strategiyasini belgilash, bozor mexanizmlariga putur yetkazmagan holda iqtisodiyotni tartibga solish muhim ekanligiga iqror bo‘lamiz. Davlat makroiqtisodiyotning boshqa

subyektlari xatti-harakatini belgilovchi omillami hisobga olgan holda, barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’mmlash maqsadida, o‘z tasarrufida mavjud boMgan vositalar orqali ulami yo‘naltirib turadi. Bu vositalar esa fiskal (byudjet-soliq) va monetar (pul-kredit) siyosatdir. Xulosa qilib aytganda makroiqtisodiyot fani alohida mamlakatda iqtisodiy siyosatning va jahon xo‘jalik aloqalarini tashkil etishning nazariy asosi hisoblanadi.

  1. Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari

Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullariga ilmiy mavhumlashish, analiz va sintez, deduksiya, induksiya, statistik kuzatuv, iqtisodiy matematik modellashtirish usuliari kiradi.

Juda murakkab tizim hisoblangan milliy iqtisodiyotni tadqiq qilish o‘ziga xos usullardan foydalanishni talab etadi. Son-sanoqsiz faktlami, minglab ko‘rsatkichlami alohida-alohida o'rganib chiqish va ular borasida llmiy asoslangan xulosalar chiqarish o‘ta qiyin vazifadir. Shu sababli ham makroiqtisodiyot fanida agregat kattaliklardan foydalanishga asoslangan tadqiqot usullaridan foydalaniladi.

Agregatlash, ya’rri bir qancha iqtisodiy ko‘rsatkichlar va kategoriyalami yagona makroiqtisodiy ko'rsatkich yoki kategoriyaga umumlashtirish orqali milliy iqtisodiyotdagi makroiqtisodiy jarayonlami tadqiq qilish imkoniyati yuzaga keladi. Agregat ko‘rsatkichlari yordamida minglab alohida bozorlami mamlakatning yagona bozori sifatida ko'rib chiqish mumkin boMadi. Makroiqtisodiy tahlil jarayonida alohida tovarlar va hizmatlaming bahosi, ularga boMgan talab va ulami taklif etish hajmlari ko‘rsatkichlari emas, balki agregat ko'rsatkichlar hisoblangan baholaming 0‘rtacha

darajasi, yalpi talab va yalpi takiif ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Davlat obligatsiyalari bo‘ycha foiz stavkalari, Markaziy bankning hisob stavkasi, tijorat banklarining kreditlar uchun belgilagan foiz stavkalari kabi kapital uchun to‘lov stavkalari umumlashtirilib ulaming o‘rtacha miqdori bozor foiz stavkasi deb yuritiladi va makroiqtisodiy tahlil jarayonida bu agregat ko‘rsatkichdan foydalaniladi.

Makroiqtisodiy tahlilda asosiy tadqiqot usuli makroiqtisodiy jarayonlami agregat ko‘rsatkichlardan foydalangan holda iqtisodiy matematik modellashtirishdir.

Makroiqtisodiy modellar iqtisodiy ko‘rsatkichlar va jarayonlar o‘rtasidagi miqdoriy, sabab va oqibat bog‘larrishlarini matematik formula, grafik va rasmlar ko‘rinishida ifodalaydi.

Bunga yalpi talab va yalpi takiif (AD-AS) modelini, Keyns xochini, Fillips egri chizig‘ini, IS-LM modelini, iqtisodiy o‘sishning Domar, Xarrod va Solou modellarini keltirish mumkin. Bu modellami bir vaqtning o‘zida ham grafik ko‘rinishda, ham algebraik formula ko‘rinishida tasvirlash mumkm. Algebraik formulalar kabi makroiqtisodiy modellar ham ikki, uch yoki bundan ko‘p o‘zgaruvchili bo‘lishi mumkin.

AD-AS modelida yalpi talab va yalpi takiif hajmlarining baholarini umumiy darajasi dinamikasi ta’sirida o‘zgarishi va makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmi o‘rganllsa, Fillips egri chizigi yordamida ishsizlik va inflyatsiya ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik tadqiq qilinadi.

Yuqorida sanab o‘tilgan modellar barcha mamlakatlar iqtisodiyotini tahlil qilishda qo‘llanaveradi. Ammo ularda keltirilgan empirik koeffitsiyentlar, turli iqtisodiy ko‘rsatkichlaming o‘zaro bog‘liqligi xususiyati bir mamlakatda ikkinchisidan farq qilishi

mumkin. Har qanday makroiqtisodiy modelda, u qanchalik sodda yoki murakkab bo‘lmasm, ma’lum darajada mavhumlikka yo‘l qo‘yiladi. Masalan, makroiqtisodiy tahlil davomida milliy iqtisodiyot ba’zan yopiq iqtisodiy tizim mavjud, ya’ni unga tashqi iqtisodiy aloqalari mavjud bo‘lmagan “yopiq iqtisodiyot” deb qaraladi. Amalda esa barcha mamlakatlar tashqi dunyo bilan iqtisodiy aloqalarga ega, ya’ni “ochiq iqtisodiyot”ga ega. Hech bir model iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi bog‘liqliklami to‘la-to‘kis qamrab olmaydi. Shunga qaramasdan makroiqtisodiy modellardan foydalanish eng muhim iqtisodiy qonuniyatlami aniqlash, qabul qilinadigan turli iqtisodiy qarorlaming olinishi mumkin bo‘lgan ko‘p variantli natijalarini oldindan aniqlab olish, makroiqtisodiy siyosatning turli yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish imkonmi beradi.

  1. Resurslar-tovarlar va hizmatlar” hamda “daromadlar- xarajatlar”ning doiraviy oqimi modeli

Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va hizmatlami takror ishlab chiqarishning umumiy jarayonini resurslar, tovar va hizmatlar, daromadlar hamda xarajatlaming doiraviy oqimi modeli ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin. Bu sodda model makroiqtisodiy tahlil asosini tashkil etadi. Faqat xususiy mulkka tayangan ( ya’ni davlat ishtiroki mavjud bo‘lmagan) yopiq iqtisodiyotda bunday doiraviy oqim firmalar va uy xo‘jaliklari o‘rtasida amalga oshiriladi (2-rasm).

Uy xo‘jaliklari ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan barcha iqtisodiy resurslami resurslar bozoriga yetkazib beradilar, korxonalar esa bu resurslami sotib olib turli xil mahsulotlarga, hizmatlarga aylantiradilar, so‘ngra esa ulami tayyor mahsulotlar va hizmatlar bozoriga yetkazib beradilar. Ayni paytda “resurslar - tovarlar va hizmatlar” oqimiga qarama qarshi yo‘nalishda “daromadlar - xarajatlar”ning ham doiraviy oqimi amalga oshiriladi.




Iste'mol xarajatlari




  1. rasm. Sof bozor iqtisodiyoti sharoiti “resurslar - mahsulotlar” va “daromadlar - xarajatlar”ning doiraviy aylanishi modeli

Ya’ni, uy xo‘jaliklari o‘zlari yetkazib bergan iqtisodiy resurslar evaziga daromad oladi hamda ulami tovarlar va hizmatlar iste’mol qilish uchun sarflaydilar yoki aksincha korxonalar resurslar uchun sarf- xarajatlar qiladilar hamda tayyor mahsulotlami sotish evaziga daromad oladilar.

Resurslar hamda tovarlar va hizmatlar oqimi jami taklifni, daromadlar va xarajatlar oqimi jami talabni ko‘rsatadi. Davlat ishtiroki mavjud bo‘lmagan yopiq iqtisodiyotda yalpi talab va yalpi taklifning o‘zaro teng bo‘lishi firmalamining yalpi sotuvi, yoki yalpi ishlab chiqarishi hajmi uy xo‘jaliklarining yalpi daromadlari, yoki yalpi daromadlariga teng bo‘lishi shaklida namoyon bo‘ladi.

Bu ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi tenglikning buzilishi ishlab chiqarishning pasayishi, inflyatsiya va ishsizlik darajalarining ko‘tarilib ketishiga sabab bo‘ladi. Davlat aralashuvi mavjud bo‘lgan iqtisodiyotda bu model ancha murakkab ko‘rinish oladi.







  1. rasm. “Resurslar-tovarlar va hizmatlar” hamda “daromadlar- xarajatlar”ning davlat aralashuvi mavjud iqtisodiyotdagi doiraviy aylanishi modeli

Bunday iqtisodiyotda resurslar - tovarlar va hizmatlar, daromadlar- xarajatlaming uzluksiz harakati ham bozor mexanizmlari orqali, ham davlat aralashuvi bilan ta’minlanadi. Bunda hukumat ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilammg harakatini bevosita boshqarmaydi, balki resurslar va tovarlar bozorlarida qatnashish orqali ulaming iqtisodiy faoliyatiga qulay sharoitlar yaratadi. Davlat korxonalar va uy xo‘jaliklarini soliqqa tortish bilan birga korxonalarga subsidiyalar berish, aholiga transfert to‘lash orqali ulaming ishlab chiqarish imkoniyatlari va xaridga qodir talablariga ta’sir etadi. Ayni paytda davlat resurslar bozorida hamda tovarlar va hizmatlar bozorida sotib oluvchi sifatida ishtirok etadi. Davlat o‘z ishtiroki bilan firmalaming

ishlab chiqarish hajmlari va uy xo‘jaliklarining tovarlar va hizmatlar xarid qilish miqdorlari to‘g‘risidagi qarorlari o‘zaro mos kelmagan hollarda ro‘y beradigan iqtisodiy tebranishlami tartibga solib turadi. Ochiq iqtisodiyot sharoitida doiraviy oqimlar modeli yanada murakkablashadi. Endi unda to‘rtmchi makroiqtisodiy subyektn - tashqi dunyo ham paydo bo‘ladi. Chet el investitsiyalarining kiritilishi va xorijga investitsiya qilish, eksport va import operatsiyalari shu jumladan moliyaviy bozor orqali jamg‘armalaming investitsiyalarga oqib o‘tishi va moliyaviy mablag‘laming qayta taqsimlanishini e’tiborga olsak ko‘rib o‘tilgan model mukammal emasligiga iqror bo‘lamiz. Ammo shu ko‘rinishda ham bu model makroiqtisodiy jarayonlami yaxlit holda tasavvur qilishga imkon beradi. Doiraviy oqimlar modelidan chiqariladigan xulosa shuki, davlat, firmalar, uy xo‘jaliklari va tashqi dunyoning yalpi xarajatlari yalpi ishlab chiqarish hajmiga teng bo‘lishi resurslar, tovarlar va hizmatlar oqimlari (ya’ni real oqim) bilan daromadlar va xarajatlar oqimlari ( ya’ni pul oqimlari) o‘zaro teng bo‘lishming asosiy shartidir. Yalpi xarajatlar hajmining oshishi ishlab chiqarish hajmlari va ish bilan bandlilik darajasining o‘sishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida yalpi daromadlammg oshishiga sabab bo‘ladi. Kattaroq hajmdagi yalpi daromadlar unga mos hajmdagi yalpi xarajatlami belgilab beradi. Sabab oqibat bog‘lanishlari o‘rin almashishi tufayli doiraviy oqimlar modeli doiraviy aylanish ko‘rinishini oladi. Iqtisodiyot barqaror rivojlanib borishi uchun yalpi xarajatlar to‘xtovsiz o‘sib borishi shart. Bu vazifa byudjet-soliq siyosati vositalari bo‘lgan soliqlami hamda davlat xarajatlarini o‘zgartirish hamda pul- kredit siyosati vositalari yordamida pul massasini o‘zgartirish orqali bajariladi.

  1. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

  2. Makroiqtisodiyot fani predmetining o‘ziga xos xususiyati nimada va u mikroiqtisodiyot predmetidan nimasi bilan farq qiladi?

  3. Pozitiv va normativ makroiqtisodiyot tushunchalariga izoh bering.

  4. Makroiqtisodiyot subyektlari orasida davlatning ro‘li qanday?

  5. Agregat ko‘rsatkichlar deganda nimani tushunasiz? Makroiqtisodiy tahlilda agregat ko‘rsatkichlardan foydalanish zaruriyati nima uchun yuzaga keladi?

  6. Makroiqtisodiy modellaming mohiyatiga izoh bering.

  7. Zaxiralami tavsiflovchi ko‘rsatkichlar va oqimlami tavsiflovchi ko‘rsatkichlar o‘rtasida qanday bog‘liqliklar mavjud?

  8. Resurslar - tovarlar va hizmatlar” hamda “daromadlar - xarajatlar”ning doiraviy oqimi modelidagi qarama-qarshi omillarga izoh bering.

  9. Doiraviy oqimlar modelini doiraviy aylanish tusini olishining shartlari qanday?

  10. Makroiqtisodiy siyosatning muhim vazifalari nimalardan ihorat?


  1. Download 1,19 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish