Keys stadi. Nega sigirlar qirilib ketmadi?
Butun dunyo tarixida ko‘pgina jonivorlar turlari qirilib ketish xavfi ostida bo‘lishgan. Yevropaliklar ilk marta Shimoliy Amerikaga qadam qo‘yishganida, 60 milliondan ortiq bizon (qo‘tos)lar qit’adan ko‘chib ketishiga majbur bo‘lishgan. Undan tashqari, qo‘toslami ovlash 19-asrda shu darajada mashhur bo‘lganki, 1900-yillarga kelib, ya’ni davlatiar ulami himoya qilishga kirishishlaridan oldin jonivorlar soni 400 tagacha qisqarib ketgan.
Ba’zi bir Afrika mamlakatlarida fillar xuddi shu kabi muammoga duch kelmoqda, brakonerlar jonivorlami ulaming suyaklari va tishlari uchun o‘ldirishmoqda.
Shu bilan birga, barcha jonivorlar ham bu muammoga duch kelishganlari yo‘q. Masalan, sigirlar qimmatli oziq-ovqat manbai hisoblanishadi, lekin hech kim sigirlami yaqin orada qirilib ketadi deb hisoblamaydi. Amalda, mol go‘shtiga bo‘lgan katta talab ushbu jonivor turini saqlanib qolishiga o‘ziga xos kafolat.
Nega fil suyagiga bo‘lgan katta ehtiyoj fillami qirilib ketishi uchun xavf bo‘lishi mumkinu, ammo mol go‘tiga bo‘lgan ehtiyoj sigirlar saqlab qolinishaga kafolat manbaimi? Sababi shundaki, fillar aksariyat hollarda umumiy resurs hisoblanishadi, sigirlar bo‘lsa xususiy mulk obyektidir.
Fillar qarovsiz holatda erkin ko‘chib yurishadi. Har qanday brakoner o‘zi topishi mumkin bo‘lgan fillardan imkon qadar ko‘prog‘ini o‘ldirishga intiladi. Brakonerlar juda ko‘p va ular fillami saqlanib qolishi va tarqalishidan deyarli hech qanday manfaat ko‘rishmaydi.
Bundan farqli o‘laroq chorva mollari xususiy mulk bo‘lgan fermalarda saqlanadi. Ferma egalari chorva sonini imkon qadar ko‘payishidan manfaatdor, sababi ular daromad manbaidir.
Dunyo davlatlari hukumatlari fillarni saqlab qolishni ikki xil usul bilan amalga oshirishga urinib ko‘rishishdi. Keniya, Tanzaniya va Uganda kabi davlatlarda fillarni o‘ldirish va ulami suyagini sotishni noqonuniy faoliyat deb belgilab qo‘yishdi. Biroq bu qonunlami amalga oshirish qiyin kechdi va muammo aktual ko‘rinishda saqlanib qoldi.
Botsvana, Malavi, Namibiya va Zimbabve kabi davlatlar esa fillar xususiy mulk sifatida kishilarga taqsimlab berishdi va faqatgina mulk egalarigagina ulami o‘ldirishga ruxsat berishdi. Yer egalarida endilikda fillarni saqlab qolishga rag‘bat paydo bo‘ldi va fillar soni ko‘paya boshladi. Xususiy mulk va uning ortidagi daromad olish maqsadi sabab Afrika fillari yaqin oradi xuddi sigirlar kabi qirilib ketish muammosidan xalos bo‘lishadi.
Nazorat savollari
Eksklyuzivlik yoki iste’moldan mahrum qilish xususiyati deganda nima tushunasiz? Iste’molda cheklanganlik xususiyati deganda nimani tushunasiz? Pitsa bo‘lagi eksklyuzivlik xususiyatiga egami? Bu iste’molda cheklanganlik xususiyatiga egami?
Ommaviy mahsulotga ta’rif bering va unga misol keltiring. Xususiy bozor ommaviy mahsulot bilan o‘z holicha yaxshi ta’minlab bera oladimi? Tushuntiring.
Xarajatar va daromadlar tahlili nima? Nega bu muhim? Nega bu qiyin?
Umumiy resurslarga ta’rif bering va misol keltiring. Davlatni aralashuvisiz kishilar bu mahsulotlardan qanday tartibda foydalanishadi? Nega?
Do'stlaringiz bilan baham: |