Toshkent moliya instituti mikroiqtisodiy



Download 1,19 Mb.
bet109/237
Sana08.01.2022
Hajmi1,19 Mb.
#332446
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   237
Bog'liq
E I Ergashev Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot Darslik 2019 1

P=P0 = AC(QB) = mmAC{Q) = Ma,Q0) (13)

v a tarmoqning tipik firmasining ishlab chiqarish xajmi Q„ ga teng (7.18- b-rasm).







  1. rasm. Tipik firmaning uzoq muddatli muvozanati (a), uzoq muddatli oraliqda tarmoq muvozanatining o‘zgarishi (b).

Muvozanat holatda tipik firmaning iqtisodiy foydasi nolga teng. Bozor narxi p0 muvozanat narx sifatida tarmoq bo‘yicha (umumiy talab umumiy taklifga teng boiadi) o‘matiladi (12.18-rasm b). Bu yerda alohida firmalaming qisqa muddatli taklif chiziqlarining yig‘indisi

umumiy bozor takiif chizig‘i s0 ni beradi. Bozor takiif chizig‘i S0 bilan bozor takiif chizig‘i l\ tarmoq bozorinig muvozanat narxiini aniqlaydi. Bu narxga har bir firma moslashadi va P = MC ni ta’minlaydigan va maksimal foyda beradigan ishlab chiqarish hajmini o‘matadi.

Faraz qilaylik, iste’molchilaming didi o‘zgarishi bilan tarmoq mahsulotiga bo‘lgan talab oshdi va talab chizig‘i D0 holatdan Ц holatga o‘zgaradi. Natijada yangi muvozanat narx P, o‘matildi. Yangi muvozanat narxda firmaning mahsulotiga bo‘lgan talab chizig'i MR, holatdan Щ holatga siljiydi (esdan chiqarmaslik kerakki, raqobatlashgan bozorda talab chizig‘i gorizontal ko‘rinishga ega, ya’ni cheksiz elastik).

Yangi muvozanat narxda firma noldan farqli, musbat iqtisodiy foyda ola boshlaydi va u foydani maksimallashtirish uchun ishlab chiqarish hajmini dan (?, ga oshirdi. Lekin, ishlab chiqarish hajmining bunday oshishi qisqa muddatli oraliqdagina sodir bo‘ladi. Natijada tarmoq bo‘yicha ishlab chiqarish ham q; dan q; ga oshadi. 0‘rtacha firma foydasining oshishi mablag1 qo‘yuvchilami o‘z resurslarini boshqa tarmoqdan ushbu tarmoqga qo‘yishga undaydi, ya’ni tarmoqqa yangi firmalar kirib kela boshlaydi. Yangi firmalaming tarmoqqa kirishi bozor taklifmi 50 holatdan 5, holatga o‘tib, yangi muvozanat narx px ni oldingi darajasi P0 ga teng bo‘lgunga qadar davom etadi.

Natijada tarmoq o‘rtacha firmasining optimal ishlab chiqarish hajmi 0 ga teng bo‘lib, uning iqtisodiy foydasi yana nolga teng bo‘ladi va tarmoqqa yangi firmalaming kirib kelishi to‘xtaydi. Tarmoq ishlab chiqarish hajmining Q' da Q2 o‘sishi tarmoqda ta yangi

vo

firmalaming paydo bo‘lganini anglatadi.

Tarmoqqa firmalaming kirishi va undan chiqishini tarmoqda uzoq muddatii muvozanatni ta’minlovchi mexanizm deb qarash mumkin.

Tarmoqqa firmalar kirib keladi, agar ular ushbu tarmoqda iqtisodiy foyda olishini sezsa.

Tarmoqdan firma chiqadi, agar u uzoq muddatii oraliqda o‘rtacha xarajtlarini qoplay olmasa.

Tarmoqdan chiqish va unga kirish oxirgi (chekli) firma nolga teng iqtisodiy foydaga erishguncha qadar davom etadi.

Umuman olganda uzoq muddatii muvozanat holatga erishish juda ko‘p vaqt talab qiladi, lekm qisqa muddatii oraliqda firma katta foyda olishi ham mumkin yoki katta zarar ko‘rishi ham mumkin. Biror bir mahsulot turini ishlab chiqarishda birinchi bo‘lgan firma undan keyin shu ish bilan shug‘ullangan firmaga ko‘ra ko‘proq qisqa muddatii foyda olishi mumkin. Xuddi shunday zarar bilan ishlayotgan tarmoqdan birinchi bo‘lib chiqqan firma investitsiyalarining ancha mablag‘ini iqtisod qilib qolishi mumkin. Uzoq muddatii muvozanatlik konsepsiyasi firmani qanday va qaysi tomonga qarab harakat qilishini ko‘rsatib beradi. Uzoq muddatii oraliqda ayrim firmalar haqiqiy musbat foyda olishi mumkin. Masalan, biror firma boshqa firmalarga nisbatan kamroq xarajat sarflab mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan patentga yoki yangi g‘oyaga ega deylik. Bunday holda bu firma uzoq muddatii oraliqda musbat haqiqiy foyda olishi mumkin. Boshqa firmalar ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishni ta’minlaydigan ushbu patentni yoki g‘oyani olmaguncha mahsulotni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmaydi (tarmoqqa kirmaydi).

Agar firmalar ushbu patentdan foydalanish huquqini sotib olishsa, firmalaming iqtisodiy foydasi nolga teng bo‘ladi.

Musbat haqiqiy foyda tarmoqda harakat qilayotgan firmaning qimmatbaho aktivga, yangi texnologiyaga yoki yaxshi tajribaga ega ekanligidan dalolat beradi. Bunday holda boshqa firmalar tarmoqqa kirishga jur’at qilolmaydi.

Musbat iqtisodiy foyda investitsiyalami tarmoqqa kirishga imoniyat yaratadi va ulami rag‘batlantiradi.

10.4. Raqobat bozorida taklif egri chizig‘i



Qisqa muddatli oraliqda bozor taklifi firma taklif chiziqlari yig‘indisi orqali topilardi. Uzoq muddatli oraliqdagi taklifni firma takliflarini qo‘shish orqali aniqlab bo‘lmaydi. Nima uchun deganda, uzoq muddatli oraliqda bozor narxining o‘zgarishiga ko‘ra firmalar bozorga kiradi yoki undan chiqadi. Bu o‘z navbatida firmalar taklif chiziqlarini qo‘shib bo‘lmasligini ko‘rsatadi (qaysi firmalar bozorda qolayotganligini biz bilmaymiz).

Uzoq muddatli oraliqdagi taklifni aniqlashda ishlab chiqarish hajmining kengayishini faqat resurslardan foydalanishning kengayishi hisobidan bo‘ladi, deb faraz qilinadi. Ixtiro va texnologiyaning ishlab chiqarishga ta’siri o‘zgarmas deb qabul qilinadi.

Uzoq muddatli oraliqdagi umumiy taklifning shakli tarmoqda ishlab chiqarish hajmi o‘sishining yoki kamayishining foydalaniladigan ishlab chiqarish omillari narxiga ta’siri darajasiga bog‘liqdir. Shuning uchun ham uch turdagi tarmoq xo‘jaligi qaraladi: xarajatlari o‘zgarmas, o‘suvchi va kamayuvchi tarmoqlar.


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish