MRSm = W.
Faraz qilaylik, ish haqi stavkasi w0 dan щ ga oshdi. Byudjet chizig‘i nm holatidan щ holatga siljiydi (14.7-rasm).
14.7-rasm. 0‘rnini bosish samarasi va daromad samarasi, O/o, 0/i, O/2 lar bo‘sh vaqt, tJV, /tNva /|7Vlar ish vaqti.
Agar biz MlN byudjet chizig‘iga parallel boMgan va ux befarqlik chizig‘i bilan kesishadigan ab byudjet chizig‘ini o‘tkazsak, daromad va о‘mini bosish samarasini aniqlashimiz mumkin.
0‘mini bosish samarasi bo‘sh vaqtni qisqarishi va ish vaqtining ortishi natijasida daromadning o‘sishi bilan ifodalanadi, ya’ni, ma’lum miqdordagi bo‘sh vaqt ish vaqti bilan almashtiriladi. 7-rasmda bu t2 dan t„ ga siljishini ifodalaydi, ya’ni, ish vaqti T,=24-t2 dan r, = 24 - /„ gacha oshadi. Lekin, daromadning ortishi bilan birga dam olishning - shaxsning ma’naviy o‘sishi uchun kerak bo‘ladigan bo‘sh vaqtning ham qimmati oshadi. Daromad samarasi (bo‘sh vaqtning ortishi) teskari yo‘nalishda bo‘lib, u tj, oraliq bilan ifodalanadi (4->4). Natijaviy o‘zgarish t.t2 oraliqqa teng.
Ish haqining bunday o‘sishida o‘mini bosish samarasi daromad samarasidan yuqori bo‘ladi. Bundan shu kelib chiqadiki, birinchidan, ish haqining o‘sishi, ish vaqtini ortishiga olib keladi; ikkinchidan, individual shaxsning mehnat taklifi musbat yotiqlikka ega (14.8-rasm).
14.8-rasm. Ish haqining o‘sishi natijasida ish vaqtining o‘sishi.
Daromadning yanada oshib borishi barcha shaxslami ham dam olish vaqtini qisqartirib, ish vaqtini oshirishga undayvermaydi. Dam olish vaqtining qisqarib borishi, uni shaxs uchun bo‘lgan qimmatini oshiradi. Yuqorida eslatib o‘tganimizdek, sutkasiga 24 soat ishlash ma’noga ega emas. Bo‘sh vaqtni qimmatini oshib borishi shunga olib keladiki,
daromad samarasi, o‘mini bosish samarasidan oshib ketadi (14.9-rasm). Natijada ish vaqti T2=W-t2 dan 7^ = 24 - gacha qisqaradi.
Daromad
rasm. Daromad samarasi o‘rnini bosish samarasidan ortiq bo‘lgan hoi, Ofo, 012 lar bo‘sh vaqt, toN, t2Nva Iar ish vaqti
Shaxsning bo‘sh vaqti esa 012 dan 0?, ga o‘sadi. Bo‘sh vaqt qimmatini ortishi, ish haqi oshganda individual shaxsning mehnat taklifi chizig‘i manfiy yotiqlikka ega bo‘ladi (14.10-rasm).
rasm. Ish haqi oshganda ish kunini qisqarish
Taklif chizig‘i yotiqligi.
Ish haqi o‘sishining dam olish vaqti bilan ishlash vaqti o‘rtasidagi nisbatga ta’siri. Odatda ish haqi oshganda, ko‘pchilik
ko‘proq ishlab, ko‘proq daromad olishga harakat qiladi. Lekin, ish vaqti oshgan sari bo‘sh vaqtning ham qimmati oshib boradi. Inson ma’naviy o‘sishga ham intiladi. Demak, ish vaqtining o‘sishi o‘z chegarasiga ega. Nima uchun deganda, insonlar, ishlab topgan daromadini ko‘proq zavq olish uchun, dam olishga sarflaydllar.
Ish vaqti ma’lum vaqtgacha o‘sgandan keyingi ish haqining o‘sishi, ish vaqtini qisqarishiga olib keladi. Ish haqi oshganda o‘mini bosish samarasi hamda daromad samarasi mavjud bo‘ladi. 0‘mini bosish samarasida yuqoriroq ish haqi, ishchining real daromadini oshiradi. Ishchi ko‘p daromad olganda, u ko‘proq ne’matlami sotib oladi, ushbu ne’matlardan biri, yaxshi dam oKshdir.
Agar ishchi dam olishga ko‘proq mablag‘ sarflasa, daromad samarasi (daromadning oshishi), uni kamroq ishlashga undaydi. Daromad samarasi juda ham katta boMganda, ishchi ish vaqtini qisqartiradi va mehnat taklifi chizig‘i pastga yotiq bo‘ladi.
Ish haqining birinchi bosqichida Щ dan Щ ga o‘sishi, ish vaqtini^ dan r2 soatga oshiradi. Bu yerda o‘mini bosish samarasi daromad samarasidan yuqori bo‘ladi. Ish haqining ikkinchi bosqichidagi Щ dan щ ga o‘sishi, ish vaqtiga ta’sir qilmaydi, ishchi t2 soat ishlaydi, o‘mini bosish samarasi daromad samarasiga teng. Uchinchi bosqichdagi ish haqining щ dan Щ ga o‘sishi, ish vaqtini t2 dan tt ga qisqartiradi, o‘mini bosish samarasi daromad samarasidan kam bo‘ladi.
Ko‘rinib turibdiki, daromadning o‘sishi dam olishga bo‘lgan talabni oshiradi. Ushbu hoi ish vaqtini qisqarishi va dam olish vaqtini oshishida o‘z ifodasini topgan. Ish haqining oshishi bilan birga dam olishning narxi ham oshadi.
Odatda, rivojlangan mamlakatlarda aholining 0‘rtacha daromadi, rivojlanayotgan mamlakatlardagi aholining o‘rtacha daromadidan ancha yuqori bo‘lgani uchun, ular ko‘proq dam olishga harakat qiladi
306
(Daromad samarasi, o‘mini bosish samarasidan yuqori). Rivojlanayotgan davlatlarda ish haqi past boMgani uchun, ish haqining o‘sishi, ishchilami ko‘proq vaqt ishlab, ko‘proq daromad qilishga undaydi (o‘mini bosish samarasi, daromad samarasidan yuqori boMadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |