3. Konsalting firmalar - ular ishlab chiqarishning turli muammolari
yuzasidan maslahatlar beradi, loyihalash bilan shug‘ullanadi, xo‘jalik yuritishning
yangi shakllariga o‘tish, boshqaruv tizimlarini takomillashtirish va shunga o‘xshash
faoliyat turlariga ko‘maklashadi.
4. Venchur firmalari - bu firmalarni tavakkalchilik firmalari deb ham
atashadi. Ular kichik biznesning bir turi bo‘lib: ilmiy-muhandislik ishlari; yangi
texnika, texnologiya, tovar namunalarini yaratish; tijorat ishini tashkil etish
usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; yirik firmalar va davlat ijara
kontrakti buyurtmalarini bajarish; ishlab chiqarishni boshqarish bilan shug‘ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |