Salbiy tomonlari: bunda boshqaruv faoliyati chuqur ixtisoslashadi. Bu esa
boshqaruv samaradorligining, kasb mahorati darajasining o‘sishini ta'minlaydi,
funktsional sohada muvofiqlashtirish ishini yaxshilashga erishiladi. Xizmatchilar
bunga yaxshi va tez ko‘nikma hosil qiladilar, moddiy harajatlarni kamaytiradi va
boshqarishdagi takrorlanishlarga chek qo‘yadi va hokazo.
Ijobiy tomonlari: Funktsional organlar o‘ziga topshirilgan funktsiyalarni
sifatli bajarishdan manfaatdor bo‘lib, "begona" funktsiyalar uchun ham, butun
korxonaning umumiy faoliyati uchun ham javob bermaydi. Bunda har bir rahbar
o‘z funktsiyalari bo‘yicha farmoyish berish huquqiga ega bo‘ladi. Binobarin, bu
narsa: yakkaboshchilik tamoyillarining buzilishiga, ijrochilar mas'uliyatining
susayishiga olib keladi, chunki ijrochi bir boshliqqa emas, bir necha boshliqqa
bo‘ysinadi, ko‘pincha ulardan bir-biriga zid ko‘rsatmalar oladi.
Funktsional strukturadagi qayd qilingan kamchiliklar, ya'ni:
funktsional bo‘limlar ishlashlarini muvofiqlashtirish darajasining yuqori
emasligi;
rahbarlar
vazifalari
va
huquqlarining
etarli
darajada
muvofiqlashmaganligi;
ishning pirovard natijalari uchun aniq va mas'ul xodimlarning yo‘qligi;
funktsional bo‘linmalar o‘rtasida ish yuzasidan nizolarning mavjudligi;
boshqaruv apparatida ishga turalarcha munosabatda bo‘lish hollarining
mavjudligi kabilarni bartaraf etish uchun chiziqli-funktsional (aralash) turdagi
boshqaruv strukturasi tuziladi.
Chiziqli-funktsional boshqaruv strukturasida asosiy boshqaruv chiziqli
boshqaruv bo‘lib hisoblanadi. Barcha boshqaruv bosqichlari va mustaqil
uchastkalar o‘z rahbariga ega bo‘ladi. Rahbar ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatini
yakkaboshchilik asosida boshqarish huquqiga ega bo‘ladi va faoliyat natijalari
uchun to‘la javobgar hisoblanadi.
Boshqaruvning chiziqli struktura sharoitida ishlaydigan rahbarlarga malakali
yordam ko‘rsatish uchun funktsional va idoraviy tashkilotlar tashkil etiladi va bu
tashkilotlarning vazifasi boshqaruv qarorlarini tayyorlash va rahbarlarga malakali
yordam berishdan iborat.
Hozirgi zamon korxonalari faoliyatidagi ko‘pgina muammolarni hal etish
gorizontal bo‘yicha kelishib olishni va muvofiqlashni talab etadi.
Bularni mazmun va muddatlariga ko‘ra kelishib olish, ishlab chiqarishning
ko‘pgina unsurlarini tutashtirish ishlarini turli xizmatlar bajaradi. Goho funktsional
xizmatlar o‘rtasidagi bu gorizontal aloqalar juda cho‘zilib ketadi, baxs va nizolar
bilan amalga oshiriladi. Chiziqli struktura rahbari esa ko‘p sonli bo‘linmalar ishini
muvofiqlashtirishga juda qiynaladi.
Bu muammolarni yangi tashkiliy boshqaruv strukturalarini tuzish yo‘li bilan,
aniqrog‘i, chiziqli-funktsional boshqaruv strukturalariga tuzatishlar kiritish yo‘li
bilan hal etiladi. Bunday struktura dasturli-maqsadli struktura deb ataladi.
Bunday struktura quyidagi uch ko‘rinshda bo‘ladi:
41
loyiha bo‘yicha boshqaruv;
mahsulotga ko‘ra boshqaruv;
matritsaviy struktura.
Loyiha bo‘icha boshqaruvdan yangi texnika va texnologiyani qisqa
muddatda joriy qilish zaruriyati tug‘ilgan hollarda foydalaniladi. Bunda
vaqtinchalik maxsus xizmat bo‘limi tuzilib, unga resurslar beriladi. Bu bo‘lim
loyiha tayyorlaydi va uning ijro etilishini nazorat qiladi.
Mahsulotga ko‘ra boshqaruvning afzalligi axborotlarning kelish yo‘llari va
oqimining qisqarishida, yakka boshchilik tamoyiliga to‘la rioya qilinishida,
boshqarishning yuqori bosqichlarini mayda joriy vazifalardan xalos qilishda
namoyon bo‘ladi. Bunday struktura bozorda talabning o‘zgarishiga tezkor
munosabat bildirishga qodir.
Matritsaviy struktura bo‘yicha boshqarish ancha murakkab bo‘lib, u
mahsuloti nisbatan qisqa "umr" ko‘radigan va tez-tez o‘zgarib turadigan korxonalar
tomonidan qo‘llaniladi. Bu struktura korxonada gorizontal aloqalarni yo‘lga
qo‘yishga va ularni murakkab buyurtmalarni bajaruvchi turli xil korxonalar
faoliyati bilan kompyuterlar yordamida bog‘lashga, texnika sohasida yuqori
malakali xizmat ko‘rsatishga va ekspertizani ta'minlashga qaratilgan.
Ushbu strukturani "To‘r" ko‘rinishida tasavvur etish mumkin. U ikki turdagi
strukturaning, ya'ni:
- funktsional struktura;
- mahsulot bo‘yicha strukturalar kombinatsiyasini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |