xaridorlar kutayotgan narx, ularning narx va sifat o‘rtasidagi aloqa haqidagi
tasavvuri, raqobatchilarning narxga reaktsiyasi, savdoning reaktsiyasi, shuningdek,
qaytariini bilishi lozim. Eng ideal holatda firma turli narx darajalarida qancha
miqdorda tovar sotilishini ko‘rsatadigan talab egri chizig‘i tuzishga harakat qiladi.
miqdorini hisoblab chiqish, turli narx darajasida olish mumkin bo‘lgan foydani
aniqlash va eng ma‘qul keladigan narx belgilashga imkon beradi. Talab egri
374
chizig‘i narx sezuvchanligini ham tavsiflaydi. Kompaniyalar tushumni oshirish
uchun xaridorlar narx sezuvchanligi past bo‘lganda qimmatroq narx belgilashi, narx
sezuvchanligi kuchli bo‘lganda esa – arzonroq narx belgilashi mumkin. Eng yuqori
ko‘rsatkich tahlili yordamida oxirgi sotilgan tovar birligidan eng yuqori tushum
miqdori uni ishlab chiqarish xarajatlariga teng bo‘lgan nuqtada foydani maksimal
qiladigan narx belgilanadi.
Mavjud tovarlar uchun narx shakllanish strategiyalari to‘g‘ri keladigan narx
darajasi belgilash va avvalgi narx o‘zgarishiga nisbatan qaror qabul qilish yoki
barqaror narxlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. YAngi tovarlar uchun odatda
«qaymog‘ini olish» va «bozorga kirib borish» nomi ostidagi narx shakllanish
strategiyalari qo‘llanadi. Bunda «qaymog‘ini olish» strategiyasi dastlab qimmat
narx belgilangan hollarda foydalaniladi va talab elastik bo‘lmagan yoki kompaniya
patent himoyasi bilan ta‘minlangan hollarda maqsadga muvofiq. «Bozorga kirib
borish» strategiyasi dastlab arzon narx belgilashni ko‘zda tutadi va talab elastik
bo‘lgan hollarda maqsadga muvofiq sanaladi. Narx shakllanish strategiyalari
assortiment guruhlari uchun ham ishlab chiqiladi. Assortiment guruhidagi turli
tovarlar o‘rtacha narx yoki nufuzli tovarlarni afzal ko‘adigan tejamkor xaridorlani
qiziqtirish maqsadida turli narx segmentlariga qarataladi.
Xulosa: Shunday qilib, kompaniya avvalo, quyidagilarni amalga oshirishi
lozim:
narx shakllantirish maqsadlarini aniqlash;
narxni belgilab beradigan omillarni (xarajatlar, talab va h.k.) ajratib
ko‘rsatish;
shu axborotni hisobga olgan holda o‘z narxlarini shu doirada belgilaydigan
narx doirasini belilab beradigan narx shakllantirish strategiyasini ifodalash;
yoki talabga, yoki xarajatlarga yo‘naltirilgan usul asosida narx darajasini
belgilash;
iste‘molchilarga taklif etiladigan yakuniy narx va savdo chegirmalarni
belgilash;
narx belgilangandan so‘ng iste‘molchi va raqobatchilar reaktsiyasini
aniqlash;
yakuniy bosqichda kompaniya qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun
narxlarni nazorat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: