240
22-Mavzu. MARKETING STRATEGIYASI
Reja:
1.Marketingni strategik boshqarish va rejalashtirish tushunchasi
2.Kompaniyaning keng strategik rejalashtirishda
marketing rolini aniqlash
Tayanch so‟zlar:
strategik rejalashtirish
, funktsional strategiyalar, instrumental
strategiyalari, portfelli strategiyalar,strategik rejalashtirish bosqichlari, missiya
1. Marketingni strategik boshqarish va rejalashtirish tushunchasi
Strategik marketingni o‘rganishdan avval strategiya so‘zining ma‘nosiga
tushuncha beramiz. Strategiya grekcha (―strategos‖) so‗zidan olingan bo‗lib,
―general san‘ati‖ degan ma‘noni bildiradi. Bu atama harbiy sohadan kirib kelgan.
Hammamizga tarixdan ma‘lumki faqatgina generallar g‘alabaga erishish uchun
strategiyalarni to‘zganlar. Masalan puxta o‗ylangan strategiya Aleksandr
Makedonskiy, Amir Temurlarga harbiy yurishlarda qo‗l kelgan.
O‗zbek tilining izohli lug‗atida ham strategiya atamasi:
“yirik harbiy operatsiyalar va umuman urush olib borish sanati‖;
―ijtimoiy-siyosiy kurashga rahbarlik qilish sanati va ilmi‖ ma‘nosida
talqin etilgan.
Harbiy sohada hozir ham bu atama yuqori qo‗mondonlik tomonidan harbiy
jarayon (operatsiya)larni rejalashtirish san‘ati ma‘nosida ishlatiladi.
Istiqbolni aniq bashorat, tasavvur qilish uchun strategiya zarurdir.
Strategiya deganda biz istiqbolni tadqiq qilish, turli senariyalarni tahlil qilish
san‘atini, istiqbolda raqobat kurashida afzallik beruvchi g‗oya ekanligini,
korxonaning umumfaoliyati (fondi, quvvati, harajati, foydasi va hokazo)ni nazorat
qiluvchi keng qamrovli tizim ekanligini tushunamiz.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar o‘z faoliyatini samarali olib borishga
intilib, tobora uzoqroq muddat yuqori daromad olish uchun oldindan strategik
rejalashtirish usulidan foydalanadi. Bozordagi o‘zgarishlar va fan-texnika
taraqqiyoti yo‘nalishlarini tahlil qilish asosida firmaning strategiyasini ishlab
chiqish uchun negiz bo‘ladigan umumiy maqsadlar belgilanadi. Firmaning
strategiyasi faoliyatning bosh dasturini, marketing, moliya, tashkiliy faoliyat,
kadrlar siyosati va boshqa soxalardagi birlamchi yo‘nalish va resusrlar taqsimotini
aks ettiradi.
A.Chendler ―Strategiya va struktura‖ kitobida quyidagicha ta‘rif beradi:
―Firmaning strategiyasi-bu korxonaning uzoq muddatli asosiy maqsad va
vazifalarini shakllantirish, xarakatlar izchilligini ta‘minlash, shuningdek, bu
maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan resurslarni taqsimlashdan iborat‖
8
.
F.Kotler firmaning strategik rejalashtirish xaqida bunday deb yozadi:
―Firmaning maqsadlari, uning iloji bo‘lgan imkoniyatlari bilan marketing
sohasidagi muvaffaqiyat qozonish imkoniyati o‘rtasidagi strategik muvofiqlikni
8
Ergashxodjaeva Sh.J. Strategik marketing. –T.:TDIU, 2014.150- bet
241
qozonish imkoniyati o‘rtasidagi strategik muvofiqlikni yaratish va saqlash
bo‘yicha boshqaruv jarayonidir. Strategik rejalashtirish firmaning aniq ifodalangan
dasturiy bayonotiga, yordamchi maqsadlar va vazifalarni mo‘ljallashiga, sog‘lom
xo‘jalik portfeli va o‘sish strategiyasiga tayanadi‖. Dasturiy bayonotda firma
faoliyati soxalari tovarlar ishlab chiqarish, maxsus texnologiya nuqtai nazaridan
yoki mijozlar doirasi, ularning istak va ehtiyojlariga xizmat ko‘rsatadigan bozor
faoliyati tomonidan tavsiflanadi.
Marketing strategiyasini ishlab chiqish jarayonida marketing kompleksining
ayrim yo‘nalishlari yoki firmaning ishlab chiqarish bo‘linmalari faoliyati
natijalarini qiyoslash usuliga asoslangan portfel tahlili, shuningdek ularning
korxonaning umumiy strategiyasidagi o‘rnini aniqlash aloxida ahamiyatga ega.
Marketingni
strategik
rejalashtirish-bu
korxonaning
missiyasi
va
maqsadlarini aniqlash,kelajakda korxona faoliyatini samarali tashkil etishni
ta‘minlash uchun zarur bo‘ladigan resurslarni aniqlash va ularga ega bo‘lishda
mahsulot strategiyalarini tanlash jarayonlaridir.
Stratеgik g`oyalar- firmaning harakat dasturiga aylanishi kеrak bo`lib, bu
dasturda stratеgik maqsadlar aniqlanadi va tanlangan rivojlanish stratеgiyasining
amalga oshirilishini ta'minlovchi vositalar bеlgilanadi. Firmaning yaqin kеlajakdagi
muvaffaqiyatini avvalo uning joriy faoliyatidagi turli yo`nalishlarning moliyaviy
jihatdan qay darajada muvofiqlashtirilganligi bеlgilaydi. Uning uzoq kеlajakdagi
rivojlanishi va taraqqiy yetishi esa bozordagi o`zgarishlarni o`z vaqtida oldindan
ko`ra bilish hamda o`z tuzilmasi va tovar portfеlining tarkibini tеgishli ravishda
bunga moslashtira olish qobiliyatiga bog`liq bo`ladi. Bunday stratеgik, faol fikrlar
samarali bo`lishi uchun ular izchil bo`lishi va «kеlajakni tashkil qilish»ga, ya'ni
kutilayotgan natijalarga olib kеladigan harakatlarga tayyorlanishga qaratilgan
bo`lishi lozim. Shuningdеk, stratеgik rеja qabul qilingan qarorlarni qarorlarni
hayotga tatbiq etuvchilargacha yetkazib bеrishi lozim. Bu vazifa kеlajakning
mavhumligi sababli murakkablashadi. Stratеgik rеjani ishlab chiqish oldindan
bilish mumkin bo`lmagan o`zgarishlarni ―rеjalashtirish‖ni ham o`z ichiga oladi.
Hozirgi kunda tadbirkorlik juda ommlashib ketmoqda.Ayniqsa strategik
asosda boshqaruv uzoq muddatli tadbirkorlikni rivojlantirishga zamin yaratadi.
Strategik boshqaruv hozirgi kunda korxonalarni boshqarishda yangicha yondoshuv
bo‘lmoqda. Stratеgik markеting rеjasining maqsadi - firmaning uzoq muddatli
taraqqiyotini ta'minlash maqsadida tanlagan stratеgiyasini aniq va izchil bayon
tavsiflab bеrishdir. Bu tanlov asta-sеkin qarorlar va harakat dasturlariga aylanishi
kеrak. Quyida rеjaning umumiy tuzilishini va stratеgik rеjalashtirishdan kutiladigan
foydalarni ko`rib chiqamiz.
Stratеgik markеting rеjasining umumiy tuzilishi. Stratеgik markеting
jarayoni oltita hal qiluvchi masala bilan bog`liqdir. Bu savollarga javob topish
firmaning maqsadlari va shunga mos ravishda rеjaning tuzilishini bеlgilab bеradi.
1. Biz olib borayotgan biznеs qanday ko`rinishda (ya'ni firma uchun asosiy
bozor qaysi) va firmaning bu bozordagi stratеgik missiyasi qanday?
2. Qanday tovar bozorlari asosiy bozorni tashkil etadi va bu bozorlarda
qanday pozitsiyalashni tanlash mumkin?
3. Tovar bozorlarining obyektiv jalb qiluvchanligi qanday va ular bilan
242
bog`liq qanday imkoniyat va xatarlar bor?
4. Firmaning bozordagi tovarlarga nisbatan farq qiluvchi jihatlari, uning
kuchli va zaif tomonlari va raqobatli ustunligi nimada?
Do'stlaringiz bilan baham: