Tovarni peshtaxta orqali sotish - tovar sotishning odatdagi usuli bo‘lib, unda
xaridorlarga xizmat qilish jarayonining deyarli hamma asosiy elementlari,
chunonchi, tovarlarni ko‘rsatish va uning assortimenti bilan tanishtirish, hisob-kitob
qilish va haqi to‘langan tovarni topshirish ishlarini peshtaxta yonida turgan
sotuvchi bajaradi.
Xaridorlar o‟ziga-o‟zi xizmat qilishi asosida tovar sotish usulida savdo
maydoni devorlari yoniga yoki o‘rtasiga terib qo‘yilgan hamma tovarlar yoniga
xaridorlar bemalol borib, mustaqil tanlab olib, inventar savatlar yoki aravachalarga
o‘zlari solishlari mumkin, tovarning haqi do‘kondan chiqaverishdagi yagona hisob-
kitob joyida to‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |