2. Arzon narxdagi mahsulotlar strategiyasi. Bu strategiya o‗rta yoki past
sifatli mahsulotlarni arzonroq narxda taklif qiladi. Mazkur strategiya mahsulotning
bahosigagina ahamiyat beruvchi xaridorlar segmenti mavjud bo‗lganda ish beradi.
Shunga qaramay, bu strategiyaga asoslangan firmalar «arzonroq narxdagi
mahsulotlarga» ega bo‗lgan boshqa firmalar bilan raqobat qilishi mumkin. Ular
mahsulot sifatini ma‘lum bir vaqt ichida oshirish orqali o‗zlarini himoya qilishlari
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |