Raqobatdagi narx. Firmaning narx strategiyasini tanlashdagi erkinligi ikki
omilga: sektordagi raqobatchilar soniga bog‗liq bo‗lgan raqobat vaziyati va
xaridorlar tomonidan his qilinadigan tovar qiymatining roliga bog‗liqdir.
Raqobat vaziyati: monopoliya sharoitida firmaning narx musta-qilligi juda
katta bo‗lib, sof raqobatda esa eng kichik bo‗ladi. Oli-gopoliya va monopolistik
raqobat bu ikki vaziyatning oralig‗idan o‗rin oladi.
Tovarning his qilinadigan qiymati: firmaning tashqi raqobatli ustunlikka
erishish maqsadida differensiatsiyaga intilishi bilan belgilanadi. Agar xaridor
differensiatsiya elementini qiymat deb his qilsa, u yuqoriroq narxni to‗lashga ham
tayyor bo‗ladi. Demak, firma narxga nisbatan ma‘lum darajada mustaqillikka eri-
shadi.
21-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |