173
marketing-miksning marketing strategiyasini shakllantiruvchi 5 ta
asosiy muammolifunktsional bloklarini ajratib ko‘rsatish
mumkin.
Mahsulot. Iste‘molga mo‘ljallangan har qanday mahsulot dastavval
iste‘molchilar talabiga to‘lato‘kis javob berishi va muayyan ko‘rsatkichlar bo‘yicha
boshqa ishlab chiqaruvchilar (raqobatchilar) mahsulotidan albatta ustun bo‘lishi
kerak. Bunda eng asosiy mezon bo‘lib mahsulot sifati hisoblanadi. O‘zining
strategik faoliyati asosiga sifat omilini qo‘yadigan firma kelajakda foyda olish
uchun ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Biroq marketolog iste‘molchilarning
umidiga mos tushadigan mahsulotning tashqi ko‘rinishi (dizayn, o‘rami) haqida
unutmasligi kerak. Shu bilan birga tovarning hayotiy davri bosqichlarini xam
hisobga olishi kerak.
Narx. Iste‘molchilarning boyliklar tizimi o‘zgaruvchandir. Shuning uchun narx
va narxlashtarishni amalda boshqarish — yuqori professional yondashuvni talab
qiladigan murakkab jarayondir. Ba‘zi tadqiqotchilar hisoblaydilarki, qiymat bu
ishlab chiqarish hajmiga nisbatan mahsulot sifatidir. Hozir ham ko‘pgina
korxonalarda narx bo‘yicha qarorlar faqat moliyaviy yondashuv doirasida qabul
qilinadi, ya‘ni xarajatlar va rentabellikni hisoblash asosida aniqlanadi. Tovarlar
etarlicha differentsiallanmagan va shu bilan birga raqobatchilar ko‘p bo‘lsa, bu
vaziyatda firmaning bozor ta‘siri sust bo‘lishi mumkin, va odatda, bozordan kelib
chiqadigan narx qabul qilinadi. Firma strategik marketingni qo‘llasa va buning
natijasida bozorda kuchga ega bo‘lib borsa, tabiiyki, bunday holda firma uchun
narxni belgilash jarayoni tanlangan strategiya uchun markaziy ahamiyatga ega
bo‘ladi.
Firma darajasida narx ikkilamchi rol o‘ynashini unutmaslik kerak. Bir tomondan,
u talabni rag‘batlantirish omili bo‘lib hisoblanadi, boshqa tomondan esa bir
vaqtning o‘zida uzoq muddatli rentabellikning asosiy qurolini ifodalaydi.
Siljitish. Talab va taklifning samarali muvofiqligini ta‘minlash uchun bozor
sub‘ektlari o‘rtasida (ayirboshlash jarayoni) asosan firmadan chiqadigan axborot
oqimlari marka yoki firma da‘vo qiladigan o‘rinni bozorga etkazishga
yo‘naltirilishi kerak. Buning uchun siljitishning har xil kanallari ishlatiladi: tijorat
personali, reklama, talabni rag‘batlantirish va jamoatchilik bilan aloqalar. Firma
tomonidan qilingan strategik tanlov samarali tadbiq etilishi uchun samarali siljitish
tizimi bilan qullab-quvvatlangan bo‘lishi kerak, aks holda tijorat muvaffaqiyatiga
erishish ehtimoli kamroq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: