Marketing Bo‟limini Tashkil Etish. Xar qanday kompaniya marketing
strategiyasi va rejalarini amalga oshira oladigan marketing tashkilotini tuzishi shart.
Agarda kompaniya kichkina bo‘lsa, bitta ishchi barcha ishlarni yuritishi mumkin:
sotish; reklama qilish; xaridorga xizmat ko‘rsatish va boshqa marketing ishlari;
kompaniya kengaygani sari, maketing bo‘limi yuzga kelib, rejalar tuzib, marketing
faoliyatini olib borishi mumkin. Katta kompaniyada esa, bu bo‘lim juda ko‘p
mutaxhassislikdan iborat bo‘ladi, mahsulot va bozor menejerlari, sotuvchilar,
bozorni o‘rganuvchilardan tortib reklama mutaxassislarigacha.
Bunday katta maketing tashkilotlarini boshqarishi uchun ko‘pgina
kompaniyalar xozirda yangi ―Bosh marketing boshqaruvchisi‖ BMB mansabini
shakillantirishdi.
Bunday
mansabdagi
shaxs kompaniyaning barcha turidagi
marketing operatsiyalarini olib boradi va
kompaniyaning boshqaruv tizimidagilar
uchun marketingni aks ettiradi. Bu mansab
marketing
bo‘limini
boshqa
―Bosh
mansablar‖ masalan, bosh ish yurituvchi
(BIYU) bosh moliyaviy boshqaruvchilar
kabi mavqega qo‘ydi.Yuqori boshqaruv
tuzilishining
a‘zosi
sifatida,
bosh
marketing boshqaruvchisining vazifasini
―Bosh
xaridorlar
boshqaruvchisi‖
darajasiga ko‘tara oladi.
Zamonaviy marketing bo‘limlari
turlicha
usullarda
qaralishi
mumkin.Marketing tashkilotining asosiy
shakli funksional tashkilotdir. Bu tashkilot ostida funksional mutahasislar
tomonidan -sotuv bo‘limi menejeri, reklama menejeri, marketing izlanish menejeri,
xaridorlar bilan ishlash bo‘limi menejeri, yangi mahsulot menejeri turli xil
marketing faoliyatlari olib boriladi. O‘z mamlakati hududida yoinki xalqaro
miqiyosda mahsulot sotadigan har qanday kompaniya odatda geografik
tashkilotdan foydalanadi. Uning sotiladigan mahsulotlari va sotuvchilari maqsad
qilingan davlat hududlariga yoki tumalarga yo‘naltiriladi. Geografik tashkilotlar o‘z
sotuvchilarini belgilangan hududga kiritib xaridorlarni o‘rganishlariga va qisqa
muddatli va hamyonbop sayohatda ish olib borishlariga imkon beradi. Juda ko‘p
turli xil mahsulot ishlab chiqaradigan kompniyalar odatda mahsulotni boshqarish
tashkilotini yaratadilar. Bu yondashuvdan foydalanib mahsulot ishlab chiqarish
bo‘limi menejerlari mahsulot yoki tovarning to‘liq strategiyasi va marketing
dasturini ishlab chiqib ularni amalga oshiradilar. Turli xildagi talablar va
Marketologlar uzluksiz ravishda tahlil, amalga
oshirish vanazorat faoliyatlarini rejalashtirishlari
kerak.
172
avfzalliklarga ega xaridorlar va xar hil turdagi ko‘pgina bozorlarda bir turdagi
mahsulot bilan savdo qiladigan kompaniya uchun bozor yoki xaridor bilan ishlash
boshqaruvi tashkiloti eng maqul joy bo‘lishi mumkin. Bozor bilan ishlash
boshqaruvi tashkiloti mahsulot ishlab chiqarish boshqaruvi tashkilotiga har
tomonlama o‘xshab ketadi. Bozor bilan ishlovchi menejerlar o‘ziga xos bozorlar va
xaridorlar uchun marketing strategiyalari va rejalarini tuzishga mas‘uldirlar. Bu
tizimning asosiy avfzalligi shundaki bunday kompaniya turli joydagi o‘ziga xos
xaridorlarning talablari yuzasidan tashkil etiladi.Ko‘pgina kompaniyalar yirik
xaridorlar bilan munosabat o‘rnatish uchun maxsus tashkilotlat tuzadilar. Masalan
―P&G‖ va ―Stanley Black & Decker‖ kompaniyalari ―Walmart‖, ―Target‖,
―Safeway‖ yoki ―Home Depot‖ kabi yirik xaridorlar va xizmat qilish uchun katta
jamoalar va hattoki butun boshli bo‘limlarni shakillantirishdi.
Ko‘pgina turli xil geografik va xaridor bozorida ko‘pgina turli hildagi
mahsulotlar bilan savdo qiladigan yirik kompaniyalar odatda funksional geografik
mahsulot va bozor tashkilot shakillarining jamlanmasidan iborat ishchilarni ishga
oladilar.
So‘ngi yillarda marketing tashkiloti o‘ta muhim masalaga aylanib qoldi.
Ko‘pdan ko‘p kompaniyalar o‘zlarining mahsulotlar bilan ishlash boshqaruvining
e‘tiborini xaridorlar bilan ishlash boshqaruvi tomonga yo‘naltiryaptilar, aniqrog‘I,
faqat mahsulot yoki tovarning samaradorligidan xaridorning samaradorligi va
haqqoniylikka o‘tmoqdalar; Ular o‘zlariga tovarning portfoliosini boshqaruvchi
sifatida emas balki xaridorning portfoliosini boshqaruvchi sifatida qarayaptilar.
Tovardan keladigan foyda bilan ishlashdan ko‘ra ular xaridor Tovar sinovlari va
munosabatlari bilan ishlashni avfzal ko‘rayaptilar.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |