Tabiiy muhit
Tabiiy muhit jamiki landshaft (manzara) va atrof-muhitning ifloslanishi quyidagi
holatlarga bog‘liq:
xom ashyoni ratsional ishlatish darajasi;
qayta ishlab chiqarishga imkonsiz tabiiy resurslardan foydalanish miqdori;
butunlay yo‘q bo‘lish oldida turgan hayvonlar soni;
ozon qatlamining kamayishi va natijada «issiqxona taassuroti» vujudga
kelishi.
Yo‘nalishlarning har bir muayyan ko‘rsatkichlari orqali atrof-muhitning u yoki
bu tomonini tasniflash mumkin. Shu bilan birga bular marketing kuchlarining
ta‘sirotiga ham ega.
Umumiy yondoshuv jihatdan tabiiy muhitning o‘zgarishi quyidagi omillar
atrofida ro‘y beradi: xom ashyoning tanqisligi (defitsit), energiyaning
qimmatlashishi, atrof-muhitning ifloslanishi va tabiiy resurslarning davlat
tomonidan muvofiqlashtirilishi.
Marketing nuqtai nazaridan hozirgi sharoitda suv, oziq-ovqat, yog‘och, neft,
ko‘mir hamda ayrim mineral turlarini ishlatishda oqilona yondoshuv qo‘llanishi
katta ahamiyatga ega. Energiyaning qimmatlashishi, avvalo, neft qazish ishlari
bilan bog‘liq. Ma‘lumki, ularning zaxiralari cheklangan va keyingi qazish
jarayonlari -yildan-yilga yirik investitsiyalarni talab etmoqda. Boshqa (alternativ)
energiya turlarini topish borasida muhim izlanish va tadqiqotlar olib borilmoqda.
Gap quyosh, yadro, shamol va boshqa energiya manbalari to‘g‘risida borayotir.
Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda ekologiya qonunchiligi doimo
takomillashtirish va o‘ta talabchanlik tendentsiyasiga ega. Demak, bu sharoitda
atrof-muhitni himoya qiluvchi standartlarga rioya qilgan firmalar muammolarni
echish maqsadida kam kuch va vosita sarflanadigan yo‘l va imkoniyatlarni
amaliyotga jalb etishlari muqarrar.
Tabiiy muhit o‘z ichiga sotuvchilar uchun homshyo bo‘lgan yoki marketing
faoliyati orqali ta‘sir o‘tkazadigan fizik muhit va tabiiy resurslarni o‘z ichiga oladi.
Eng bazik darajada fizik muhitdagi ob-xavo yoki tabiiy xalokatlar kompaniya va
uning startegiyasiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Misol uchun, kutilmaganda qishning
issiq kelishi oqibatida issiq kiyimlardan tortib yuz niqoblari va Kempbell
sovunlarini xaridorlar sovuq kutib oldilar. Aksincha, xavoni issiq kelishi sayoxat va
yugurish oyoq buyumlari, uy bo‘yoqlari va bog‘bonchilik jihozlariga bo‘lgan
talabni ortishiga olib keldi. Shunga o‘xshash, Yaponiyadagi zilzila va tsunami
keltirgan zarar oqibatida Soni va Toyota kabi yapon kompaniyalarini ular
maxsulotiga bo‘lgan jaxon miqiyosidagi talabni qondirilmasligiga olib keldi. Biroq
kompaniyalar bu kabi tabiiy ofatlarni oldini ololmaydilar, ular bu kabi xodisalar
uchun ko‘zda tutilmagan xollar rejasini tuzib qo‘yishlari kerak.
Kengroq miqiyosda oxirgi 30 yilda atrof muhitga bog‘liq bardoshlilik
masalalari barqaror rivojlanib kelmoqda. Dunyoning ko‘pgina shaharlarida havo va
suvning ifloslanishi xavfli darajalariga etib kelgan. Dunyo hamjamiyati global isish
va boshqa xatarlar to‘g‘risida gapirmoqdalar va ko‘p atrof muhitchilar o‘z
chiqindilarimizga ko‘milish xavfi xaqida so‘zlamoqdalar.
163
Sotuvchilar (bozorshunoslar) tabiiy atrof muhit trendlaridan xabardor
bo‘lishlari kerak. Birinchisi xom ashyolar tanqisligi ortib borishini o‘z ichiga oladi.
Xavo va suv tuganmas resurs sifatida qaralsa ham ba‘zilar banga uzoq kelajakdagi
xatar deb qaramaoqdalar. Xavoning ifloslanishi ko‘pgina shaharlarni bo‘g‘ilishiga
olib kelmoqda, suv tanqisligi AQShning va dunyoning bir qancha joylarida yirik
muammoga aylanib bo‘ldi. 2030 yilga borib xar 3 odamdan biridan ko‘pining
ichish uchun suvi etarli bo‘lmaydi. O‘rmon va oziq-ovqat kabi qayta tiklanuvchi
resurslardan ham oqilona foydalanish kerak. Neft, ko‘mir va turli minerallar kabi
qayta tiklanmayligan resurslar katta muammolarni o‘zida aks etmoqda. Shu kabi
tansiq xom-ashyolardan maxsulot chiqaruvchilar narxlar oshishiga duch keladilar,
agarda ular qolsa albatta.
Ikkinchi atrof muhitga oid trend bu oshgan ifloslanish. Sanoat doim tabiiy
muhitga zarar etkazadi. Kimyoviy va yadroviy chiqindilar chiqishini, okeanlardagi
xavfli simob darajasi, tuproqdagi va oziq-ovqat yetkazib berishdagi kimyoviy
ifloslartiruvchilarni, tabiatga tashlanayotgan chirimaydigan shishalar, plastmassa,
va boshqa o‘ramlarni ko‘z oldingizga keltiring.
Uchinchi trend bu tabiiy resurslarni boshqarishdagi xukumatning
aralashuvidir.
Turli
davlatlar
xukumatining
tabiatni
asrashga
turlicha
yondashadilar. Misol uchun Germaniya xukumati atrof muhit sifatini qattiq nazorat
qiladi. Boshqalar, ayniqsa kashshoqroq millatlar, kerakli jamg‘armalar yoki siysiy
xoxish yo‘qligi sababli ifloslanishga kam ahamiyat beradilar. Xatto boy
mamlakatlarda ham butun dunyo tabiatini asrash uchun yirik jamg‘arma va siyosiy
kelishuvlarga ega emas. Endi barcha umid dunyo kompaniyalarining ijtimoiy
javobgarlikka rioya qilishlarida va kamroq xarajat talab qiladigan ifloslanishni
nazorat qiladigan va kamaytiradigan vositalarni topishdadir.
AQShda Atrof muhitni Ko‘riklash Agentligi ifloslanish standartlarini
yaratish va tadbiq qilish hamda ifloslanishga oid izlanishlarni olib borish uchun
1970 yilda tashkil qilingan. Kelajakda, AQShda biznes yuritadigan kompaniyalar
hukumat va bosim guruhlari tomonidan davomiy kuchli nazoratni kutishlari
mumkin. Tartiblarga qarshi chiqish o‘rniga sotuvchilar dunyo duch kelayotgan
material va energiya muammolariga yechim topishga yordam berishlari kerak.
Tabiiy muhit kontsernlari yashil xarakat deb nomlanuvchi gurux tashkil
qilishgan. Bugungi kunda kompaniyalar xukumat tartibotlariga rioya qilmoqdalar.
Ular atrof muhit barqarorligini ta‟minlovchi strategiya va amaliyotlar ishlab
chiqmoqdalar, sayyorani noaniqligiga ko‘maklashuvchi dunyo iqtisodiyotini
yaratishga intilmoqdalar. Muhit barqarorligi kelajak avlod extiyojlarini
qondirishga imkon qoldirgan holda bugunning extiyojini qondirishni anglatadi.
Ko‘p kompaniyalar iste‘molchilar talabiga muhitga javobgar maxsulotlar bilan
javob bermoqdalar. Boshqalar qayta ishlanadigan yoki chiriydigan o‘ramlarni,
qayta ishlangan materiallar va komponentlarni, yaxshiroq ifloslanish nazorati va
energiya-samarali
amaliyotlarni
rivojlantirmoqdalar.
●Misol
uchun
―Timberland‖ning maqsadi faqatgina mustaxkam, yuqori sifatli oyoq buyumlar va
boshqa kiyimlar ishlab chiqarish emas. Bu savdo belgisi egalari o‘z maxsulotlari va
jarayonlarining atrof muhitga salbiy ta‘sirini kamaytirishga intiladilar.
164
―Timberland‖ tabiatga kamroq
zarar
yetkazadigan
jarayonlar
va
maxsulotlarni
rivojlantirishni
maqsad
qilgan, va iste‘molchilarni ham shunga
jalb
qilmoqda.
Misol
uchun,
Kaliforniyadagi
quyosh
energiyasida
ishlovchi taqsimot markazi va Dominik
Respublikasida
shamol
erengiyasida
ishlovchi
fabrikasi
mavjud.
Ular
energiya-samarali
chiroqlardan
foydalanadilar va ishchilariga ishlab
chiarish samaradorligiga o‘qitadilar. Ular
yaxshi maxsulot chiqarish bilan birga
doimiy
ravishda
sayoraga
ta‘sirni
kamaytiruvchi kashfiyotlar izlaydilar va
o‘zlari
ham
yaratadilar.
Uning
Earthkeepres etiklari qayta ishlangan va
organik materialdan ishlangan, va shu
savdo
belgisi
ostida
avtomobil
shinalaridan
qayta
ishlangan
oyoq
buyumlar kollektsiyasini chiqargan. Qayta ishlangan mineral suv shishalaridan esa
mustaxkam xavo o‘tkazuvchi astar va bog‘ichlar ishlab chiqaradilar. Kofe
qoldiqlari esa djeketlar ishlab chiqarishga ketadi. Toksinsiz organik paxtadan
mustaxkam brezent ishlab chiqariladi. Iste‘molchilarni yanada qo‘proq barqaror
qarorlar qabul qilishga undash maqsadida Timberland o‘z mahsulotlariga Yashil
Indeks etiketlarini qo‘yadi. Bu etiketda maxsulotda foydalanilgan kimyoviy
moddalar, ishlatilgan resurslariga ko‘ra ekologiyaga ta‘siri reytingi ko‘rsatilgan
bo‘ladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, Timberland atrof-
muhitga zararni kamaytirishga qaratilgan onlayn ijtimoiy tarmoqda Earthkeepres
kampaniyasini chiqardi.
Bugungi kunda kompaniyalar yaxshi xatti-xarakatlardan ko‘prog‘iga intilmoqdalar.
Ular sog‘lom ekologiya va sog‘lom iyotisodiyot orasidagi bog‘liqlikni ko‘proq va
yanada ko‘proq xis qilmoqdalar. Ular atrof-muhitga javobgarlik xarakatlari ham
yaxshi biznes ekanligini o‘rganishmoqdalar.
6
Texnologik Muhit
Do'stlaringiz bilan baham: |