to‘plash, izlash tizimiga aytiladi. Monitoring ommaviy axborot vositalarini
o‘rganishda eng ko‘p tarqalgan. Ko‘pincha monitoring ob'ekti bo‘lib reklama va,
birinchi navbatda, uning radio va, ayniqsa, televidenie kabi vositalari hisoblanadi.
Quyida batafsil yoritiladigan marketing tadqiqotlari bozor rivojlanishining
raqobatchilarning xatti-harakatlari, shuningdek, iste'molchilar xatti-harakatlarining
sabablari, mahsulotning raqobatbardoshligi, rag‘batlantirish va reklamaning
asosida analitik marketing tizimi yaratiladi. U ma'lumotlar banki va modellar
bankini o‘z ichiga oladi. Prognozlash jarayonlarining tahlilini o‘tkazishda o‘rtacha
miqdorlar, guruhlashlar, trendlar, regression va korrelyatsion usullar, omilli va
klasterli tahlil, qarorlarni qabul qilish nazariyasi usullari, jarayonlarni o‘rganish
usullari, evristik usullar va shu kabi boshqa iqtisodiystatistik va iqtisodiymatematik
Hosil bo‘lish bosqichlariga qarab marketing axborotini quyidagi ikki turga
147
dala (bozor) tadqiqotlari va modellash asosida hozirgina olingan ma'lumotlar
massivi;
2. Ikkilamchi axborot - qachonlardir korxonada tadqiq qilinayotgan aniq
muammo echimi bilan bog‘liq bo‘lmagan qandaydir maqsadlar uchun kimdir
tomonidan to‘plangan ma'lumotlar to‘plami.
Axborotning ikkala turi ham o‘ziga xos afzalliklar va kamchiliklarga ega.
Masalan, ikkilamchi axborot arzonroq tushadi, uni olish va ishlatish oson,
shuningdek, u nisbatan haqqoniydir. Biroq O‘zbekiston sharoitida, aniqrog‘i uning
axborot makonida hozircha malakali marketing ma'lumotlari juda kam, rasmiy, shu
jumladan, qaydnomali va regional statistika esa tarqoq, kamdan-kam holda tizimli
ko‘rinishda berilgan va shuning uchun hamma vaqt ham kuzda tutilayotgan
marketing faoliyatining maqsadlarini aks ettirmaydi. Bunday holatda tadqiqotchilar
oddiga qo‘yiladigan vazifalarning aniq maqsadlariga ko‘ra to‘planadigan, har doim
eng yangi va ishonchli bo‘lgan birlamchi marketing axborotlariga ko‘proq
tayanishga to‘g‘ri keladi.
Axborotni,
ayniqsa,
tashqi
muhit haqidagi
axborotni
izlash va
shakllantirishda kompyuter axborot tarmoqlari muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi vaqtda
ikki turdagi tarmoqlar kanallari mavjud. Internet - 45 mingdan ko‘proq kichik
lokal tarmoqlardan iborat bo‘lgan global kompьyuter tarmog‘idir. U butun er
kurrasi bo‘yicha uzluksiz va markazlashgan axborot almashishga imkon beradi.
Hozirgi vaqtda undan jahonning 150 mamlakatida 56 milliondan ko‘proq kishilar
foydalanadilar. Foydalanuvchilar elektron pochtani yuborishlari, xarid qilishlari,
tadbirkorlik axborotini olishlari mumkin. Tijorat kanallari - ta'sischi
kompaniyalarning abonent to‘lovlari asosida ishlaydigan axborot va marketing
xizmatlaridir. Mijozlarga axborot olish (yangiliklar, kutubxonalar, ma'lumotlar va
boshqalar), xarid qilish, hordiq chiqarish va muloqot qilish (elektron taxtalar,
o‘yinlar, forumlar), elektron pochtadan foydalanish imkoniyatlari beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: