4.Strategiyani tanlash, uni amalga oshirish, amalga
oshirishini baholash hamda nazorat qilish.
Strategiyani amalga oshirish jiddiy jarayon hisoblanadi, chunki aynan u
muvaffaqiyatli bajarish holatida firmani qo‘yilgan maqsadlarga erishishi uchun
imkoniyat yaratadi. Ko‘p holatlarda firmalar o‘zi tanlagan strategiyani amalga
oshira olmaydilar. Bu yoki noto‘g‘ri tahlil o‘tkazilishi va notqg‘ri xulosalar
qilinishi natijasida vujudga keladi, yoki tashqi muhitda ko‘zda tutilgan o‘zgarishlar
sodir bo‘lishi natijasida vujudga keladi. Biroq strategiya bajarilmasligining asosiy
sababi boshqaruvni firma potentsialini strategiyani realizatsiya qilishga etarli
darajada jalb qila olmasligidandir.
Ushbu bosqich qo‘yilgan maqsadlarga qaysi eng samarali usul bilan erishish
mumkin va buning uchun nima qilish zarur degan savolga javob berish imkonini
beradi. Bitta maqsadga turli usullar bilan erishish mumkin bqlganligi uchun
strategiyani tanlash bosqichini kqzlangan manzilga etib borishning marshruti va
harakat vositasini tanlash kabi belgilash mumkin. Buning uchun iqtisodiy
nazariyada strategiyalar xaritasi (tizimi) va strategik harakatning mexanizm
(modellari) rqyxati mavjud.
Strategiyalar tizimi strategik qarorlarni qabul qilishning uch darajasi, bosqichini
qz ichiga oladi:
1) umumiy yoki korporativ. Korporativ strategiya korxona umumiy
rivojlanishining yqnalishini kqrsatadi. Bu bosqichda sub‘ekt iqtisodiy faoliyatining
shakl va turlari majmuasi xaqida qaror qabul qilinadi. Bu erda qushilish, sotib olish
yoki biznesning biron turidan chiqish xaqidagi savollar, masalalar hal qilinadi.
2) ishbilarmon yoki raqobat. Ishbilarmon strategiyalar (biznes rejalarda
ifodalanadi) tanlangan (korporativ bosqichda) tovar bozorida raqobat ustunliklariga
erishish usulini ta‘riflab beradi. Ushbu strategiya alohida tovar va xizmatlarni
raqobat pozitsiyasini yaxshilashga yqnaltiriladi. Bu erda yangi mahsulotlarni ishlab
chiqarish bqyicha istiqbollar kqrib chiqiladi va mavjud istiqbolsiz tovarlardan voz
kechish masalalari kqrib chiqiladi, ma‘lum tovar bozori yoki bozor segmentidagi
ishlab chiqarish, baho reklama, sotish va shu kabi siyosatlar aniqlashtiriladi.
3) Funktsional. Funktsional strategiyalar bqlim va xizmatlar harakatlarini
korxonaning ishlab chiqarish bqlinmalari darajasida aniqlashtiradi. Ishlab chiqarish,
125
marketing, moliya va personal koporativ va ishbilarmon strategiyalarga
erishishning qz usulini rejalashtiradilar. Misol uchun, ishlab chiqarish sohasidagi
funktsional strategiya yaroqsiz mahsulotni ishlab chiqarmaslik, xom ashyo
yqqotishlarini kamaytirish va boshqalardan iborat bqlishi mumkin.
Strategiyani tahlil qilish va tanlash bosqichida bajariluvchi chora-tadbirlarni
umumlashtirgan holda sxematik tarzda kqrsatish va korxona strategiyasini
«realizatsiya qilish» uchun dastlabki ma‘lumotlar sifatida olinishi lozim bqlgan
natijalarni ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |