Tayanch so‟z va iboralar: strategiya, tasavvur, kredo, missiya,
diversifikatsiya.
1.Strategik boshqaruv tushunchasi va mohiyati
Strategik boshqaruv tushunchasi va mohiyatini o‘rganishdan avval strategiya
so‘zining ma‘nosiga tushuncha beramiz. Strategiya grekcha (―strategos‖) so‗zidan
olingan bo‗lib, ―general san‘ati‖ degan ma‘noni bildiradi. Bu atama harbiy sohadan
kirib kelgan. Hammamizga tarixdan ma‘lumki faqatgina generallar g‘alabaga
erishish uchun strategiyalarni to‘zganlar. Masalan puxta o‗ylangan strategiya
Aleksandr Makedonskiy, Amir Temurlarga harbiy yurishlarda qo‗l kelgan.
O‗zbek tilining izohli lug‗atida ham strategiya atamasi:
“yirik harbiy operatsiyalar va umuman urush olib borish sanati‖;
―ijtimoiy-siyosiy kurashga rahbarlik qilish sanati va ilmi‖ ma‘nosida
talqin etilgan.
Harbiy sohada hozir ham bu atama yuqori qo‗mondonlik tomonidan harbiy
jarayon (operatsiya)larni rejalashtirish san‘ati ma‘nosida ishlatiladi.
Istiqbolni aniq bashorat, tasavvur qilish uchun strategiya zarurdir.
Strategiya deganda biz istiqbolni tadqiq qilish, turli senariyalarni tahlil qilish
san‘atini, istiqbolda raqobat kurashida afzallik beruvchi g‗oya ekanligini,
korxonaning umumfaoliyati (fondi, quvvati, harajati, foydasi va hokazo)ni nazorat
qiluvchi keng qamrovli tizim ekanligini tushunamiz.
Strategik menejment nima?
Bir vaqtlar bir xil sanoat sohasida raqobatlashayotgan 2 kompaniya
prezidenti bo‘lgan ekan. Bu ikki president birlashishni muhokama qilish uchun
sayohatga chiqishibdi. Ular o‘rmonga qarab yurishibdi. To‘satdan ular orqa oyoqda
turib olgan, o‘kirayotgan grizli ayig‘iga duch kelishibdi. Birinchi president darhol
ryugzagini yechib, undan oyoq kiyimini olibdi. Ikkinchi president unga shunday
debdi: ―Hoy, sen ayiqdan qochib ketolmaysan‖. Birinchi prezident javob
qaytaribdi: ―Men u ayiqdan qochib ketolmasligim mumkin, lekin aminmanki
sendan o‘zib ketaman‖. Bu hikoya yutuqqa erishish raqobatbardosh ustunlikni
saqlab qolish uchun strategik boshqaruvni izohlaydi.
Strategik menejment biror bir tashkilotning maqsadlariga erishishini
ta‘minlaydigan ko‘p vazifali qarorlarning rejasini to‘zish, ijrosini bajarish va
o‘rganib chiqish ilmi va san‘ati deb ta‘riflanadi. Bu ta‘rif shuni nazarda tutadiki,
strategik menejment tashkiliy muvaffaqiyatga erishish uchun qo‘shma menejment,
marketing, moliya, buxgalteriya, ishlab chiqarish operatsiyalari, tadqiqot,
information tizimlarga e‘tiborini qaratadi. Bu darslikdagi strategik menejment
112
termini strategik rejalashtirish termini bilan sinonim ravishda qo‘llaniladi. Strategik
rejaashtirish termini biznes olamida tez-tez qo‘llaniladi, srategik menejment termini
esa akademiyalarda ishlatiladi.
Uchta yirik amerika avtokompaniyalari ya‘ni, Ford, General motors, va
Chryslerlarning rahbarlari kongress boshliqlaridan moliyaviy yordam so‘rash
uchun aniq strategik rejasiz paydo bo‘lganda ularga kelajak uchun aniq strategik
rejani rivojlantirish uchun kor‘rsatmalar berilib, qaytarib yuborilgan. Austan
Goolsbee, prezident Obamaning eng kuchli iqtisodiy maslahatchilaridan biri,
shunday degan: ―Ishonarli biznes rejasiz moliyaviy yordam so‘rash bu
tentaklikdir.‖ Goolsbee yana shuni ta‘kidlagan: ―Agar 3ta avtokompaniyalar
rahbarlari ko‘prikka muhtoj bo‘lsa, bu ko‘prik biror joyga olib borishi kerak‖.
Bu o‘quv- uslubiy majmua aniq strategik rejani, ya‘ni biror yerga
yetaklaydigan ko‘prikni, qanday rivojlantirish yo‘zasidan ko‘rstamalar beradi. Bu
bo‘lim strategik menejment jarayonining amaliy, qo‘shma modelini tanishtiradi; bu
bo‘lim strategik menejmentning asosiy faoliyatlarini, terminlarini ta‘riflaydi. Bu
bo‘lim shuningdek ―boxed insert‖ tushunchasini tanishtiradi. Boxed insert qanday
qilib
ba‘zi
firmalar
global
iqtisodiy
inqirozda
haqiqatda
yaxshi
raqobatlashayotganligini tekshirish uchun ba‘zi boblarda keltirilgan.
«Strategik boshqaruv» termini yuqori darajadagi boshqaruvni ishlab chiqarish
darajasidagi joriy boshqaruvdan farqini aks ettirish uchun 60-70-yillarda
muomalaga kiritilgan. Operativ boshqaruvdan strategik boshqaruvga o‘tishning
mohiyatini aks ettiruvchi asosiy g‘oya sifatida yuqori rahbariyat diqqat markazini
atrof muhitdagi o‘zgarishlarga muvofiq tarzda va o‘z vaqtida ta‘sir ko‘rsatish uchun
tashqi muhitga o‘tkazish zaruriyati sifatidagi g‘oya bo‘ldi.
Strategik boshqaruv nazariyasining nufuzli ishlab chiqaruvchilari tomonidan
taklif etilgan bir qancha ta‘riflarni ko‘rib chiqaylik. Shendel va Xatten uni
«tashkilotni uning atorfidagi muhit bilan aloqani aniqlash va o‘rnatish jarayoni»
sifatida tushunganlar. Ushbu jarayon tanlangan maqsadlarni amalga oshirish va
resurslarni taqsimlash vositasida atrof muhit bilan kungildagiday o‘zaro
munosabatlar xolatiga erishish xarakatlaridan iborat. Xichchens buyicha «strategik
boshqaruv - bu tashkilotni uning atrof muhiti bilan o‘zaro ta‘sirini boshqarish
vositasida tashkilot vazifalarini amalga oshirish maqsadidagi boshqarish jarayoni:
Pirs va Robinson strategik boshqaruvni «tashkilot maqsadiga erishish uchun ishlab
chiqilgan strategiyalarni shakllantirish va bajarish bo‘yicha qarorlar va harakatlar
to‘plami» sifatida aniqlaydilar. Strategik boshqaruvning u yoki bu aspektlari va
xususiyatlariga ko‘proq e‘tibor beruvchi bir qator ta‘riflar bor.
Demak, strategik boshqaruvni tashkilotning asosi sifatida inson potentsialiga
suyanuvchi, ishlab chiqarish faoliyatini iste‘molchilar talab-lariga yo‘naltiruvchi,
tashkilotda egiluvchan boshqaruv va o‘z vaktida o‘zgarishlarni amalga oshiruvchi
boshqaruv sifatida aniqlash mumkin.
Strategik
boshqaruv
murakkablashib
borayotgan
raqobat
kurashida
muvaffaqiyatga erishishning eng muhim omili bo‘lishiga qaramay tashkilot
harakatlarida strategiyaning yo‘qligini kuzatish mumkin. Strategik bosh-qaruvning
yo‘qligi quyidagi ikki shaklda namoyon bo‘ldi.
Birinchidan, tashkilotlar o‘z faoliyatini atrof muhit umuman o‘zgarmaydi yoki
113
unda katta o‘zgarishlar bo‘lmaydi degan taxmindan kelib chiqqan xolda
rejalashtiradilar. Nostrategik boshqaruvda ham hozirda, ham kelajakda aniq
harakatlar rejasi tuziladi. Nimaki va qachon qilishni o‘z ichiga olgan uzoq muddatli
rejalarni tuzish va dastlabki davrda kelgusi yillar uchun echim izlash, «ko‘p uzoq
yillarga» sotib olish - bularning barchasi nostrategik boshqaruvning belgilaridir.
Uzoq muddatli istiqbolni qurish-boshqaruvning juda muhim tarkibiy kismidir.
Strategik boshqaruv xolatida tashkilot atrof muhit va tashkilot hayotining
sharoitlari o‘zgarishidan kelib chiqqan xolda kelajakda ko‘zda tutish maqsadlarga
erishish uchun har bir hozirgi lahzada u aynan hozirgi paytda nima strategik
boshqaruvda kelajakdan turib hozirgi paytga nazar tashlanadi. Tashkilotga ma‘lum
kelajakni ta‘minlovchi xozirgi davrdagi tashkilot harakatlari aniqlanadi va amalga
oshiriladi. Bunda strategik boshqaruv uchun shu narsa ham xarakterliki, nafaqat
kelajakda korxonaning ko‘zda tutilgan xolati qayd qilinadi, balki shu ham strategik
boshqaruvning eng muhim vazifalaridan xisoblanadi, ko‘zda tutilgan maqsadlarga
erishish imkoniyatini beruvchi atrofdagi o‘zgarishlarga aks ta‘sir ko‘rsatish
qobiliyati ishlab chiqiladi.
Ikkinchidan, nostrategik boshqaruvda xarakat dasturini ishlab chiqish
tashkilotning ichki imkoniyatlari va resurslari tahlilidan boshlanadi. Bunday
yondashuvda tashkilot faqat qanday miqdorda mahsulot ishlab chiqarish va bunda
qancha harakat qilishnigina aniqlashi mumkin. Ishlab chiqarish hajmi va xarajatlar
miqdori firma tomonidan yaratilgan javob bera olmaydi, kanday miqdorda va
narxda mahsulot sotib olinishini bozor aniqlaydi.
Yaqqol afzalliklar bilan bir qatorda strategik boshqaruv undan foydalanish
bo‘yicha kamchilik va cheklovlarga ega va bular ushbu boshqaruv turi boshqa
turlar singari har qanday vazifa va masalalarni hal qilishda xar qanday xolatda
qullashning universalligiga ega emasligini ko‘rsatadi.
Birinchidan, strategik boshqaruv o‘z moxiyatidan kelib chiqqan xolda
kelajakning aniq va batafsil sur‘ati, ifodasini bera olmaydi. Strategik boshqaruvda
shakllanuvchi tashkilotning kelajakdagi istalgan xolati - bu uning ichki va tashqi
xolatining batafsil tasviri emas balki kelajakda korxona qanday xolatda bqlishiga,
bozor va biznesda qanday pozitsiyani egallashga, qaysi ishbilarmonlik guruhlariga
kirishiga va h.k. sifatli istakdir. Bularning barchasini majmui kelajakda raqobat
kurashida tashkilot yutib chiqadimi yoki yo‘qmi? Shuni aniqlab berish lozim.
Ikkinchidan, strategik boshqaruv protsedura va chizmalar yig‘indisidan iborat
bo‘lishi mumkin emas. Unda ma‘lum masalalarni hal qilishda yoki aniq
vaziyatlarda nima va qanday qilish lozimligini ko‘rsatuvchi nazariya yo‘q.
Strategik boshqaruv - bu ko‘proq biznes va menejmentning ma‘lum falsafasi yoki
mafkurasidir. Har bir menejer tomonidan u ma‘lum ma‘noda o‘zgacha tushuniladi
va amalga oshiriladi. Albatta, muammolarni tahlil qilish va strategiyani tanlash,
shuningdek strategik rejalashtirishni amalga oshirish va strategiyaning amaliy
realiza-tsiyasining bir qator tavsiyalari, qoidalari va mantiqiy chizmalari mavjud.
Lekin umuman olganda, strategik boshqaruv-bu strategik maqsadlarga tashkilotni
etkazish-da yuqori raxbariyat intuitsiyasi va san‘atining simbiozi, xizmatchilarning
yuqori malakasi va ijodi va nixoyat, barcha xodimlarning tashkilot vazi-falarini
amalga oshirishga, maqsadlariga erishishning eng yaxshi yo‘llarini izlashga aktiv
114
kirishishidir.
Uchinchidan, tashkilotda strategik boshqaruv jarayonining amalga oshi-rilishi
boshlanishi uchun vaqt va resurslarni katta xarajati talab qilinadi. Strategik
rejalashtirishni yaratish va amalga oshirish zarur. Shu-ningdek, atrofni kuzatuvchi
va tashkilotni muhitga kirituvchi xizmatlarni yaratish zarur. Marketing, jamoa
munosabatlari bo‘yicha xizmatlar va h.k. katta ahamiyatga ega bo‘ladi va katta
miqdorda qo‘shimcha xarajatlarni talab qiladi.
To‘rtinchidan, strategik oldindan ko‘ra bilish xatolarining salbiy oqibatlari
keskin kuchayadi. Qisqa muddatda umuman yangi mahsulotlar yaratilganda, qiqsa
davrda qo‘yilmalarning yo‘nalishi keskin o‘zgarganda, kutilmaganda biznes uchun
yangi imkoniyatlar vujudga kelganda va uzoq yil-lar davomida mavjud bo‘lgan
imkoniyatlar ko‘z oldidan yo‘qolganda, noto‘g‘ri oldindan ko‘ra bilish va strategik
tanlovning xatoliklari uchun haq ko‘-pincha tashkilotga qimmatga tushadi.
Ayniqsa, faoliyat yuritishning noal-ternativ yo‘lini prognoz oqibatlari yomon
bo‘ladi.
Beshinchidan, strategik boshqaruvni amalga oshirishda asosiy e‘tibor strategik
rejalashtirishga beriladi. Aslida esa strategik boshqaruvning asosiy tarkibiy qismi
bo‘lib strategik rejani amalga oshirish hisob-lanadi.bu birinchi navbatda
strategiyani realizatsiya qilish imkoniyatini beruvchi tashkiliy madaniyatni yaratish,
mativlashtirish va mehnatni tashkil etish tizimlarini yaratish, tashkilotda ma‘lum
egiluvchanlikni yaratishni va h.k.ni ko‘zda tutadi. Bunda strategik boshqaruvda
bajarish jarayoni rejalashtirishga aktiv teskari ta‘sir ko‘rsatadi, bu esa bajarish
bosqi-chining ahamiyatini yanada oshiradi. Shuning uchun agar tashkilotda
strategik rejalashtirish podsistemasi yaratilgan bo‘lsa va shu bilan birga strategik
bajarish podsistemasini yaratish uchun imkoniyatlar bo‘lmasa, u strategik
boshqaruvga o‘ta olmaydi.
Strategiya
umumiy
tarzda
firmaning
mavqeini
mustahkamlash,
iste‘molchilarning talablarini qondirish va qo‘yilgan maqsadlarga
erishishga
qaratilgan boshqarish rejasi sanaladi. Aniq strategiyani tanlash rivoj-lanishning
mumkin bo‘lgan turli yo‘llari va usullari ichidan eng maqbulini tanlab olish
demakdir.
Firmani boshqarish rejasi o‘z ichiga quyidagi asosiy funktsiya va bo‘linmalarni
oladi: ta‘minot, ishlab chiqarish, moliya, marketing, xodimlar, ilmiy tadqiqotlar va
ishlanmalar. Strategii tanlash bu biznes echimlari va raqobatga bardoshlilik
harakatlarini yagona tizimga bolashni anglatadi.
Strategiyani ishlab chiqish menejerlarning asosiy funktsiyala-ridan
biridir. Ba‘zi menejerlar kuchli strategiya ishlab chiqadilar, biroq uni hayotga tadbiq
eta olmaydilar. Boshqa menejerlar o‘rtacha strategiya ishlab chiqadilar va uni
mohirona amalga oshiradilar ham. Strategiya qanchalik yaxshi o‘ylangan va mohirona
amalga oshirilgan bo‘lsa, kompaniyaning mavqei shunchalik kuchayadi. Boshqarish
yaxshi tashkil ztilgan kompaniyalar ham kutil-magan noxush vaziyatlarga duch
keladi Pirovard natijada yaxshi strategiya bozorda kuchli mavqeni egallash, kutilmagan
holatlar, kuchli raqobat va ichki muammolarga qaramay, muvaffaqiyatli ishlashga
zamin yaratadi.
«Menejment asoslari» kursidan birinchi malumki, menejerning vazifasi
115
quyidagilarni aniqlashdan iborat:
-biz qaerdamiz?
-qayoqqa ketyapmiz?
-faoliyatimizning maqsadi nimadan iborat?
-maqsadga erishish yo‘llari qanaqa?
-optimal yo‘lni tanlash mezonlari nimalardan iborat?
-pirovard natija qanday bo‘lishi kerak?
Bu savollariga javob topish kelgusi boshqaruv tsikllarida foydalanish,
maqsad va natijalarni aniqlash uchun o‘ta muhim.
Strategik menejment kompaniyaning uzoq muddatli maqsadlar va faoliyatiga
ta‘alluqli. Aytish mumkinki, strategiyani (harakatlar tarzini) va uning aniq
vositalarini ifodalash boshqaruv negizini tashkil qiladi va kompaniyada menejmentni
yaxshi yo‘lga qo‘yilganligini ko‘rsatuvchi eng to‘g‘ri belgi bo‘lib xizmat qiladi.
Strategik menejmentning mazmuni quyidagilardan iborat:
- firma biznesining yo‘nalish va asosiy maqsadlyarini belgilab olish;
- firmaning tashqi muhitini tahlil qilish;
- undagi ichki vaziyatni tahlil qilish;
- firma yoki xo‘jalikning o‘rta bo‘g‘inlarida strategiyani tanlash va ishlab
chiqish;
- diversiyalangan firma portfelini tahlil qilish;
- uning tashkiliy tuzilmasini loyihalash;
- integratsiya darajasini va boshqaruv tizimini tanlash;
- «strategiya - tuzilma - nazorat» majmuasini boshqarish,
- firma faoliyatining ba‘zi sohalardagi siyosati va uning fe‘l-atvor me‘yorlarini
belgilash;
- kompaniya strategiya va natijalarining teskari aloqasini taminlash;
116
Do'stlaringiz bilan baham: |