Toshkent moliya instituti "menejmet" kafedrasi "menejment"



Download 8,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/750
Sana31.12.2021
Hajmi8,39 Mb.
#235710
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   750
Bog'liq
Menejment barcha fak. UMK 2020

6.  Javobni  uzatish.  Shakllantirilgan  javob  tanlab  olingan  kanal  orqali 

axborotni uzatganga qaytib uzatiladi va shu bilan kommunikatsion jarayon tugaydi. 

Hozirgi  paytda  eng  muhim  kommunikatsiya  vositasi  sifatida  kompyuterlar  xizmat 

ko‘rsatmoqda.  Ular  yordamida  axborot  to‘planadi,  dasturlar  tuziladi,  ma'lumotlar 

banki  hosil  qilinadi.  Kompyuterlar  nafaqat  ishlab  chiqarishni  boshqarish  uchun, 

balki iqtisodiyotning barcha jabhalari uchun o‘ta zarur.    

 

5. Axborot almashuv jarayonidagi muammolar. 

Shuni  qayd  qilish  lozimki,  shaxslararo  axborot  almashuv  jarayonida  ayrim 

muammolar tug‘ilishi mumkin. Shunday muammolar turkumiga quyidagilarni qayd 

qilish mumkin: 

  Idrok qilishdagi ruhiy farq. 



 

Ma'naviy (semantik) to‘siq. 



  Noverbal imo-ishoralar. 

  Filtrlash. 



 

Aloqa kanallarining haddan tashqari ko‘payib ketishi. 



  Nomaqbul tashkiliy struktura (tarkib). 




108 

 

Kishilar  bir  xil  ma'lumotni  o‘zlarining  bilim  darajalari,  hayotiy  tajribalari, 



hissiy  tuyg‘ularining  turlichaligidan  o‘zlaricha  turlicha  talqin  qiladilar  va  qabul 

qiladilar. Bu o‘rinda rahbar bilan bo‘ysinuvchi o‘rtasidagi munosabat ham muhim 

rol  o‘ynaydi.  Bir-biriga  ishonch  va    o‘zaro  bir-birini  anglash  bor  joyda  axborot 

ko‘lami kengayadi, ularning aniqligi oshadi, javobgarlik ham bir xilda bo‘ladi. 

Ma'naviy  semantik  to‘siq  uzatilayotgan  axborotni  kodlashtirishda 

qo‘llanilgan  belgi  (simvol)larning  axborotni  qabul  qiluvchilar  didlariga  (ularning 

lavozimlari,  mavqelari,  mintalitet,  milliy  urf-odatlar  nuqtai  nazaridan)  mos 

tushmaganligada namoyon bo‘ladi. 

Simvol, (belgi)lardan tashqari axborotlar bilan almashuv chog‘ida noverbal, 

ya'ni  og‘zaki  yoki  so‘zda  emas,  balki  imo-ishoralar,  masalan,  chehra,  savlat, 

vajohat,  tovushning  o‘zgarib  turishi  kabilar  ham  bajaruvchiga  aytiladigan  so‘z 

mohiyatini  tubdan  o‘zgartirilgan  holda  etkazilishiga  sabab  bo‘lishi  mumkin. 

Ruhshunoslarning fikricha, so‘z bilan aytiladigan axborotni 90% igacha qisma so‘z 

oraqi emas, balki noverbal yo‘l bilan qabul qilinar ekan.  



Filtrlash  -  axborotni  iste'molchiga  tez  etib  borishi  jarayonida  uni 

ixchamlashtirish, 

noxush 

"ma'lumotlar"dan 

tozalash 

maqsadida 

axborot 

soddalashtiriladi, qayta ishlanadi, tegishli jamlar chiqariladi. Bundan tashqari quyi 

bo‘g‘indagi  rahbarlar,  o‘zlari  xohlamagan,  ammo  yuqori  bo‘g‘indagi  rahbarlar 

bo‘lishi  shart.  Bo‘lmagan  axborotlarni  yubormaydilar.  Shu  tariqa  axborotlar 

filtrlanadi.  

Aloqa kapitallarining haddan tashqari ko‘payib ketishi ham kommunikatsion 

jarayonga  salbiy  ta'sir  ko‘rsatadi.  Bunday  muammo  axborotlarni  qayta  ishlash  va 

ularni  uzatish  vositalarining  etishmovchiligi  yoki  ularning  nomukammalligi 

oqibatida sodir bo‘ladi.  

Nomaqul  tashkiliy  struktura  ham  kommunikatsion  jarayonda  muammo 

tug‘diruvchi  omillardan  biri  hisoblanadi.  Qanchalik  boshqaruv  bo‘g‘inlari  ko‘p 

bo‘lib,  funktsiyalar,  vazifalar  va  vakolatlar  bir-birini  ko‘p  takrorlasa,  shunchalik 

axborotning  manziliga  etib  borishi  sekinlashadi.  Natijada  shu  davr  ichida  har  bir 

bo‘g‘inda o‘ziga maqbul bo‘lgan "tuzatishlar" kiritiladi. Bu jarayonda bo‘limlar va 

bo‘g‘inlarda sodir bo‘ladigan ixtiloflar, axborotlar almashuviga va qarorlarni qabul 

qilishga jiddiy to‘siqlarni yaratadi.   

Axborotni  uzatish  va  qabul  qilish  ko‘p  jihatdan  samarali  quloq  solish 

san'atiga  ega  bo‘lish  darajasiga  bog‘liq.  Amerikalik  olim  professor  Kit  Devis 

samarali  quloq  solish  san'atining  10  ta  qoidasini  keltiradi.  Qoidalarni  navbatma-

navbat  o‘qib,  bir  zum  o‘zingizni  holi  tuting.  Yuzma-yuz  gaplashayotgan  aniq 

kishini  ko‘z  oldingizga  keltiring  va  ushbu  qoidalarga  nechog‘liq  rioya 

qilganingizga baho bering (16-jadval).  




Download 8,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   750




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish