1 - vaziyat
Tavsiflar asosida odamning mijozini aniqlang. "V" qobiliyatli muhandis-
iqtisodchi. Ko‘pchilik uni juda qiziqqon va besaramjon deb hisoblaydi. "V" o‘ziga
qaratilgan har qanday tanqidga chiday olmaydi, o‘zini tuta olmaydi va
tajovvuzkordek qaraydi. O‘zining kamchiligini ko‘rsatishga jazm qilgan kishi bilan
xohlagan paytda urishib ketishi mumkin. Bunday xulqni "V" har doim unga qarshi
zarba bera olmaydigan kishiga qo‘llashi kuzatilgan. Shu bilan bir vaqtda u bilan
tortisha oladigan va uni o‘z o‘rniga qo‘ya oladiganlar, shuningdek, u nimadan
bo‘lsa ham tobe‘ bo‘lganlar va uning shaxsiy xotirjamligi bilan bog‘liq bo‘lganlar
"V" bosiq, g‘amxo‘r, vazmin munosabat bildiradi. Shu bilan birga "V" juda
ishchan, yangi ishga tez ko‘nikuvchan, kam charchaydi va mashhurlik axtaradi.
1. Flegmatik.
2. Xolerik.
3. Sangvinnik.
4. Melanxolik.
297
Do'stlaringiz bilan baham: |