iste‘molchi sari harakatida ularga bo‘lgan mulk egasi huquqini o‘ziga oladigan yoki
Kommunikativ
230
boshqaga berishga yordam ko‘rsatadigan firmalar yoxud ayrim shaxslar majmuidan
iboratdir.
Sotish kanallarini nazorat qilish va bu kanaldagi o‘z maqsadinigina
o‘ylaydigan(belgilaydigan) uning ayrim a‘zolari o‘rtasidagi mojarolarning oldini
olish uchun keyingi paytda vertikal marketing tizimi (VMT) paydo bo‘ldi. VMT bir
yoki bir necha vositachi va ular bilan hamjihat, yagona tizim tarzida ishlaydigan
ishlab chiqaruvchidan tashkil topadi. Bunday holdakanal a‘zolaridan biri qolgan
boshqa sheriklariga egalik qiladi yoki ularga savdo imtiyozlari beradi, yoxud
ularning hamkorligini ta‘minlaydigan ustunlikka ega bo‘ladi.
Shartnoma asosida VMT shartnoma munosabatlari bilan bog‘langan
mustaqil firmalardan iboratdir.
Shartnoma asosidagi VMT uch tipdan iborat:
1. Ulgurji rahbarlik qiladigan chakana sotuvchilarning ko‘ngilli birlashmalari
2. Chakana sotuvchilar shirkati
3. Shartnoma asosida VMTning uch axborotli imtiyoz huquqiga ega bo‘lgan
tashkiloti.
Ishlab chiqarish jarayonida mahsulotning yuk sifatida iste‘molchiga yetib
kelishigacha - tashish, saqlash va qo‘shimcha (qadoqlash, o‘rash, tamg‘alash kabi)
ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon tovar harakati deyiladi. Uni tashkil
etishda firmaning asosiy maqsadi, birinchidan, mahsulotni tezda, yaqin masofa
orqali va samarali usul bilan o‘z xaridoriga yetkazish, ikkinchidan, tovarning
xaridori bilan uchrashishga eng qulay sharoit yaratishdan iborat bo‘lishi shart‖.
Tovar harakatini rejalashtirishda korxona tanlagan tovar sotish uslublariga
asoslaniladi. Ular quyidagi uch uslubdan biri bo‘lishi mumkin:
- tovar
ishlab
chiqaruvchi
vositachilarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zining
iste‘molchisi bilan bog‘lanishi;
- tovarlarni mustaqil vositachi(firmalar) orqali sotish;
- aralash usul, ishlab chiqaruvchi firma va vositachi savdo tashkiloti
sarmoyalari qatnashishi orqali.
Firma tovar harakatini ―Marketing miks‖ jarayonida rejalashtirishda
quyidagilarga ahamiyat beradi:
- sotish siyosatini tovar harakatiga bog‘langan holda aniqlash;
- tovar harakati usullaridan va turlaridan barcha tovarlar va bozor
segmentlariga mosini tanlash;
- tovar harakati bo‘g‘inlari va umumiy masofani topish;
- tovar harakati zanjirida qatnashuvchilar - mustaqil vositachilarni aniqlash;
- tovar harakati rahbarlik tizimini yaratish;
- tovar harakatini tashkil etuvchi bosh bo‘g‘inni topish;
- tovar harakati turlaridan eng samaralisini tanlashda turli xilini bog‘lab bir -
birini to‘ldirishni ko‘zda tutish.
Diler - mustaqil kichik vositachi tadbirkor bo‘lib, oldi-sotdi ishlarini bajaradi
va moddiy javobgarlikka ega.Vositachi hamkorlarni tanlash hamma tovar ishlab
chiqaruvchilar uchun muhim davr hisoblanadi. Eng avvalo shunga ahamiyat berish
kerakki, tanlab olinayotgan vositachi bir vaqtning o‘zida bozordagi sizning
firmangizning raqobatchisi bo‘lmasligi kerak. Umumiy holatda vositachi firmalar
231
ichidan sizning tovaringizni sotish bo‘yicha ixtisoslashganini tanlash zarur. Yana
vositachi firmaning bozordagi obro‘- e‘tibori, mavqei, moliyaviy ahvoli qanday va
qaysi bank bilan ishlaydi kabi savollarga javob olishi kerak. Uning asosiy belgilari:
savdo shaxobchalarining moddiy texnikasi, joylashishi, sotuvchi xodimlarning
malakasi va boshqalar. Oldin sinash uchun biror yilga shartnoma tuziladi va
vositachi savdo firma vakili, rahbari – menejeri, vositachini shaxsan o‘rganadi va
uning shaxobchalarini o‘rganadi. Vositachilar iloji boricha ko‘proq tanlanadi va
ularning marketing - bozor dasturlariga ahamiyat beriladi.
Hozirgi sharoitda vositachilar bajaradigan vazifalar va ko‘rsatadigan xizmat
turlari g‘oyat ko‘p. Ular quyidagilardan iborat:
sotishni tashkil etish ishlarini bajarish - kontragentlarni izlash, sotuvchi
nomidan xaridni rasmiylashtirish, tovar haqi uchun pul to‘lanishini xaridor
nomidan kafolatlash, reklama kompaniyalarini o‘tkazish va bozorni tadqiq qilish;
transport - tashish ishlari, yukni sug‘urtalashni amalga oshirish, savdo
harakatlarini moliyalash;
texnikaviy xizmat, sotishdan keyingi texnikaviy xizmat ko‘rsatish,bozor
to‘g‘risidagi axborot to‘plash va uni taqdim etish.
Savdo vositachilaridan foydalanishning muhim afzalliklari
Sanoat firmasi mahsulot eksporti bilan shug‘ullanganda importyor mamlakat
hududida savdo shaxobchalarini tashkil etish xarajatlarini tejaydi, chunki vositachi
firmalar odatda o‘zmoddiy-texnika bazalariga omborxonalar, namoyish zallari,
ta‘mirlash ustaxonalari va boshqalarga ega bo‘ladi.Yana bir afzallik shundan
iboratki, eksport qilinganda vositachilar ishlab chiqaruvchilarni tovar harakati,
tovarni sotish bilan bog‘liq mahsulotni yetkazib berish, saralash, joylash, turli
xillarga ajratish, bozorga moslashish va boshqalardan ozod qiladi.
Uchinchi bir afzallik - qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit asosida
bitimlarni
moliyalashda
vositachi
kapitalidan
foydalaniladi.
Bu
holda
vositachilarning banklar, transport hamda sug‘urta kompaniyalari bilan aloqasi
barqaror.
Do'stlaringiz bilan baham: