Toshkent moliya instituti Magistratura bo’limi “Ekonometrika” mutaxassisligi talabasi Soliyev Farrux Elmurod og’lining “O’zbekistonda aholi turmush darajasini rivojlanish tendensiyani ekonometrik tadqiq qilish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi
ANNOTATSIYASI
Mavzuning dolzarbligi. Bozor munosabatlarining asosiy tamoyillaridan biri – respublika aholisini kuchli ijtimoiy himoyalash sanaladi. Ijtimoiy yo’naltirilhan bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlanish bosqichida ham inson manfaatlarini ustuvorligini ta’minlash hayotiy zaruriyatdir. Respublikamizdagi islohotlarning zamirida inson manfaatlari yotadi va bu islohotlar xalqimizning hayot darajasi va sifatini yuksaltirish maqsadidadir.
Ijtimoiy islohotlarning hozirgi boshqichida aholi turmush darajasini statistik ma’lumotlar asosida iqtisodiy-matematik tahlil qilish, aholi tushmush darajasi ko`rsatkichlarini statistik usullarda o’rganish, bu ko`rsatkichlarga ta’sir etuvchi omillarni statistik parametrlar orqali baholash, uy xo’jaliklarining iqtisodiyotda qatnashish darajasini ekonometrik tahlil etish dolzarb masala hisoblanmoqda.
Shu bilan birga bugungi kunda respulikamizda aholi turshmush darajasini ekonometrik tadqiq etish masalasi dolzarb sanalib, bu masala na nazariy, na uslubiy jihatlardan hali yaxshi o`rganilmagan. Shularni e’tiborga olgan holda tanlangan mavzu dolzarb hisoblanadi va ushbu mavzuni tanlab olishga sabab bo’ldi.
Magisrlik dissertatsiya ishining maqsadi. Tadqiqotning maqsadi aholi turmush darajasini baholovchi ko`rsatkicklarni tahlil qilish asosida nazariy va amaliy tadqiqot tahlili natijalariga asoslangan xulosa va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
aholi turmush darajasi ko’rsatkichlarining nazariy asoslarini ilmiy o`rganish;
aholi turmush dajasini ifodalovchi daromadlar tarkibi va ularning shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillarni statistik baholash va tahlil qilish;
aholi tushmush darajasi ko`rsatkichlarini statistic kuzatish;
olingan ma’lumotlar asosida ekonometrik tahlil qilish va modellashrish;
o`zbekistonda aholi tushmush darajasini oshirishning ekonometrik uslublarini takomillashtirish.
Tadqiqot obyekti. O’zbekiston Respublikasi aholisining turmush darajasini baholovchi ko’rsatkichlari holati hisoblanadi.
Tadqiqot predmeti. Aholi turmush darajasini baholovchi ko`rsatkichlarini ekonometrik tahlil qilish.
Tadqiqot usullari. Ish jarayonida ilmiy tahlilning umumiy uslublari, shuningdek, maxsus statistic uslublar: tanlanma kuzatish, ekspert baholash, anketa orqali tekshirish, statistic guruhlash, iqtisodiy indekslar, dinamika qatorlari, korrelatsion-regression tahlil va boshqa usullardan keng foydalanildi.
Ilmiy yangiliklari. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O’zbekiston respublikasi aholisining tushmush darajasini oshirishga ta’sir qiluvchi omillar va ularni statistik baholash bo’yicha ilmiy-nzariy tavsiyalar va amaliy takliflar ishlab chiqilganligi bilan ifodalanadi. Ishning ilmiy yangilikka molik natijalari quyidagilardan iborat:
respublikamizda aholi turmush darajasi shakllanish jarayonlari ilmiy tadqiq etilgan;
aholi turmush darajasiga ta’sir etuvchi omillar va ularning manbalari yuzasidan ilmiy tavsiyalar berilgan;
aholi daromadlari statistik usullarda tahlil etilib, ilmiy xulosalar chiqarilgan;
olingan ma’lumotlarni ekonometrik tahlil etilib, munosabatlar modellashtirilgan;
Ilmiy va nazariy takliflar ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Dissertatsiya ishida aholi turmush darajasini statistic usullarda o’rganish ba baholash bo’yicha ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy tavsiyalar va amaliy takliflardan O’zbekiston Respublikasi Davlar Statistika qo’mitasi va uning viloyat, shahar boshqarmalarida ijtimoiy sohalar, uy xo’jaligi byudjetini statistik o’rganish bo’limlarida, ilmiy tadqiqot institutlarida hamda oliy o’quv yurtlarida o’quv dasturlari va o’quv adabiyotlarini ishlab chiqishda foydalanish mumkin.
Dissertatsiya ishining tuzulishi. Dissertatsiya tarkibi kirish, 3 ta bob, xulosa, va takliflardam, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |