Axborot tizimining yaratilishi quyidagi hossalar bilan xarakterlanadi:
- har qanday axborot tizimi, tizimni tashkil etishning umumiy prinsipi asosida tahlil qilinadi va boshqariladi;
- axborot tizimi dinamik ko‘rinishga ega bo‘lib, rivojlanuvchi tizim hisoblanadi;
- axborot tizimining mahsuloti ham axborot hisoblanadi;
- axborot tizimini odam-kompyuter tizimi ko‘rinishida tasavvur qilish lozim.
Axborot tizimlarini hayotda qo‘llab ishonchli, sifatli va aniq natijalarni olish mumkin. Buni quyidagilarda tavsiflash mumkin:
- matematik metod va intellektual tizimlarni qo‘llab, boshqarishning optimal variantlarini olish;
- tizimni avtomatlashtirish natijasida ishchilarning vazifalarini yengillashtirish;
- eng to‘g‘ri axborotga ega bo‘lish;
- axborotlarni qog‘ozda emas‚ balki magnit yoki optik disklarda saqlash;
- mahsulot ishlab chiqarish sarf-xarajatlarini kamaytirish;
- foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |