Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliyaviy tahlil


Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy va asosiy bo‘lmagan faoliyatidan olingan daromadlari tahlili



Download 6,69 Mb.
bet210/314
Sana18.01.2022
Hajmi6,69 Mb.
#391661
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   314
Bog'liq
Moliyaviy tahlil kitob

9.4. Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy va asosiy bo‘lmagan faoliyatidan olingan daromadlari tahlili

Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyati turi keng qo‘llaniladigan va ahamiyatli ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Korxonalarga soliq solish tartiblari, ularning stavkalari, qator imtiyozlar va periferensiyalar ushbu faoliyat turidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Amaldagi me’yoriy huquqiy hujjatlar talabiga muvofiq asosiy faoliyat turini belgilash tartiblariga quyidagicha amal qilinadi:

- Agar asosiy faoliyat turini belgilashda olingan tushumning yoki qo‘shilgan qiymat solig‘i summasining salmog‘iga bosh omil sifatida qaraladi. Eng yuqori tushum olib kelgan, yoki eng yuqori qo‘shilgan qiymat solig‘ini aniqlangan faoliyat turi deb belgilanadi.

- Statistika organlari korxonalarning asosiy faoliyat turini belgilashda ular tomonidan topshiriladigan statistik hisobot manbalariga tayanadilar. Bunda ham asosiy faoliyat turi statistika organi tomonidan korxona ishtirokisiz, mustaqil, sotishdan olingan sof tushum hajmiga qarab belgilanadi.

Ba’zi hollarda bir yilda bir marta, boshqalarida esa uni har chorakda belgilash talab etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksida asosiy va birgalikdagi faoliyat turlariga quyidagicha ta’rif beriladi:

Asosiy faoliyat turi — yuridik shaxsning hisobot davri yakunlari bo‘yicha umumiy realizatsiya qilish hajmidagi sof tushum ulushi ustunlik qiladigan faoliyatdir.

Birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot — birgalikdagi faoliyat natijasi bo‘lgan tovar (ish va xizmat)lardir.56

Asosiy faoliyatdan olingan daromadlar tahlilida joriy davrda mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan sof tushumning hajmi, sotilgan mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish tannarxi, davr xarajatlari, operatsion daromadlar va xarajatlarning tahlili amaldagi “Mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablari bo‘yicha amalga oshiriladi. Shu sababli yuqoridagi tarkibdan bir muncha farq qiladi.

Asosiy faoliyatning moliyaviy natijasini aniqlashda asosiy va asosiy bo‘lmagan faoliyat turlarini tarkiblash bir mazmunda qaralmaydi. Asosiy faoliyat sifatida mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan eng yuqori tushumga ega qator tarkiblansa, qolgan barcha sotishlar asosiy bo‘lmagan faoliyat sifatida tarkiblanadi. Lekin ularning barchasi moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda asosiy faoliyat natijasi (hisobotning 100-satri) sifatida qayd etiladi.

Asosiy faoliyatning moliyaviy natijasi mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishning yalpi foydasi (zarari) (moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning 030-satr), davr xarajatlari (040-satr), asosiy faoliyatning boshqa daromadlari (090-satr)dan iborat bo‘ladi.

Demak, xulosa qilishimiz mumkinki, asosiy faoliyat korxona faoliyatining (ishlab chiqarish, savdo, umumiy ovqatlanish, ijara va h.k.) xususiyatlaridan kelib chiqqan holda faoliyatlar, soliqqa tortish, imtiyoz va periferensiyalardan kelib chiqib belgilanishi mumkin.

Tushumni tan olishda realizatsiya qilishning mazmunini ham aniq tushunib olish lozim.



Realizatsiya qilish deganda — sotish, ayirboshlash, beg‘araz berish maqsadida tovarlarni jo‘natish (topshirish), ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek, garovga qo‘yilgan tovarlarga bo‘lgan mulk huquqini garovga qo‘yuvchi tomonidan garovga oluvchiga topshirish nazarda tutiladi. Hisobvaraq-fakturalar, ishlar bajarilganligi yoki xizmatlar ko‘rsatilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomalar, tovarlar jo‘natilganligini (topshirilganligini), ishlar bajarilganligini, xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi kvitansiyalar, cheklar va boshqa hujjatlar realizatsiya qilganlikni tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi57.

Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish