Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliyaviy tahlil


Moliyaviy tahlilni muammoli jihatlari (davriy oraliqdagi qiyosiylik, turli korxonalar o‘rtasidagi qiyosiylik, axborot operativligi muammolari)



Download 6,69 Mb.
bet75/314
Sana18.01.2022
Hajmi6,69 Mb.
#391661
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   314
Bog'liq
Moliyaviy tahlil kitob

2.8. Moliyaviy tahlilni muammoli jihatlari (davriy oraliqdagi qiyosiylik, turli korxonalar o‘rtasidagi qiyosiylik, axborot operativligi muammolari)

Moliyaviy tahlil yuzasidan mahalliy va xorijiy mualliflar tomonidan chop etilgan adabiyotlar soni shu darajada ko‘pki‚ ularni o‘rganish asosida bitta xulosaga kelish mumkin, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyat samaradorligi va uning natijaviyligini baholash doimo keng qiziquvchilar (menejerlar, mulk egalari va kontragentlar) e’tiboridagi muhim masalalardan biri bo‘lgan. Moliyaviy holat va undagi o‘zgarishlarni tahlil etish orqali nafaqat bo‘lib o‘tgan jarayonlarning samaradorligi va natijaviyligiga balki ularning kelgusidagi kutilishlari ham bashorat qilinadi19. Bu esa raqobatdosh iqtisodiyot sharoitida yanada muhim ahamiyat kasb etadi.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy holati va undagi o‘zgarishlarni baholash, tahlil etishda O‘zbekiston va xorij amaliyotining o‘xshash jihatlari juda ko‘p. Chunki global iqtisodiyot barcha davlatlarning hisob, audit va tahlil tizimida ham yagonalashuvni talab etadi. Xuddi shu sababli ham buxgalteriya hisobi va auditning, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari ishlab chiqilgan va amal etilmoqda. Ya’ni, xalqaro iqtisodiy aloqalarning yagona “biznes tili” rasmiy jihatdan shakllangan. Shu sababli ham, bozor iqtisodiyoti qonun qoidalari asosida rivojlanuvchi barcha davlatlarda moliyaviy holat va undagi o‘zgarishlarni tahlil etish tashkiliy, uslubiy jihatdan farq qilsa ham mazmun jihatdan bir xilda yuritiladi.

Moliyaviy holat tahlilining asosiy farqli jihatlari xo‘jalik yuritish shart-sharoitlarining turlichaligida, buxgalteriya hisobotlari va ularni tuzish qoidalarida, uslubiy jihatlarda‚ shuningdek‚ ko‘proq nazariy asoslarda ko‘rish mumkin.

Shuningdek, xo‘jalik yuritishning shart-sharoitlari yuzasidan juda ko‘p farqli jihatlarni kuzatish mumkin. Bu birinchi navbatda, tizimning iqtisodiy rivojlanishi va boshqaruvning farqli jihatlari bilan xarakterlanadi20.

Xo‘jalik yuritishning farqli jihatlari albatta axborot oqimini shakllantirishning amaldagi holatiga ham sezilarli ta’sir etadi. Bitta, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni yirik, o‘rta va kichik biznes subyektlari qatoriga kiritishning o‘zi ham davlatlar o‘rtasida tubdan farq qiladi.

Rivojlangan davlatlarda buxgalterlarning bosh vazifasi korxonaning davlat oldidagi axborot majburiyatlarini (moliyaviy, soliq, bojxona, statistik hisobotlar orqali) hal etishga emas‚ balki birinchi navbatda mulk egasi va menejerlarning samarali boshqaruvini ta’minlashga qaratilgan vazifalarni hal etib berishga qaratilgan.

Moliyaviy tahlil etishdagi o‘xshash jihatlarni buxgalteriya hisobining muhim tamoyili bo‘lgan mazmunning shakldan ustunligi tamoyili bilan izohlash mumkin. Rivojlangan davlatlar moliyaviy hisobotlari bilan O‘zbekistondagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobot shakllari soni va ularning nomlanishi yuzasidan farq kuzatilmaydi.

Amalda tuziladigan va taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning asosiy shakli “Buxgalteriya balansi” (1-shakl) rasmiy tuzilishi va mazmun bo‘yicha xorij amaliyotidan tubdan farq qilmaydi.

Juda ko‘p mualliflar xo‘jalik subyektlarining moliyaviy holatiga baho berishning muhim manbasi bo‘lgan buxgalteriya balansi va uning tarkibiy tuzilishini belgilashda aktivlarning likvidlik darajasi bo‘yicha qayta tarkiblanishi va qiziquvchilarning keng qatlami uchun ham tushunarli bo‘lishi lozimligini qayd etadilar21.

Moliyaviy holat tahlilining uslubiy jihatlarida ham ayrim farqlanishlar kuzatiladi. Lekin aksariyat hollarda ularning bir xilligini kuzatish mumkin.

O‘zbekiston va xorij amaliyotida ham moliyaviy holatni baholashda quyidagi tarkibiy ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi:

1. Likvidlik ko‘rsatkichlari. Xalqaro amaliyotda ushbu ko‘rsatkichlar tizimi “liquidity ratios”22 deb nomlanadi.

2. Moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari. Xalqaro amaliyotda ushbu ko‘rsatkichlar tizimi “financial leverage23” deb, ayrim manbalarda “leverage ratios” deb nomlanadi.

3. Foyda, rentabellik ko‘rsatkichlari. Xalqaro amaliyotda mazkur ko‘rsatkichlar tizimi “profitability ratios” deb nomlanadi.

4. Ish aktivligi ko‘rsatkichlari. Xorij amaliyotida ushbu ko‘rsatkichlar tizimi “efficiency ratios” deb nomlanadi.

Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, O‘zbekiston va xalqaro amaliyotda moliyaviy tahlilda keskin farqlanishlar yo‘q. Muammo nimada. Muammo, ularning yagona tizimga solinmaganligi va uslubiy, metodologik asoslarning bir-biridan farq etishida deyish mumkin.

Yana bir muhim jihat, xorij amaliyotida tijorat korxonalari, kompaniyalar ko‘rsatkichlarining bozor qiymatini tahliliga alohida urg‘u beriladi. Mazkur ko‘rsatkichlar qatoriga: sof foydaning muomaladagi aksiyalar soniga nisbati; dividend to‘lovlarining sof foydadagi salmog‘i; aksiyalarga yillik dividend to‘lovlarining ularning o‘rtacha bozor qiymatiga nisbati; aksiyaning bozor bahosining va bitta aksiyaga to‘g‘ri keladigan sof foyda nisbati ko‘rsatkichlari kiritiladi. Mazkur ko‘rsatkichlar asosida firma va kompaniyalarning bozor aktivligi ko‘rsatkichlariga baho beriladi. O‘zbekiston amaliyotida ushbu tahlil turi moliyaviy holatni baholash masalalari doirasiga kirmaydi va faoliyat samaradorligining muhim ko‘rsatkichlari siftida alohida o‘rganiladi. Mazkur tahliliy ko‘rsatkichlarlarni aniqlash, qiyosiy o‘rganishning zaruriy jihatlari va ahamiyatliligi korxonalarning moliya bozoridagi ishtiroki hamda aktivligining qay darajadaligi bilan belgilanadi. Ya’ni bozor aktivligi ko‘rsatkichlarini baholash orqali investitsion faollik, jozibadorlik ko‘rsatkichlari baholanadi.

Xorij tajribasida moliyaviy holatni baholashda ko‘pincha yirik va shon-shuhratga ega bo‘lgan firma va kompaniyalar (Coca-Cola, Pepsi-Cola, Adidas va boshqalar) misolida butun tahliliy jarayonlar amalga oshiriladi va yakuniy xulosada mazkur firma, kompaniyalarni joriy holatiga tashxis beriladi va kelgusida kompaniyani rivojlantirish, moliyaviy qudratini oshirish yuzasidan muhim starategiyalar beriladi.

Korxonalar moliyaviy holatini O‘zbekiston amaliyotida kompleks o‘rganish amaliyotiga juda kam hollardagina murojaat qilinadi. Bironta manbada O‘zbekistonning iqtisodida muhim lokomotiv hisoblangan korxonalar (Tog‘-kon metallurgiya kombinatlari, O‘zbekiston temir yo‘llari, O‘zbekiston havo yo‘llari, avtomobilsozlik korxonalari misolidagi) ma’lumotlari asosidagi real tahliliy xulosalar uchratilmaydi. Ko‘pincha, analitik hisob-kitoblar taxminiy, o‘ylab topilgan manbalar asosida tuzib chiqiladi. Bu farq faqat tahlil obyektlarining real manbalari asosida emas balki yillar kesimidagi dinamik o‘zgarishlarda ham kuzatiladi. Vaxolanki, xorij tahlil amaliyotida firma, kompaniyalarning faoliyat va tarmoq bo‘g‘inlari bo‘yicha farqli jihatlariga ham alohida ahamiyat qaratiladi.

Xorij amaliyotidagi yana bir muhim farqli jihatni ko‘rsatkichlarning turlicha nomlanishida (joriy aktivlarning aylanma aktivlar, oborot aktivlar, qisqa muddatli majburiyatlarning joriy majburiyatlar, kreditorlik majburiyatlari deb nomlanishida, uzoq muddatli aktivlarning oborotdan tashqari aktivlar, immobilizatsiya qilingan aktivlar tarzida nomlanishi va h.k.), tarkiblanishida (uzoq muddatli va joriy aktivlar, o‘z mablag‘lari manbasi va majburiyatlar, asosiy faoliyatdan moliyaviy natija, operatsion faoliyatdan daromadlar va xarajatlar), aniqlanish tartiblaridagi (yalpi foyda, asosiy faoliyat natijasi, umumxo‘jalik faoliyati natijasi, soliq to‘loviga qadar foyda, sof foyda, EBIT, EBITDA) farqli jihatlarda ko‘rish mumkin. Shu sababli, chop etiladigan manbalarda ko‘rsatkichlarning hisob-kitoblarida ma’lumotlar real (aniq korxona misolidagi) moliyaviy hisobotlar va manbalarning hisobotlarni qaysi shakl va satrlaridan olinishi ham aniq ko‘rsatilgan holda berilmog‘i lozim. Shu yo‘l bilangina ularning aniqligini va bir xilligini ta’minlash mumkin.

Sohada, eng muhim muammolarni hal etishning muhim yo‘li bu moliyaviy hosobotlarni shakli va mazmuni bo‘yicha xalqaro normalarga mos keltirishdir.

Moliyaviy hisobotlar va ularning axborotlar bazasini analitik qayta ishlashning kompyuter dasturlarini yaratilmaganligi ham sohaga oid muammolarni biroz chigallashtirmoqda. Bu boradagi ishlar boshlanganiga qaramasdan haliga qadar litsenziya olingan dasturiy ta’minotlar yaratilmagan.

Moliyaviy hisobotlarni tahlil etishda qo‘shimcha manbalarga juda ko‘p zaruriyat tug‘iladi. Ularni olinishi, olingan axborotlarning ishonchligi, tezkorligi, aniqligi, asosligi kabi qator muammolarga duch kelinmoqda. Bu jarayonlar ko‘proq xo‘jalik subyektlarining fond bozori, qimmatli qog‘ozlar bozori, bozor va ish aktivligini baholashda‚ ayniqsa qiynchiliklar tug‘dirmoqda.

Moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish bo‘yicha eng muhim muammolardan bittasi bu ular bo‘yicha ma’murchilik xarajatlarining haddan tashqari ortib ketishi bilan bog‘liqdir. Ma’murchilik xarajatlarining hisobi va ularni me’yorlash bo‘yicha hech qanday tartiblar va qoidalar belgilanmaganligi analitik tahlilchilarning ish unumiga ta’sir qilmoqda.

Moliyaviy hisobotlarni tuzishda xalqaro standartlardagi normalarga amal etishda yagona yondashuvning yo‘qligi, ularni har bitta xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘ziga xos tarzda qo‘llashidagi xilma xilliklar mavjudligi ham o‘tkir muammolardan bittasi hisoblanadi. Shu bilan birgalikda jahon bozoriga chiqishda ularning qay darajada ahamiyatli ekanligi iqtisodiy jihatdan yetarli darajada asoslanmaganligi ham ushbu sohada ishlarning jadal rivojlanishiga ta’sir etmoqda.

Moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish tartiblarida elektron hisobotlarning (moliyaviy (buxgalteriya), soliq, statistika, bojxona, banklar hisobotlarining) yagona portalini shakllantirish va tegishli bo‘g‘in bo‘yicha mijozlarning umumlashgan axborotlarini olish imkoniyatlari ta’minlanmagan. Bu esa o‘z navbatida qiyosiy tahlilni amalga oshirishda qiyinchilik tug‘dirmoqda. Ya’ni, korxonalar o‘rtasida qiyosiy tahlilni amalga oshirish, metodologik xilma xillik, turlicha hisob-kitoblarga tayanilishi yagona analitik xulosalarga sezilarli ta’sir etmoqda.

Inflyatsiya ta’sirini ham albatta chetlab o‘tishning imkoni yo‘q. Bu jihat sondagi o‘zagrishlardan sifat o‘zgarishlarga o‘tish imkonini bermaydi. Inflyatsiya darajasining yuqoriligi ko‘rsatkichlarning qiyosiyligini, o‘zgarishini aniq baholashga imkon bermaydi. Shu sababli ham moliyaviy hisobotlarni tuzishda inflyatsiya, giper inflyatsiya amal etiladigan xalqaro normalarga tayanish lozim. Bu jihat o‘zgarishlardan himoyalanish moliyaviy hisobotlarni tuzishning xalqaro standartlarida aniq va yorqin ifodasini topgan.




Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish