Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliyaviy tahlil


Mahsulot sotishdan ko‘rilgan yalpi foyda va unga ta’sir etuvchi omillar tahlili



Download 6,69 Mb.
bet214/314
Sana18.01.2022
Hajmi6,69 Mb.
#391661
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   314
Bog'liq
Moliyaviy tahlil kitob

9.6. Mahsulot sotishdan ko‘rilgan yalpi foyda va unga ta’sir etuvchi omillar tahlili

Mahsulot sotishdan ko‘rilgan yalpi foyda quyidagi operatsiya va hodisalar natijasida hosil bo‘ladigan daromadni hisobga olishda qo‘llanilishi kerak:

(a) tovarlarni sotish;

(b) xizmatlarni ko‘rsatish;

(v) boshqa tomonlar xo‘jalik yurituvchi subyektning foizlar, royalti va dividendlar ko‘rinishidagi daromadlarni keltiradigan aktivlardan foydalanishi.

Tovarlarga xo‘jalik yurituvchi subyekti tomonidan sotish maqsadida ishlab chiqarilgan tovarlar hamda qayta sotish uchun xarid qilingan tovarlar, masalan chakana savdo bilan shug‘ullanadigan sotuvchi tomonidan xarid qilingan tovarlar yoki qayta sotish maqsadida saqlanayotgan yer va boshqa mulklar kiradi.

Xizmat ko‘rsatish odatda xo‘jalik yurituvchi subyektni shartnomada belgilab qo‘yilgan topshiriqni kelishilgan davr davomida bajarishini o‘z ichiga oladi. Xizmatlar bir yoki bir necha davrlar davomida ko‘rsatilgan hollarda ular tegishli davrlar bo‘yicha hisobga olinadi.

Xo‘jalik yurituvchi subyektning aktivlaridan boshqa tomonlar foydalanishi natijasida quyidagi ko‘rinishdagi daromadlar yuzaga keladi:

(a) foizlar – xo‘jalik yurituvchi subyektiga tegishli bo‘lgan pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlaridan yoki xo‘jalik yurituvchi subyektiga to‘lanishi kerak bo‘lgan summalardan foydalanilgani uchun olinadigan haq;

(b) royalti – xo‘jalik yurituvchi subyektiga tegishli bo‘lgan uzoq muddatli aktivlar, masalan patentlar, savdo belgilari, avtorlik huquqlari va dasturiy ta’minotlardan foydalanilgani uchun olinadigan haq;

(v) dividendlar – ulushli investitsiyalarning egalariga ularning ayrim turdagi kapitaldagi ulushiga mutanosib ravishda foydaning taqsimlanishi.

Daromadlar xo‘jalik yurituvchi subyektining faqat o‘zi uchun olingan yoki olinadigan iqtisodiy nafning yalpi tushumini qamrab oladi. Uchinchi tomon nomidan undirib olingan summalar, masalan sotishga soliqlar, tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlar, qo‘shilgan qiymat solig‘i, xo‘jalik yurituvchi subyektga kelib tushadigan iqtisodiy naf bo‘lib xizmat qilmaydi va kapitalning ko‘payishiga olib kelmaydi. Shu bois, ular daromaddan chiqarib tashlanadi. Shunga o‘xshash, vositachilik munosabatlarida, iqtisodiy nafning yalpi tushumi buyurtmachi nomidan undiriladigan summalarni qamrab oladi, lekin xo‘jalik yurituvchi subyektining kapitali oshishiga olib kelmaydi. Buyurtmachi nomidan undirilgan summalar daromad bo‘lib hisoblanmaydi. Aksincha, daromad bo‘lib vositachilik haqi hisoblanadi.

Milliy hisobchilikda asosiy faoliyatdan olingan daromadlarning muhim qatori sifatida sotishdan sof tushum tarkiblanadi.

Sotishdan sof tushum jami tushumdan sotishga soliqlar (egri soliqlarni) chegirish asosida topiladi.

Sotishdan yalpi foyda sotishdan sof tushumdan sotilgan mahsulot (ish va xizmat)larning tannarxini chegirish orqali topiladi.

Operatsiya natijasida hosil bo‘ladigan daromad summasi odatda xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan xaridor yoki aktivdan foydalanuvchilar o‘rtasidagi kelishuvlar asosida aniqlanadi. U olingan yoki olinadigan tovonning haqqoniy qiymati bo‘yicha baholanadi, bunda xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan ruxsat etilgan har qanday savdo chegirmalari yoki ulgurji savdo chegirmalari hisobga olinadi.

Tovarlarni (mahsulotlarni) sotilgan qatorga kiritish va tushumlarni daromad sifatida tan olishni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida quyidagi normalari belgilanadi:

(a) tovarlarga egalik qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ahamiyatli risklar va mukofotlar xaridorga o‘tkazilganda;

(b) xo‘jalik yurituvchi subyekt sotilgan tovarlarni endilikda egalik huquqiga xos bo‘lgan darajada boshqara olmaganida va ularni samarali darajada nazorat qila olmaganida;

(v) daromadning summasini ishonchli darajada baholash mumkin bo‘lganda;

(g) operatsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy nafning olinishi ehtimoli mavjud bo‘lganida;

(d) operatsiya bo‘yicha amalga oshirilgan yoki amalga oshiriladigan xarajatlar ishonchli darajada baholana olganda.

Mulkka egalik qilish huquqi bilan bog‘liq ahamiyatli risklar va mukofotlar xo‘jalik yurituvchi subyekti tomonidan xaridorga o‘tkazilishi paytini aniqlash uchun operatsiyaning jihatlarini o‘rganish talab etiladi. Aksariyat hollarda, egalik huquqi bilan bog‘liq risklar va mukofotlarning o‘tkazilishi xaridorga yuridik egalik qilish huquqi yoki tasarruf qilish huquqining o‘tishi paytiga to‘g‘ri keladi.

Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda




Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish