Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliyaviy tahlil



Download 6,82 Mb.
bet45/296
Sana20.06.2022
Hajmi6,82 Mb.
#684425
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   296
Bog'liq
Moliyaviy tahlil darslik 2020-2021

Moliyaviy hisobot tahlili. Moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi moliyaviy hisobotlar hisoblanadi. Moliyaviy hisobot ana shu hisobotlarga asoslangan yoki ular bilan bog‘liq bo‘lgan izohlar, mo‘ljallar va tushuntirishlarni ham o‘z ichiga oladi.
Moliyaviy hisobotlar xo‘jalik yurituvchi subyektining moliyaviy holati, moliyaviy natijalari va pul oqimlari, xususiy kapital to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamlaydi, shuningdek‚ ularga ishonib topshirilgan resurslar boshqarilishining natijalarini aks ettiradi.
Moliyaviy hisobotlar xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli bo‘lgan quyidagi jihatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ta’minlaydi:
- aktivlar;
- majburiyatlar;
- kapital;
- daromad va xarajatlar, jumladan foyda va zararlar;
- mulk egalari tomonidan ularning mulk egalari sifatida amal qilishidagi qilingan qo‘yilmalar va ularga taqsimlanadigan summalar;
- pul oqimlari.
Ushbu ma’lumotlar, izohlardagi boshqa ma’lumotlar moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarga xo‘jalik yurituvchi subyektning kelgusi pul oqimlarini va, xususan, ularning muddatini va aniqliligini bashorat qilishga yordam beradi.
Moliyaviy hisobotlarning to‘liq to‘plami quyidagilarni qamrab oladi:
- davr oxiriga moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot;
- davr uchun foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad to‘g‘risidagi hisobot;
- davr uchun kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobot;
g) davr uchun pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot;
- izohlar, ya’ni ahamiyatli hisob siyosatlarining va boshqa tushuntirish ma’lumotlarining qisqa bayonini qamrab olgan izohlar;
- oldingi davr uchun qiyosiy ma’lumotlarni;
- moliyaviy holat to‘g‘risidagi oldingi davrga tegishli (retrospektiv tahlil yuzasidan) ma’lumotlarni.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotlarining to‘liq to‘plamida barcha moliyaviy hisobotlarni teng darajada taqdim etishi lozim.
Ko‘pgina xo‘jalik yurituvchi subyektlari, moliyaviy hisobotlardan tashqari, xo‘jalik yurituvchi subyektining rahbariyati tomonidan tayyorlangan‚ uning moliyaviy holati va moliyaviy natijalarining asosiy jihatlarini hamda u duch keladigan asosiy noaniqliklarni sharhlaydigan va tushuntiradigan moliyaviy tahlilni ham taqdim etadilar. Bunday hisobot quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
- moliyaviy natijalarni shakllantirgan asosiy omillar va ta’sirlar, jumladan xo‘jalik yurituvchi subyekti faoliyat ko‘rsatadigan muhitdagi o‘zgarishlar, xo‘jalik yurituvchi subyektning ushbu o‘zgarishlarga javoban choralari va ularning ta’siri, hamda xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalarni saqlab qolish va ko‘paytirishga qaratilgan investitsion siyosati, jumladan uning dividend siyosati;
- xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatini moliyalashtirish manbalari va u tomonidan ko‘zlangan majburiyatlarning kapitalga nisbati koeffitsiyenti;
- xo‘jalik yurituvchi subyektining MHXSlarga muvofiq moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotda tan olinmagan resurslari.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlari, moliyaviy hisobotlardan tashqari, ekologik hisobotlar va qo‘shilgan qiymat to‘g‘risidagi rasmiy axborotlar kabi hisobotlarni va rasmiy axborotlarni, xususan ekologik omillar ahamiyatli bo‘lgan sohalarda va qachonki, xodimlar ahamiyatli foydalanuvchilar guruhi sifatida inobatga olinganda, taqdim etadilar.
Moliyaviy hisobotlar tahlilida o‘rganiladigan mavzularni quyidagicha tarkiblash mumkin:
Moliyaviy hisobotlar tahlilining umumiy mavzulari:
- Buxgalteriya balansi va moliyaviy holat tahlili;
- Moliyaviy natijalar va rentabellik tahlili;
- Pul oqimlari va valyuta mablag‘lari harakatini tahlili;
- Xususiy kapital tahlili;
- Moliyaviy hisobotlarni kompleks tahlili.
Moliyaviy hisobotlarning birlik mavzulari:
- Investitsion faoliyat va investitsion jozibadorlik tahlili
- Bozor va ish aktivligi tahlili
- Kreditga layoqatlilik tahlili
- Iqtisodiy nochorlik tahlili
- Moliyaviy indikatorlar tahlili
- Risklar tahlili va h.k.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt joriy davrning moliyaviy hisobotlarida aks ettirilgan barcha summalar bo‘yicha oldingi davrga nisbatan qiyosiy ma’lumotlarni taqdim etishi lozim. Bu jihatdan xo‘jalik yurituvchi subyekti kamida, ikkita moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotlarni, ikkita foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromadlar to‘g‘risidagi hisobotlarni, ikkita alohida foyda yoki zarar to‘g‘risidagi hisobotlarni (agarda taqdim etiladigan bo‘lsa), ikkita pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotlarni va ikkita kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobotlarni hamda tegishli izohlarni taqdim etishi lozim. Bu holat, ma’lumotlarni qiyoslashni, ularni tahlil etishning zaruriyligini belgilab beruvchi asosiy shartdir.

Download 6,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish