Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliyaviy tahlil


Moliyaviy tahlilni muammoli jihatlari (davriy oraliqdagi qiyosiylik, turli korxonalar o‘rtasidagi qiyosiylik, axborot operativligi muammolari)



Download 6,82 Mb.
bet43/296
Sana20.06.2022
Hajmi6,82 Mb.
#684425
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   296
Bog'liq
Moliyaviy tahlil darslik 2020-2021

2.8. Moliyaviy tahlilni muammoli jihatlari (davriy oraliqdagi qiyosiylik, turli korxonalar o‘rtasidagi qiyosiylik, axborot operativligi muammolari).
2.9. Auditor xulosalarini ko‘rib chiqish. Auditdan o‘tkazilmagan hisobotlar.
2.10. Moliyaviy tahlilda qo‘llaniladigan boshqa axborotlar.
2.11. Moliyaviy tahlilda kompyuter texnologiyalari va dasturiy ta’minotlardan foydalanish.


2.1. Moliyaviy tahlilni tashkil etish, yuritish, xulosalarni shakllantirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning me’yoriy asoslari


Moliyaviy tahlilning metodologik asoslari me’yoriy hujjatlar asosida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobi va auditni yo‘lga qo‘yish va yuritishda rioya etiladigan barcha me’yorlar (Qonunlar, standartlar, Nizomlar, yo‘riqnomalar, buyruqlar, tartiblar) tahlil uchun ham ahamiyatli hisoblanadi. Shu bilan birgalikda tahlilning o‘zi uchun ham qator normalar belgilanganki, ular xo‘jalik yurituvchi subyektlarning boshqaruvi zaruriyatidan kelib chiqqan holda ijro etiladi va amalga oshiriladi.
Moliyaviy tahlilni odatda rasmiy va norasmiy me’yoriy asoslariga muhim e’tibor qaratiladi. Rasmiy asoslari majburiylik tartibida, aniq me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etiladi va yuritiladi, norasmiy asoslarini esa boshqaruvchilar, menejerlar o‘z maqsadlaridan kelib chiqqan holda mustaqil belgilaydilar va yuritadilar.
Rasmiy me’yoriy asoslarga xo‘jalik yurituvchi subyektning moliya xo‘jalik faoliyatini tahlil etishning quyidagi tartiblarini kiritish mumkin:
- xo‘jalik yurituvchi subyektning muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholash;
- xo‘jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy nochorligini baholash;
- xo‘jalik yurituvchi subyektning kreditga layoqatliligini baholash;
Norasmiy asoslarda o‘rganiladigan masalalar ko‘lami juda keng doirada amalga oshirilib ularning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
- aktivlar, kapital va majburiyatlar tahlili;
- moliyaviy barqarorlik tahlili;
- to‘lov layoqati va likvidlik tahlili;
- ish va bozor aktivligi tahlili;
- pul oqimlarining tahlili;
- xususiy kapital tahlili;
- foyda va zararlar tahlili;
- debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlili;
- innovatsion mahsulot va faoliyat tahlili;
- investitsion faoliyat tahlili;
- soliq to‘lovlari va majburiyatlar tahlili;
- logistik tahlil va h.k.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatiga baho berish va tahlil etishda bir qator analitik jarayonlar amalga oshiriladi. Bu jarayonlarning asosiy manbasi sifatida buxgalteriya (moliyaviy) hisoboti ma’lumotlari olinadi. Biznesdagi holat va uning kelgusidagi rivojini prognozlash yuzasidan‚ shuningdek, statistik, makroiqtisodiy va tarmoq ko‘rsatkichlarining qiyosiy tahlili ham amalga oshiriladi. Shu bilan bir qatorda xo‘jalik yurituvchi subyektlarda bu borada tahlil boshqaruvning eng muhim dastagi sifatida qaraladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini baholashda moliyaviy tahlildan foydalanish albatta: xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotlarini tuzish va ularga tushuntirishlar berishda; moliyaviy holatini baholashda; iqtisodiy nochorlik (bankrotlik)ka qarshi boshqaruv hisobotini tayyorlashda; biznesini restruktarizatsiya qilishda; moliyaviy sog‘lomlashtirishda; mulkiy munosabatlarni tartibga solishda qo‘l keladi.
Moliyaviy tahlildan foydalanishning yagona metodikasi shu paytga qadar yaratilmagan. Shu sababli, har bitta menejer o‘z amaliy tajribasidan, xo‘jalik yurituvchi subyektining faoliyat va boshqaruv xususiyatlaridan, axborot manbalarining hajmidan kelib chiqqan holda alohida metodik ishlanmalardan foydalanadilar.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil etishda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga asosan 3 ta bosqichi tarkiblanadi: tahlilning maqsadini va uni realizatsiya qilish tartibini belgilash; tahlilda foydalaniladigan axborotlar sifatini baholash, ishonchli axborotlar bazasini shakllantirish; tahlil usullari (metodlari)ni aniqlash, tahlilni o‘tkazish va olingan natijalarni umumlashtirish.
Tahlil etishning metodologik asoslari ko‘pincha huquqiy manbalarga tayangan holda tuzib chiqiladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini moliyaviy tahlil etishning amaldagi normalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS);
“Korxonalarning moliyaviy iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish mezonlarini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi qoshidagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo‘mitasi qarori;
“Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasi qarori;
Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari (MHXS).
“Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos” deb nomlangan BHMSda moliyaviy hisobot maqsadi sifatida quyidagilar bayon etilgan. “Moliyaviy hisobotning maqsadi xo‘jalik subyektining moliyaviy ahvoli, faoliyati, moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishdan iborat...”.
Moliyaviy hisobot axborotni quyidagilar uchun ham saqlaydi: investitsiya qarorlarini va kreditlar berishga doir qarorlarni qabul qilish; xo‘jalik yurituvchi subyektning bo‘lg‘usi pul oqimiga baho berish; xo‘jalik yurituvchi subyektga ishonib topshirilgan resurslar munosabati bilan uning resurslariga, majburiyatlariga baho berish; rahbar organlarning ishiga baho berish.
Jumladan, mazkur standartning keyingi bandlarida xo‘jalik yurituvchi subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslar, uning moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, to‘lovga qobiliyati, ishlayotgan muhit o‘zgarishlariga munosabat bildira olishi, subyektning kelgusida pul mablag‘larini va ularning ekvivalentini ko‘paytirish imkoniyatini prognozlash, kreditlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyat ko‘rsatkichlari, uning rentabelligini aniqlash, iqtisodiy resurslardagi potensial o‘zgarishlarni baholash zarurligi qayd etiladi.
Moliyaviy hisobotlarni bir paytning o‘zida turli davrlar bo‘yicha axborotlarni jamlashi ham ularning tahliliyligini ta’minlash uchun qilingan zaruriy talabdir.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo‘mitasining “Korxonalarning moliyaviy iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish mezonlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi qarori”ga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligini baholashda quyidagi ko‘rsatkichlar tizimini o‘rganish tavsiya etiladi: to‘lov layoqati yoki qoplash koeffitsiyenti; o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsiyenti; korxona aktivlari va xarajatlari rentabelligi. Yakuniy xulosani chiqarish yuzasidan quyidagi qo‘shimcha ko‘rsatkichlar o‘rganiladi: o‘z mablag‘lari va qisqa muddatli qarz mablag‘lari nisbati koeffitsiyenti; ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti; asosiy vositalarning eskirish koeffitsiyenti.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarorida quyidagi ko‘rsatkichlarni baholashni tavsiya etiladi.
1. Samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari: korxonaning foizlar, soliqlar va amortizatsiya summasi chegirilgunga qadar foydasi; xarajat va daromadlarning o‘zaro nisbati; jalb qilingan kapital rentabelligi; aksionerlik kapitali rentabelligi; investitsiyalangan kapital rentabelligi; aktivlar rentabelligi; mutlaq likvidlik koeffitsiyenti; moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti; kreditorlik majburiyatlari aylanuvchanligi; debitorlik majburiyatlarining aylanuvchanligi; qoplash (to‘lovga qobillik) koeffitsiyenti; dividend to‘lash koeffitsiyenti; debitorlik majburiyatining kamayish koeffitsiyenti.
2. Samaradorlikning qo‘shimcha ko‘rsatkichlari: asosiy vositalarning eskirish koeffitsiyenti; asosiy vositalarni yangilash koeffitsiyenti; mehnat unumdorligi; fond qaytimi; ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti; energiya samaradorligi (mahsulot qiymati tarkibida energiya xarajati ulushi); sotilgan mahsulot tarkibida innovatsion mahsulotning ulushi; innovatsion faoliyatga xarajatlarning jami xarajatlar tarkibidagi salmog‘i; xodimlarni o‘qitish xarajatlari salmog‘i; kadrlar qo‘nimsizligi koeffitsiyenti; rejalashtirilgan investitsiya dasturining bajarilish darajasi; quvvatlarni ishga tushirish koeffitsiyenti; rejalashtirilgan eksport hajmining bajarilishi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy nochorligini baholash, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni bankrot (iqtisodiy nochor) deb e’lon qilish va ularni tugatish shartlari davlat nomidan ish ko‘ruvchi organlar tomonidan qat’iy belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunday vakolatga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo‘mitasi ega.13
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar raqobatda sinmasligi uchun quyidagilarga amal qilishlari lozim:
- mavjud mablag‘larini to‘g‘ri joylashtirish va boshqarish;
- ijobiy faoliyat natijaviyligiga erishish;
- debitor qarzlarni ko‘paytirmaslik yo‘llarini topish, mavjud debitor qarzlarni muddatida qaytarish chora-tadbirlarini ko‘rish;
- kreditor qarz majburiyatlarini to‘lov muddati bo‘yicha nazoratini olib borish.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy nochorligini belgilashda quyidagi ko‘rsatkichlar tizimiga tayanishi lozim:
- xo‘jalik yurituvchi subyektlarni to‘lov layoqati, qoplash koeffitsiyentini o‘rganishi;
- xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy mustaqillik va qaramlik darajasini o‘rganishi;
- uzoq muddatli va joriy aktivlarni manbalashning holatini o‘rganish;
- o‘z va qarz mablag‘lari orasidagi nisbatni o‘rganish;
- aktivlar, kapital va majburiyatlar rentabelligini o‘rganish;
- ishlab chiqarish quvvatlaridan haqiqiy foydalanish darajasini o‘rganish;
- asosiy va nomoddiy aktivlardan foydalanish darajasini o‘rganish;
- muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari holatini o‘rganish.
Qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qondirishga yoki majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar yoki to‘lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, uning bankrotlik alomatlari deb e’tirof etiladi.
Korxonalarning moliyaviy iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish mezonlarini aniqlash tartibiga muvofiq korxonalar moliyaviy-iqtisodiy holati bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
- iqtisodiy barqaror;
- iqtisodiy tahlikali (xavf-xatarli);
- iqtisodiy nobarqaror*-**:
*to‘lovga qobilligini tiklash imkoniga ega bo‘lgan korxonalar;
**to‘lovga qobilligini tiklash imkoniga ega bo‘lmagan korxonalar.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy holatini baholash yuzasidan quyidagi ko‘rsatkichlar tizimini o‘rganish tavsiya etiladi.14
- To‘lov layoqati yoki qoplash koeffitsiyenti (Ktl):
- O‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsiyenti (Kat)
- Korxona aktivlari va xarajatlari rentabelligi (Ra, Rx)
Yakuniy xulosani chiqarish yuzasidan quyidagi qo‘shimcha ko‘rsatkichlar o‘rganiladi:
- O‘z mablag‘lari va qisqa muddatli qarz mablag‘lari nisbati koeffitsiyenti (Ko‘q)
- Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti(Kquv)
- Asosiy vositalarning eskirish koeffitsiyenti (Kesk)
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar kreditga layoqatligini tahlil etishda moliyaviy holat tahlilida qo‘shimcha tarzda quyidagi mavzularni o‘rganish tavsiya etiladi;
- xo‘jalik yurituvchi subyektlarining rentabellik darajasi;
- aylanma mablag‘larning holati;
- o‘z mablag‘larini hajmi, ularning asosiy va aylanma kapitalidagi ishtiroki;
- ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlarni o‘sish darajalari;
- to‘lov muddati kelgan va o‘tib ketgan debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining holati;
- xo‘jalik yurituvchi subyektlarning pul va qimmatli qog‘ozlarining mavjudligi va boshqa jihatlari.
Bugungi amaliyotda mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga uzoq va qisqa muddatli kreditlarni jalb etishda moliyaviy tahlilda o‘rganiladigan ko‘rsatkichlar tizimiga 5 ta tarkib guruh ko‘rsatkichlarni kiritish lozim. Bu ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat:15
1. To‘lov layoqati va likvidlilik koeffitsiyentlari;
2. Ish aktivligi koeffitsiyentlari;
3. Moliyaviy leveridj koeffitsiyentlari
4. Rentabellik koeffitsiyentlari
5. Qarzni qoplashni tavsiflovchi koeffitsiyentlar
Rivojlangan davlatlarda kreditga qodirlikni baholashda eng muhim qoida sifatida shartli “S-1-5” qoidasiga amal etiladi. Bu qoida quyidagilarni xarakterlaydi.16
S1-charakter – qarz beruvchining bozordagi obro‘si, uning holatini aniqlash;
C2-capacity – qarz oluvchining faoliyatni yakuniga yetkaza olishi, tegishli daromadga ega bo‘lishi hamda olingan kreditlarni qaytarib bera olish qobiliyati;
C3-capital – qarz oluvchining sarmoyasini yetarliligi;
C4-conditions – biznesning rivojlanishi yuzasidan shartlar;
C5-collateral – garov.
Bu qoidalarga bizning kredit amaliyotimizda ham to‘liq amal etiladi, faqat uning rasmiy jihatlari bu tartib belgilanmagan.
Kreditga qodirlilik tahlilidagi uslubiy jihatlardagi farqlanishlar albatta‚ mamlakatimizda buxgalteriya hisobi, tahlil va auditni yuritishda milliy standart normalariga tayanilishi, moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etishning farqlanishi bilan izohlash mumkin.


2.2. Moliyaviy tahlilni tashkil etish shakllari. Moliyaviy tahlilni tashkil etishda korxonaning tarmoq xususiyati, faoliyat ko‘lami, raqobatdagi o‘rni kabi jihatlarini hisobga olish


Moliyaviy tahlilni tashkil etish yuzasidan rasmiy jihatlarning belgilanmaganligi sababli uni tashkil etishda an’anaviy yo‘nalishlardan foydalanish mumkin.


Odatda, buxgalteriya hisobini va auditni (ichki, tashqi) tashkil etishdagi rasmiy jihatlar bilan belgilangan aniq tartib va qoidalar moliyaviy tahlilni tashkil etishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Jumladan, yangi tahrirdagi “Buxgalteriya hisobi” to‘g‘risidagi qonunning “Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish” to‘g‘risidagi 11-moddasi buxgalteriya hisobi va hisobotini buxgalteriya hisobi subyektining rahbari amalga oshirishi qayd etiladi hamda buxgalteriya hisobi subyektining rahbari qanday huquqlarga ega ekanligi tarkiblanadi. Ushbu huquqlar qatorida:
Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari boshchiligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish;
Buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga (auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar) shartnoma asosida yuklashi;
Buxgalteriya hisobini mustaqil yuritishi qayd etiladi.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning ushbu tartiblari bevosita, moliyaviy tahlilga nisbatan ham to‘la mos deyish mumkin.
Tahlilni tashkil etish shakli sifatida ichki moliyaviy tahlilni tashkil etilishi va tashqi moliyaviy tahlilni tashkil etilishini tarkiblash maqsadga muvofiqdir.

Download 6,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish