Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliyaviy tahlil


Korxonalar faoliyatining muhim ko‘rsatkichlari



Download 6,82 Mb.
bet276/296
Sana20.06.2022
Hajmi6,82 Mb.
#684425
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   296
Bog'liq
Moliyaviy tahlil darslik 2020-2021

Korxonalar faoliyatining muhim ko‘rsatkichlari

Ko‘rsatkichlar

Korxonalar

Qatorlar bo‘yicha o‘rtacha, xi

O‘rtacha kvadratik tafovvut, i

1

2

3

4

5

6

Joriy likvidlik koeffitsiyenti

2

1,76

2,12

1,7

1,6

2,24

1,90

0,57

Sotish rentabelligi

23,3

27,5

30,8

29,2

25,8

28,3

27,50

5,9

TMZ aylanuvchanligi, kunda

55,1

44,0

46,6

39,2

32,3

36,0

42,22

18,3

Mahsulot sotishdan sof tushum, ming so‘m

153 750

232 500

236 250

255 000

192 500

167 500

206 250,00

91 719,7


Ko‘rsatkichlar

Korxonalar

1

2

3

4

5

6

Joriy likvidlik koeffitsiyenti

3

4

2

5

6

1

Sotish rentabelligi

6

4

1

2

5

3

TMZ aylanuvchanligi, kunda

6

4

5

3

1

2

Mahsulot sotishdan sof tushum, ming so‘m

6

3

2

1

4

5

O‘rinlar yig‘indisi

21

15

10

11

16

11

«O‘rinlar yig‘indisi» usulida reyting baholashning mohiyati shundaki, bunda baholanayotgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha korxonalarning egallagan o‘rinlarining yig‘indisi eng kichik bo‘lgan korxona eng yuqori reytingga ega bo‘ladi va aksincha. Buning mazmuni shundaki, barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha birinchi o‘ringa intilgan sonlar yig‘indisi eng kichik son bo‘ladi hamda bu barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha eng yaxshi pozitsiyadagi korxonaga tegishli bo‘ladi.




Korxonalar moliyaviy holatini taksonometrik usulda baholash uchun berilgan ma’lumotlarni quyidagi X matritsa ko‘rinishida ifodalaymiz

X=

2

1,76

2,12

1,7

1,6

2,24

23,3

27,5

30,8

29,2

25,8

28,3

55,1

44,0

46,6

39,2

32,3

36,0

153 750

232 500

236 250

255 000

192 500

167 500

X matritsaning har bir elementini qator bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan farqini o‘rtacha kvadratik tafovutga bo‘lib, Z matritsani hosil qilamiz.

Z=

0,18

-0,25

0,39

-0,35

-0,53

0,60

-0,71

0,00

0,56

0,29

-0,29

0,14

0,70

0,10

0,24

-0,17

-0,54

-0,34

-0,57

0,29

0,33

0,53

-0,15

-0,42

Etalon korxona Ze = (Z1e, Z2e, Z3e, Z4e) = (0,60; 0,56; -0,54; 0,53). Etalon Z matritsaning har bir qatoridagi eng yaxshi ko‘rsatkichlardan tashkil topgan. Shuni ta’kidlash kerakki, etalon sifatida joriy likvidlik koeffitsiyenti, sotish rentabelligi va mahsulot sotishdan sof tushum ko‘rsatkichlari bo‘yicha qatordagi eng katta miqdorlar olingan. Chunki bu ko‘rsatkichlarning yuqori bo‘lishi barqaror moliyaviy holatni aks ettiradi. Aksincha, kun hisobida tovar moddiy zaxiralar aylanuvchanligi ko‘rsatkichining eng kichik miqdori aylanishning tezligidan dalolat beradi. Shuning uchun bu ko‘rsatkichning eng kichik miqdori etalon sifatida olingan.


O‘rganilayotgan korxonalarning ko‘rsatkichlarini “Z” etalon korxona ko‘rsatkichlaridan farqlarining kvadratlari yig‘indisini hisoblash asosida korxonalarning reyting ko‘rsatkichlarini aniqlaymiz:
R1 = (0,18-0,60)2 + (-0,71-0,56)2 + (0,70-(-0,54))2 + (-0,57-0,53)2 = 4,56
R2 = (-0,25-0,60)2 + (0,0-0,56)2 + (0,1-(-0,54))2 + (0,29-0,53)2 = 1,49
R3 = (0,39-0,60)2 + (0,56-0,56)2 + (0,24-(-0,54))2 + (0,33-0,53)2 = 0,69
R4 = (-0,35-0,60)2 + (0,29-0,56)2 + (-0,17-(-0,54))2 + (0,53-0,53)2 = 1,12
R5 = (-0,53-0,60)2 + (-0,29-0,56)2 + (-0,54-(-0,54))2 + (-0,15-0,53)2 = 2,45
R6 = (0,60-0,60)2 + (0,14-0,56)2 + (-0,34-(-0,54))2 + (-0,42-0,53)2 = 1,13
Bunda, Z etalon korxona ko‘rsatkichlariga eng yaqin bo‘lgan, ya’ni ko‘rsatkichlar tafovuti eng kichik korxona yuqori reytingga ega deb baholanadi.
Demak, aniqlangan reyting ko‘rsatkichlari ichida eng kichik qiymatga ega bo‘lgan korxona (3-korxona) 1-o‘rinda va, aksincha eng katta qiymatga ega bo‘lgan korxona (1-korxona) reytingi eng past deb baholash mumkin. Korxonalarning moliyaviy holati va investitsion jozibadorligi bilan qiziquvchi subyektlarning axborotga bo‘lgan talabini yanada to‘liqroq qondirish uchun yanada ko‘proq ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish mumkin. Bunda har bir axborotdan foydalanuvchining qiziqishidan kelib chiqib u yoki bu ko‘rsatkichlarni baholash asosida boshqaruv, investitsion va moliyaviy qarorlarni qabul qilishga asos bo‘ladigan xulosalarga ega bo‘lish mumkin. Shuningdek, korxonalar moliyaviy holatini reyting baholashda ularning tarmoq xususiyati, raqobatdagi o‘rni, boshqaruv apparatining kompetentligi va boshqa omillar hisobga olinishi zarur, deb hisoblaymiz. O‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarning ahamiyatlilik darajasi ham reyting bahosini o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shulardan kelib chiqib aytish mumkinki, investitsion va moliyaviy qarorlarning samaradorligini oshirish uchun moliyaviy holatni reyting baholashda imkon qadar (korxona moliyaviy holati va investitsion jozibadorligini har taraflama baholash imkonini beruvchi) ko‘proq ko‘rsatkichlardan foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Shuningdek, korxonalarni moliyaviy holatini reyting baholashda ko‘rsatkichlar quyidagi talablarga javob berishi lozim, deb hisoblaymiz:
Korxona moliyaviy barqarorlik holatini aniq aks ettirishi hamda maksimal axborot berish xususiyatiga ega bo‘lishi;
Barcha ko‘rsatkichlar aniq miqdoriy o‘lchamga va normativlarning kamida minimal darajasiga ega bo‘lishi;
Faqat korxonaning ommaviy buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida hisoblanishi;
Korxonani zamon va makon bo‘yicha reyting baholash imkonini berishi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy qilish sharoitida korxonalarning investitsion jozibadorligi va ularning moliyaviy holati to‘g‘risidagi ishonchli axborotga talab yanada ortadi. Bunday axborot samarali boshqaruv, investitsion va moliyaviy qarorlar qabul qilishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Korxonalar moliyaviy holati va investitsion jozibadorligini kompleks baholash uslublarini takomillashtirish asosida boshqaruv qarorlarining samaradorligi ortib, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlari aniqlanadi82.


13.7. Moliyaviy holatni reyting baholash bo‘yicha xalqaro tajribalar va ulardan mamlakatimiz tahlil amaliyotida foydalanish imkoniyatlari


Iqtisodiy tuzilmalarni isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini yanada oshirish, tizim faoliyatiga yondashuvlarni hamda baholash tizimini tubdan o‘zgartirish, hamma tomonidan qabul qilingan xalqaro normalar, standartlar va baholash ko‘rsatkichlariga muvofiq reyting amaliyotini tashkil etishning yanada yuqoriroq darajasiga chiqishni ta’minlash oldimizda turgan muhim vazifa hisoblanadi.


Xalqaro standartlar talablariga muvofiq korxonalarning iqtisodiy va moliyaviy qudratini oshirish, ularning aktivilar va kapitalini ko‘paytirish, daromadligini o‘stirish, resurslar bazasini kengaytirish yanada kapitallashtirish, ushbu sohaga xususiy kapitalni jalb etish, resurs bazasini ko‘paytirish, ish sifatini va boshqaruv sifatini oshirish oldimizda turgan eng muhim muammodir.
Etakchi xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan qo‘llaniladigan xalqaro normalar, mezonlar va standartlarga asoslangan hamda alohida korxonalar faoliyatini dunyoda qabul qilingan faoliyatini baholash va tahlil qilishning zamonaviy tizimini joriy etish lozim.
Normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, zamon talablari va xalqaro normalar hamda standartlarga muvofiq holda amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda yangi qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlar qabul qilish zarur
Korxonalarda investitsiyaviy faollikni kuchaytirish, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni yanada kengaytirish, loyihalarni ekspertiza qilish va xatarni baholash tizimini takomillashtirish darkor.
Korxonalarni qo‘llab quvvatlashda, moliyalashtirishda, himoya qilishda moliya tashkilotlari, kredit uyushmalari, lizing, sug‘urta va auditorlik kompaniyalarining rolini yanada oshirish, ularga ko‘rsatiladigan xizmatlar turi va ko‘lamini kengaytirish, moliya bozori infratuzilmasi institutlarini mustahkamlash lozim.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni moliyalashtirishning, aholi bandligi va farovonligini oshirishning g‘oyat muhim vositasi sifatida reyting aniqlashda ulshbu qatorning alohida turlarini belgilashga o‘tish lozim. Masalan ish bilan bandlikda yoshlarni ishga qabul qilish bo‘yicha reyting, yoshlarni tadbirkorligi biznesi reytingi va h.k. nominatsiyalarni belgilash.
Korxonalarda hisob-kitob va hisobotlariga yangicha yondashuvlarini shakllantirish hamda zamonaviy texnologiyalari va uslublarini joriy qilish, axboroti saviyasi hamda sifatini oshirish, etakchi xalqaro reyting tashkilotlari talablariga muvofiq undan keng ko‘lamda foydalanishni yo‘llariga o‘tish zarur.
Korxonalarning dunyoda qabul qilingan standartlar, uslubiyatlar va baholash ko‘rsatkichlari tizimida ishlay oladigan, professional tayyorlangan yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash, shuningdek kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish.



Download 6,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish