Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliyaviy tahlil


Bankrotlikni oldini olishda moliyaviy menejmentdan foydalanish



Download 6,69 Mb.
bet268/296
Sana02.03.2023
Hajmi6,69 Mb.
#915824
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   296
Bog'liq
Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliy

12.9. Bankrotlikni oldini olishda moliyaviy menejmentdan foydalanish


Korxonalarning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini zamonaviy moliyaviy menejment asosida olib borish va moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy qilish globallashgan iqtisodiyotning zaruriy sharti hisoblanadi.


Dunyo bozoriga chiqish, xalqaro kredit olish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun moliyaviy menejmentni joriy qilish va hisobotlarni xalqaro standartlar asosida tuzish maqsadga muvofiqdir. Chunki, moliyaviy hisobotning shaffofligini oshirishga erishish faqatgina xalqaro standartlarga o‘tish orqali amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi.
Ishlab chiqarish korxonalarida moliyaviy hisobotlarni tuzish va uni takomillashtirishda tubdan yangi tizimni joriy etish lozim. Bu borada ilg‘or xorij tajribasi bizga qo‘l keladi.
Moliyaviy menejment va hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy qilish orqali moliyaviy hisobotlar yig‘ish, umumlashtirish, konsolidatsiya qilish hamda ularni haqqoniyligi va to‘g‘riligini ta’minlaydi, olingan moliyaviy hisobotlar milliy va xalqaro moliyaviy kriteriylar asosida tahlil qilinadi, moliyaviy risklar aniqlanadi hamda tahlil natijalari yuzasidan jamiyat rahbariyati va korxonalarning kuzatuv Kengashlariga ma’lumot va ko‘rsatmalar tayyorlanadi
Tahliliy ma’lumotlar asosida to‘lov qobiliyati, investitsion, kredit, valyuta, inflyatsion, soliq, bankrotlik alomatlari va aniqlangan boshqa moliyaviy risklarni boshqarish, baholash va ularni kamaytirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Bu borada kadrlarni tizimli tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish ham muhim masala hisoblanadi. Ularning ish shakllari va uslublarini takomillashtirish, ma’suliyatni his etishi va unga nisbatan munosabatning tubdan o‘zgartirilishi, rag‘batlantirishning aniq va puxta mexanizmlarini shakllantirish lozim.
Moliyaviy menejment – bu zamonaviy usullar asosida moliyaviy xo‘jalik faoliyatini boshqarishga yo‘naltirilgan faoliyat ko‘rinishidir.
Moliyaviy menejmentning maqsadi. Butun bir korxona yoki uning foydasi markazi bo‘lgan alohida ishlab chiqarish xo‘jalik zvenolari faoliyatining maqsadlariga erishish uchun manbalar, usullar va qurollarni ishlab chiqarish va qo‘llash hisoblanadi.
Moliyaviy menejmentning funktsiyalariga quyidagilar kiradi:
Moliyaviy hisobotni tahlil etish;
Pul mablag‘larini bashorat qilish;
Qarzlar va kreditlar olish;
Investitsiyalar bilan operatsiya;
Firmalarning qo‘shilishi va ajralishi operatsiyalarini baholash.
Investitsion karorlar quyidagi savollar bo‘yicha qabul qilinadi:
Aktivlar tuzilmasini optimallash;
Ularni o‘zgartirish ehtiyojini aniqlash yoki hisobdan chiqarish;
Investitsion siyosatni, ularning realizatsiyasi usullari va mablag‘larini ishlab chikish;
Moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan talabni aniqlash;
Butun firma bo‘yicha investitsiyalarni rejalashtirish, ishlab chiqarish bo‘limlarida yaratilayotgan investitsion loyihalarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Qimmatbaho qog‘ozlar portfelini boshqarish.
Investitsion qarorlar qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarda qabul qilinadi. Qisqa muddatli investitsion qarorlar firmaning joriy davrdagi kapital tuzilmasini aniqlashga yunaltiriladi va balansda aks ettirilgan bo‘ladi. Bunday qarorlar qabul qilish moliyaviy menedjerlardan qisqa muddatli moliyalash sohasida firmani boshqarishda, ularni bozor rivojining joriy tendentsiyasini hisobga olgan holda asoslangan usullarini qo‘llashda chuqur amaliy bilimga ega bo‘lish talab qilinadi.
Uzoq muddatli investitsion qarorlar (strategik) firmaning kelajakda muvaffaqiyat bilan ishlashini ta’minlaydi. Moliyalash manbalari bo‘yicha qarorlar quyidagi savollar bo‘yicha kabul kilinadi:
Firmaning samarali ishlashini ta’minlash uchun o‘zlik va qarz mablag‘larini ishlatish va optimal nisbat siyosatini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish;
Juda foydali sharoitlarda kapitalni jalb qilish siyosatini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish;
Dividend siyosati va boshqalar.



Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish