Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliyaviy tahlil



Download 6,69 Mb.
bet197/296
Sana02.03.2023
Hajmi6,69 Mb.
#915824
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   296
Bog'liq
Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliy

Ko‘rsat
kichlar

Hisobot yili

O‘tgan yil

Farqi (+;-)

Daromad

Xarajat

Daromad

Xarajat

Daromad

Xarajat

Mahsulot (ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum

5 180 801 340

x

3 362 225 550

x

1 818 575 790

x

Sotilgan mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish tannarxi

x

3 191 287 162

x

2 474 622 038

x

716 665 124

Sotishdan yalpi foyda

1 989 514 178




887 603 512




1 131 910 666




Sotilgan mahsulot o‘tgan yil bahosi va tannarxida

4 852 124 352

2 865 241 005

3 362 225 550

2 474 622 038

1 489 898 802

390 618 967

K1 =  q1s0/∑q0 s0
K1*R0 -P0
∑ q1pk- ∑ q1 p1
Korxonada mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan sof tushum, sotilgan mahsulot (ish va xizmat)larni tannarxi, mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan yalpi foyda o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarishini omilli tahlili yuzasidan amalga oshirilgan qayta hisoblashlarda sotishdan daromadlar o‘tgan yilga nisbatan qiyosiy bahoda 1 418 898 802 ming so‘mga, xarajatlar summasi esa 390 618 967 ming so‘mga ortganligini ko‘rish mumkin.
Mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan yalpi foyda va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar qatoriga quyidagilar kiradi:
- sotish hajmi;
- mahsulotlar tarkibining o‘zgarishi;
- mahsulotlarni sotish bahosining o‘zgarishi;
- xomashyolar, materiallar, yoqilg‘i sarflari ta’riflari o‘zgarishi;
- moddiy va mehnat sarflarining o‘zgarishi.


Omillar ta’sirini hisob-kitoblari quyidagi tartibda amalga oshiriladi

Ko‘rsatkichlar

Formulalar

Izohi

1. Sotishdan yalpi foydaning umumiy o‘zgarishi

∆ R = R1 – R0

R1;R0 – joriy va o‘tgan davrdagi yalpi foyda summasi

1.1. Sotilgan mahsulot bahosining o‘zgarishi hisobiga

R1 = ∑ q1p1- ∑q1 p0

q1p1 – joriy davrda sotilgan mahsulot miqdori va bahosi
q1p0 – joriy davrda sotilgan mahsulot o‘tgan yil bahosida

1.2. Xomashyo, materiallar, energiya sarflari ta’rif bahosining o‘zgarishi hisobiga

∑ q1pk- ∑q1 p1

pk – xom ashyo, materiallar, energiya sarflari ta’rif bahosining o‘zgarishi

1.3. Sotilgan mahsulot hajmining o‘zgarishi hisobiga

K1 =  q1s0/q0 s0,
K1*R0 -P0

K1 – sotilgan mahsulot hajmining o‘zgarishi

1.4. Sotilgan mahsulot tarkibining o‘zgarishini sotishdan tushumga ta’siri hisobiga

R0*K2
K2=(∑ q1p0/∑ q0po-∑ q1s0/∑ q0s0)

R0*K2 sotilgan mahsulot tarkibining o‘zgarishining sotishdan tushumga ta’siri hisobiga

1.5. Bir so‘mlik mahsulotga xarajat summasining o‘zgarishi hisobiga

∑ q1s0- q1sk

sk – shartli baholar o‘zgarishi hisobiga korrektirovka qilingan tannarx

1.6. Sotilgan mahsulot tarkibiy o‘zgarishlarining tannarxga ta’siri hisobiga

∑ q0s0*K1- q0s0




Omillar ta’sirini jamlash



Ko‘rsatkichlar

mln so‘m

Sotishdan yalpi foydaning umumiy o‘zgarishi

1 131 910 666

1.1. Sotilgan mahsulot bahosining o‘zgarishi hisobiga

328 676 988

1.2. Xomashyo, materiallar, energiya sarflari ta’rif bahosining o‘zgarishi hisobiga

-488 289 775

1.3. Sotilgan mahsulot hajmining o‘zgarishi hisobiga

178 891 297

1.4. Sotilgan mahsulot tarkibining o‘zgarishini sotishdan tushumga ta’siri hisobiga

1 874 444 428

1.5. Bir so‘mlik mahsulotga xarajat summasining o‘zgarishi hisobiga

-390 618 967

1.6. Sotilgan mahsulot tarkibiy o‘zgarishlarining tannarxga ta’siri hisobiga

-371 193 305

Korxonada sotishdan olingan yalpi foyda va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar ta’sirida sotilgan mahsulot bahosining o‘zgarishi (328 676 988 ming so‘m), sotilgan mahsulot hajmining o‘zgarishi (178 981 297 ming so‘m), sotilgan mahsulot tarkibiy o‘zgarishining sotishdan tushumga ta’siri (1 874 444 428 ming so‘m) ijobiy ta’sir etgan.


Xomashyo va materiallar, energiya safrining ta’rif baholarining o‘zgarishi hisobiga (488 289 775 ming so‘m), bir so‘mlik mahsulotga xarajat summasining o‘zgarishi hisobiga (390 618 967 ming so‘m) hamda sotilgan mahsulot tarkibiy o‘zgarishlarining tannarxga ta’siri tufayli (371 193 305 ming so‘m) yalpi foyda kamayishi kuzatilgan.
Barcha omillar ta’sirida mahsulot sotishdan yalpi foyda summasi o‘tgan yilga nisbatan 1 131 910 666 ming so‘mga ortgan.


9.7. Moliyaviy natijalar tarkibiga kiruvchi xarajatlarning turlari va ularning tavsifi


Xo‘jalik yurituvchi subyektlar xarajatlari funksiyalar bo‘yicha:


- mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari;
- sotish xarajatlari;
- ma’muriy xarajatlar;
- boshqa operatsion xarajatlar;
- moliyaviy xarajatlar;
- favqulodda xarajatlarga tarkiblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarining xarajatlari mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari, moliyaviy xarajatlar va favqulodda xarajatlardan iborat bo‘ladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha xarajatlari ularning xususiyati (masalan, eskirish, xomashyolar xaridi, transport xarajatlari, xodimlarga haq to‘lash xarajatlari)ga qarab birlashtiriladi. Masalan:
- foydalanilgan xomashyolar va materiallar;
- xodimlarga haq to‘lash xarajatlari;
- eskirish va amortizatsiya xarajatlari;
- boshqa xarajatlarga tarkiblanadi.
Mahsulot (ish va xizmat)lar ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli bo‘ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ustama xarajatlar.
Davr xarajatlari deganda bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar va sarflar tushuniladi: boshqaruv xarajatlari, mahsulotni sotish xarajatlari va umumxo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.
“Davr xarajatlari”ga quyidagi moddalar kiradi.

Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish