Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliyaviy tahlil



Download 6,96 Mb.
bet83/296
Sana28.05.2022
Hajmi6,96 Mb.
#613541
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   296
Bog'liq
Moliyaviy tahlil darslik

Transport korxonalari. Transport tashkilotlari barcha bo‘g‘inlarda o‘z ahamiyati va muhimligi bilan alohida o‘rin tutadi. Transport tashkilotlarida muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari sifatida bir kilometr, bitta yo‘lovchi, tonna yukga qilingan xarajatlar darajasi baholanadi.
Qishloq xo‘jaligi. Qishloq xo‘jaligi korxonalari aktivlari tarkibida eng muhim element bu yer hisoblanadi. Boshqa aktivlardan farqli ravishda yer amortizatsiya qilinmaydigan aktiv hisoblanadi. Shuningdek‚ aktivlar qatorida biologik aktivlar salmog‘i ham yuqori ulushni tashkil etadi. Faoliyat samaradorligi va natijaviyligidagi dinamik o‘zgarishlar (o‘sish) qishloq xo‘jaligi korxonalarini rivojlanishining muhim omili hisoblanadi.
Moliyaviy soha. Moliyaviy kompaniyalarda aktivlar tarkibida asosiy ulushni qimmatli qog‘ozlarga, ko‘chmas mulkka va boshqa instrumentlarga yo‘naltirilgan qisqa va uzoq muddatli investitsiyalar hajmi tashkil etadi. Shu sababli birinchi navbatda ushbu investitsiyalarning sifatini baholashga.
Passivlar tarkibida eng yuqori ulushni albatta qarz mablag‘lari tashkil etadi. Masalan banklar ushbu majburiyatlarning jami passivlar tarkibidagi salmog‘i 90-95 foizga yetadi. Shu sababli‚ jalb qilingan qarz mablag‘larining qiymatiga, ularning qoplanishiga muhim ahamiyat beriladi.
Banklarning moliyaviy hisobotlari va ularning yuritilishi boshqa tarmoq korxonalaridan tubdan farq qiladi. Axborotlarni olinishi va ularda ma’lumotlarning ochib berilishi yuzasidan albatta farqli jihatlarni tarkiblash mumkin.
Banklar uchun eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichi sifatida aktivlar rentabelligi, xususiy kapital rentabelligi ko‘rsatkichlari baholanadi.


3.5. Mahsulot ishlab chiqarish hajmi, xarajat va foyda aloqadorligini tahlili (CVP tahlil)


Tushum = doimiy xarajatlar + o‘zgaruvchan xarajatlar + foyda


Tushum = doimiy xarajatlar + bir birlikka o‘zgaruvchan xarajatlar * mahsulot miqdori + foyda.
CVP tahlil- xarajat, tushum va foyda aloqadorligini tahlilidir.
CVP tahlilning asosiy vazifalari:
- xarajatlarni to‘liq qoplash imkonini beruvchi sotish hajmini –zararsizlik nuqtasini aniqlash;
- mahsulot ishlab chiqarish hajmining zararsizlik hajmini aniqlash;
- zarur bo‘lgan foyda miqdoriga ega bo‘lish yuzasidan sotish hajmini aniqlash;
- korxonaning raqobatdoshligini ta’minlovchi sotish hajmini baholash;
- rejalashtirilgan darajadagi talab va daromadni ta’minlashga imkon beradigan mahsulotlar narxini belgilash;
- eng samarali ishlab chiqarish texnologiyalarini tanlash;
- optimal ishlab chiqarish rejasini qabul qilishni amalga oshirish.
CVP tahlilida taxminlar:
- xarajatlarning o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tarkibga bo‘linishi;
- doimiy xarajatlar mahsulot hajmiga bog‘liq bo‘lmagan holda ma’lum darajaga qadar o‘zgarishsiz qolishi;
- o‘zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga mos ravishda, proporsiallikda o‘zgarib borishi;
- sotilgan mahsulotlar va ishlab chiqarish resurslarining doimiy narx birligi;
- mahsulot assortimentining doimiyligi;
- ishlab chiqarish va sotish hajmining tengligi;
- korxona faoliyat samaradorligi o‘zgarishsiz qolishi taxmin qilinadi.
CVP tahlilning asosiy elementlari:
- kritik hajm;
- qoplash koeffitsiyenti;
- xavfsizlik normasi;
- sotish tarkibi;
- xarajatlar tarkibi;
- operatsion richag;
- moliyaviy richag samarasi.
CVP tahlilning axborot manbalari:
- buxgalteriya hisobi va hisoboti;
- boshqaruv hisobi va hisoboti;
- statistika hisobi va hisoboti ma’lumotlari;
- hisobdan tashqari ma’lumotlar.
Iqtisodiy aktivlar harakatida foydani shakllantirishning eng muhim omili bu ishlab chiqarish xarajatlari va ular tufayli erishilgan iqtisodiy samarani (mahsulot chiqishi) tijorat faoliyatidan pul va pul ekvivalentlari shaklida tushumlarning ortishi shaklida (sotish jarayoni) aktivlarning ko‘payishi hisoblanadi. Bundan, foyda va unga daxldor bo‘lgan daromadlar va xarajatlar bog‘liqligi kelib chiqadi.
Foydaning to‘planishi korxonaning qaysi sohaga mansubligiga bog‘liq. Agar u ishlab chiqarish korxonasi bo‘lsa foydaning asosiy manbai ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hisoblanadi. Agar u xizmat ko‘rsatishga daxldor korxona bo‘lsa‚ foydaning asosiy qismi xizmat ko‘rsatish evaziga olingan tushumdan tashkil topadi va h.k. Shu tufayli tahlil jarayonida qaysi soha o‘rganilayotgan bo‘lsa uning faoliyatidan kelib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Biznesni harakatga keltiruvchi kuch faoliyatning (egaistik ko‘rinishdagi harakatlar) yakunida erishiladigan foyda hisoblanadi. Shu sababli, foyda mulk shaklidan qat’i nazar barcha korxonalarning faoliyatini baholashning yagona ko‘rsatkichi sifatida qaraladi. Shuningdek, foyda bu – maqsadli harakatning rag‘bati hamdir. Tijorat faoliyati va uning davomiyligi ko‘pincha ushbu unsurning hajmiga, to‘g‘ri taqsimotiga va ishlatilishiga bog‘liq. Foyda o‘z-o‘zidan iqtisodiy aktivlarni oldingi harakatlarining mutanosibligidan kelib chiqadi.
3.4-jadval

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish