Ko‘rsatkichlar
|
Belgi
|
Summa, mln so‘m
|
Sotishdan tushum
|
T
|
60000
|
Sotishdan foyda
|
F
|
5000
|
O‘zgaruvchan xarajatlar
|
Xo‘
|
30000
|
Doimiy xarajatlar
|
Xd
|
25000
|
Operatsion richag /qiymat/
|
Orq
|
12.0
|
Operatsion richag/natura/
|
Orn
|
6
|
Xulosa: korxonada operatsion leveridj qiymati 12 ming so‘mni natura bo‘yicha 6 ming birlikni tashkil etgan.
3.12. Operatsion risklar va ularni boshqarish
Yuqori darajadagi ishlab chiqarish leveridjga ega bo‘lgan korxona uchun ishlab chiqarish hajmini sezilarsiz o‘zgarishi, umumiy foydani sezilarli o‘zgarishiga olib keladi. Bu ko‘rsatkich korxona uchun doimiy hisoblanmaydi va u korxona sotish hajmining zaxira miqdori bilan bog‘liqdir. Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi kritik sotish hajmining sezilarsiz ko‘tarilishidan kelib chiqsa, bu ko‘rsatkich katta ahamiyatga egadir. Bu holatda, sotish hajmining sezilarsiz o‘zgarishi ham umumiy foydani o‘zgarishiga olib keladi, bunga sabab, umumiy foydaning zaxira (базавое) ahamiyati, bu holatda «0»ga yaqin.
Ishlab chiqarish leveridji faqatgina bir xil ishlab chiqarishning zaxiraviy darajasiga ega bo‘lgan korxona uchun ahamiyatlidir. Bu ko‘rsatkichning ko‘proq ahamiyati yuqori texnika-texnologiya bilan qurollangan korxonalar uchun xarakterlidir. Aniqroq qilib aytganda, korxonaning o‘zgaruvchan xarajatlariga qaraganda qanchalik doimiy xarajatlarning yuqori bo‘lishi, ishlab chiqarish leveridjining yuqoriligidan dalolat beradi. Shunday qilib, o‘zgaruvchan xarajatlarni kamaytirish maqsadida o‘zining texnika-texnologiya bilan qurollanganlik darajasini yaxshilashda, korxona o‘z navbatida o‘zining ishlab chiqarish leveridjini o‘sishiga olib keladi. Yuqori darajadagi tijoriy leveridjga ega bo‘lgan korxona ishlab chiqarish tavakkalchilik nuqtayi nazaridan ko‘proq tavakkalchilikka (riskka) ega bo‘ladi. Bu risk-umumiy foydani to‘liq ola olmaslikni ifodalaydi.
Biznesni boshqarish bu risklarni boshqarish demakdir. Har bitta korxonani boshqarish turlicha bo‘lganligi va bir-biriga o‘xshamasligi sababli korxonada risklarni boshqarish ham bir-biridan tubdan tubdan farq qiladi. Shu sababli, bugungi kunda risklarni aniqlash va ularni boshqarish yuzasidan aniq metodika ishlab chiqilmagan va u har bitta korxonaning faoliyat, boshqaruv funksiyalari ijrosidan kelib chiqqan holda u yoki bu darajada yuritilmoqda.
Risklarni modellashtirish yuzasidan turli modellari ishlab chiqilgan. Ularning tarixiy qiymatga bog‘langan, statistik tahlil, tajriba modellarini tarkiblash mumkin.
Operatsion risklarni boshqarish yuzasidan quyidagi usullardan foydalaniladi:
- operatsion risklar bo‘yicha axborotlarni yig‘ish va tahlil qilish;
- risklarning muhim indikatorlari monitoringi;
- baholash;
- biznes jarayonlar reglamenti;
- qonunchilik normalariga amal etilishi nazorati;
- informatsion texnologiyalarning risk nazorati;
- xodimlarni o‘qitish, rag‘batlantirish va motivlashni tako-
millashtirish;
- biznes jarayonlarni avtomatlashtirish;
- operatsion risklar bo‘yicha ichki hisobotni tartibi;
- faoliyat uzluksizligini ta’minlash rejalarini tuzib chiqish;
- operatsion risklar sug‘urtasi;
- alohida funksiyalarning autsorsingi.
Do'stlaringiz bilan baham: |