Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliyaviy tahlil


Tahlil so‘zi grekcha “analyzis” so‘zini o‘zbek tilidagi tarjimasi bo‘lib, u “bo‘laman”



Download 6,96 Mb.
bet9/296
Sana28.05.2022
Hajmi6,96 Mb.
#613541
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   296
Bog'liq
Moliyaviy tahlil darslik

Tahlil so‘zi grekcha “analyzis” so‘zini o‘zbek tilidagi tarjimasi bo‘lib, u “bo‘laman” yoki “ajrataman” degan ma’noni bildiradi. Demak, tahlil deganda, tor ma’noda butunni qismlarga (unsurlarga) ajratish, bo‘laklarga bo‘lish yo‘li bilan uning tarkibiy qismini o‘rganish tushiniladi.
“Tahlil” deganda o‘zi nimani tushunamiz? Tahlil o‘zi nimani o‘rganadi yoki o‘rgatadi? Tahlil bu fanmi yoki metodmi? Bunday savollarni biz juda ko‘p uchratamiz.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, real voqelikda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni o‘rganishda faqat tahlilni o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Inson tafakkuriga mos keluvchi boshqa usullardan ham foydalanishga zaruriyat tug‘iladi. Shu jihatda tahlilga muqobillikda “sintez” usuli ham tarkiblanib, uning yordamida o‘rganilayotgan to‘plamning ayrim birliklari orasidagi aloqalar va o‘zaro bog‘liqliklari aniqlanadi.
“Sintez” atamasi ham grekcha “syntezis” so‘zidan olingan bo‘lib, “birlashtiraman”, “qo‘shaman” degan ma’noni bildiradi. 
Shunday qilib, tahlil deganda, keng ma’noda butunni tarkibiy qismlarga ajratish va ularni barcha o‘zaro aloqalari hamda bog‘liqliklarini o‘rganishga asoslangan atrof-muhitdagi hodisa va predmetlarni bilish usuli tushiniladi.
Ma’lumki, tahlil tushunchasi juda keng ma’noga ega bo‘lib, u turli soha va yo‘nalishlarda qo‘llaniladi. Fan va amaliyotda tahlilni juda ko‘p turlarini uchratish mumkin: iqtisodiy, moliyaviy, ximiyaviy, fizik, matematik, statistik va h.k. Ular albatta bir-biridan o‘rganayotgan obyektlari, maqsadlari va o‘rganish uslublari bilan farq qiladi.
Iqtisodiy jarayonlarni, ularning o‘zgarish tendensiyalarini, rivojlanishi va taraqqiyotini mavhum-mantiqiy tekshirish usullari orqaligina anglash mumkin. Bu borada mikroskoplardan, ximiyaviy reaktivlardan, o‘lchov vositalaridan foydalanib bo‘lmaydi.


1.3. Moliyaviy tahlil fanining metodi va uning o‘ziga
xos xususiyatlari


Metod juda keng ma’no va tushunchaga ega. Fanning metodi obyektni o‘rganish usullari, vositalari, yo‘llarini ifodalaydi. Metod grekcha “metodos” so‘zidan olingan va “o‘rganish yo‘li, usuli” degan ma’noni anglatadi.
Metod deganda voqelikda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni o‘rganishga yondashish usuli tushuniladi. Tahlil va sintez umum dialektik o‘rganishning, ilmiy usuli sifatida qaraladi. Uning o‘ziga xos xususiyati shuki, ushbu usul o‘zaro bog‘liqlik, aloqadorlikda o‘rganishni ifodalaydi.
Tahlil fanining (uning mikro ko‘lamdagi barcha turlariga nisbatan) metodini aniqlash ham uning predmetini belgilashdagi kabi juda tortishuvli masalaga aylangan va bu borada hozirgacha yagona fikrga kelingani yo‘q.
Juda ko‘p olimlar N.R.Veytsman, M.Rubinov, P.I.Savichev, V.V.Osmolovskiy, V.A.Beloborodov, S.B.Borngolts, M.I.Bakanov, A.D.Sheremet, N.A.Xan, A.V.Vaxobov, A.T.Ibragimov, N.P.Ishonqulov, M.Q.Pardayev va M.Yu.Raximovlar tomonidan tahlil fanining metodlariga turlicha ta’riflar berilgan6. Lekin ularning barchasi bir-biriga yaqin va qarama-qarshiliklardan holi bo‘lgan ta’riflardir.

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish