Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliyaviy tahlil


Mahsulot (ish, xizmat)larning kritik hajm darajasi va uning omilli tahlili



Download 6,96 Mb.
bet86/296
Sana28.05.2022
Hajmi6,96 Mb.
#613541
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   296
Bog'liq
Moliyaviy tahlil darslik

3.6. Mahsulot (ish, xizmat)larning kritik hajm darajasi va uning omilli tahlili


Firma va kompaniyalar faoliyat yuritayotganda turli kutilmagan hodisalarga duch keladi. Bu esa to‘g‘ri baholashni talab etadi. Mahsulot (ish, xizmatlar)ni ishlab chiqarishda uning qanday hajmi korxonaga zararsiz ishlash imkonini tug‘diradi yoki mahsulotning qaysi birligida mahsulot sotishdan olinadigan tushum to‘la o‘zgaruvchan va o‘zgarmas xarajatlarni qoplay oladi?


Mahsulot ishlab chiqarishning kritik hajm darajasini aniqlash yuzasidan 3 xil yondashuv mavjud:
Grafik usul (mahsulot ishlab chiqarish hajmini aniqlashning xarajat-tushum-foyda aloqadorligidagi kompleks grafigi tuziladi);
Tenglik usuli (Tushum-xarajat=foyda formulasidan iborat tenglikdan foydalaniladi);
Marjinal daromad usuli (sotishdan sof tushum-o‘zgaruvchan xarajatlar=marjinal foyda-doimiy xarajatlar=yalpi foyda).
Ushbu vazifani bajarish uchun firma va kompaniyalarda mahsulot ishlab chiqarishning kritik hajm darajasi ko‘rsatkichi aniqlanadi:
ST-O‘X>DX
Boshqacha qilib aytganda, rentabellikka erishishning eng afzal quroli – bu o‘zgaruvchan xarajatlarni minimallashtirish (kamaytirib borish)dir. Buning uchun rentabellikning chegaraviy nuqtasi, ya’ni “Zararsizlik nuqtasiˮni aniqlash zarur.
“Zararsizlik nuqtasiˮ deganda foyda va zarur zonalarini bir-biridan ajratib turadigan chegaraviy nuqta tushuniladi. Bu nuqta xarajatlarni qoplash uchun zarur bo‘lgan, minimal oborot hajmini yoki minimal tushum hajmini ko‘rsatadi. Bu nuqtaga erishish tufayli ishlab chiqarilgan (sotilgan) qandaydir minimal mahsulot hajmi bilan korxona xarajatlarini butunlay qoplashga erishish mumkin. Bu g‘oya “marjinal foyda konsepsiyasiˮga asoslanadi. Uning formulasi quyidagicha:

Tushum – O‘X = MF – DX = Foyda
Bu yerda,
MF- marjinal foyda
O‘X- o‘zgaruvchan xarajatlar, ya’ni:
• ijara haqi;
doimiy maoshlar;
• reklama xarajatlari;
• kommunal xizmat xarajatlari;
• sug‘urta xizmat xarajatlari;
• sug‘urta badallari;
• soliqlar;
•amortizatsiya ajratmalari.
DX- doimiy xarajatlar, ya’ni:
• xomashyo va materiallar;
• ishbay ish haqlari;
• texnik xizmat ko‘rsatish;
• mukofot summalari va h.k.
Har bitta korxona mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish rejasini tuzishda albatta kutiladigan foyda normasini hisoblashga va biznes samaradorligini baholashga ahamiyat berishadi. Foyda normasini belgilab olish, erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida yanada murakkab masala hisoblanadi. Negaki uning hisob-kitobida turli tahlikalarni (risklarni) hisobga olishga to‘g‘ri keladi.
Foyda normasini hisoblashni murakkabligi shundaki, bunda resurslar, mahsulotlar bahosi, soliqlar, to‘lovlar firma va kompaniyalar faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘zgaruvchanlikka ega bo‘ladi. Ularni hisob-kitob qilish imkoni tug‘iladi qachonki aniq ko‘rsatkichlar manbasiga ega bo‘linsa. Bu manba inflyatsiyani ta’sir darajasi, baholarning o‘zgarish holatlari, ishlab chiqarish xarajatlarini o‘zgaruvchanligi (mahsulot hajmi va resurslar bahosini o‘zgarishi hisobiga) bo‘lishi mumkin.
Kritik hajm darajasini aniqlashga quyidagi hollarda murojaat qilinadi:

  • korxona yangi tashkil etilganda;

  • ishlab chiqarish va marketing tadqiqotlari tahlilida;

  • yangi mahsulot turini ishlab chiqarish yoki eski mahsulot turini rad qilish qarorini tayyorlashda;

  • ishlab chiqarishni modernizatsiyalashda;

  • mahsulotlarni tarkibiy o‘zgarishlarini amalga oshirishda.

Kritik hajm tahlilida javob tayyorlanadigan yo‘nalishlar:

  • xarajatlarni kamaytirish mumkinmi?

  • sotish hajmi o‘sadimi yoki kamayadimi?

  • baho oshadimi yoki kamayadimi?

  • doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar qanday bo‘ladi?

Kritik hajm darajasi doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar summasi va mahsulotlarni sotish baholari orqali hisob-kitob qilinadi.
Sotishning tegishli hajmiga erishish uchun avvalo baho birligi belgilanishi lozim. Baho birligi belgilangandan keyin kritik hajm darajasi qaytadan hisob-kitob qilinadi. Agar olingan natija zararsizlik darajasini qanoatlantirmasa baho korrektirovka qilinadi va daraja hisob-kitobi qaytadan amalga oshiriladi. Marjinal foydaning ko‘zda tutilgan darajasiga erishilmasa, mahsulot tannarxini kamaytirish choralari ko‘riladi.
Tahlil yakunida yakuniy zararsizlik darajasi hisob-kitob qilinadi va davriy oraliqda korxonaning moliyaviy rejasi belgilab olinadi.
Kritik hajm darajasini tahlil etishning maqsadi – foyda olish imkoniyatini belgilashdan iborat. Agar korxonaning foydaga ishlash imkoniyatini aniq baholasak, ijobiy pul oqimlariga ega bo‘lish imkoniyatlari ham bilinadi.
Doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarni qanday hisob-kitob qilish mumkin? Ushbu xarajatlar buxgalteriya hisobining mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha xarajatlarini alohida, kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha o‘rganish orqali bilib olinadi.
Xalqaro amaliyotda kritik hajm darajasini aniqlashda analitik tadbirlarning quyidagi metodikasi belgilangan.

  1. O‘zgaruvchan va o‘zgarmas xarajatlar tarkiblanadi.

  2. Mahsulot ishlab chiqarishning kritik hajm darajasi belgilanadi




Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish