Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliyaviy tahlil



Download 6,96 Mb.
bet209/296
Sana28.05.2022
Hajmi6,96 Mb.
#613541
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   296
Bog'liq
Moliyaviy tahlil darslik

Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning tarkibi tahlili

Ko‘rsatkichlar nomi

Satri

O‘tgan yil

Hisobot yili

Farqi (+,-)

O‘sishi, %

1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i

280

16 304 363

30 730 577

14 426 214

188.4

2. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i

290

191 645 223

258 722 106

67 076 883

135.1

shu jumladan: shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ajratmalar

291













3. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i

300

40 674 456

83 965 344

43 290 888

206.4

4. Qo‘shilgan qiymat solig‘i

310

271 325 645

417 841 490

146 515 845

153.8

5. Aksiz solig‘i

320

-

-

-

-

6. Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq

330

-

-

-

-

6. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

340

2 256 400

3 942 012

1 685 612

174.7

7. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq

350

213 121 506

313 560 412

82 438 906

146.9

8. Yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘i

360

125 642 301

138 625 410

12 983 109

110.4

Korxonada foydadan soliq to‘lovi o‘tgan yilga nisbatan 14 426 214 ming so‘mga yoki 188.4 foizga ortgan. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i o‘tgan yilga nisbatan 67 076 883 ming so‘mga yoki 135.1 foizga, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i o‘tgan yilga nisbatan 43 290 888 ming so‘mga yoki 206.4 foizga, qo‘shilgan qiymati solig‘i 146 515 845 ming so‘mga yoki 153.8 foizga, suv resurslaridan foydalanganlik solig‘i 1 685 612 ming so‘mga yoki 174.7 foizga, mol-mulk solig‘i to‘lovi o‘tgan yilga nisbatan 82 438 906 ming so‘mga yoki 146.9 foizga ortgan.




9.13. Soliq to‘lovlari dinamikasi, ularning natijaviy ko‘rsatkichlar bilan qiyosiy tahlili


Zamonaviy talablarga javob beradigan soliq tizimini yaratish iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish, investitsiya muhitini yaxshilash hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirishning asosiy shartlaridan biridir.


Jumladan, bu yo‘nalishda soliq tizimini takomillashtirish jarayonida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan soliq yukini izchil kamaytirish maqsadida, eng avvalo, ularning daromadlaridan undiriladigan bevosita soliqlarning salmog‘ini kamaytirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Albatta, soliq yukini kamaytirish natijasida korxonalarda o‘z ixtiyorida qoladigan mablag‘lardan ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish, uning samaradorligini oshirish maqsadida investitsiya faoliyatini kengaytirish hamda xodimlar mehnatini yanada rag‘batlantirish imkoni paydo bo‘lmoqda.
Mamlakatimizda ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgartirishlar va islohotlarning mantiqiy davomi sifatida, jumladan, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan, soliq solish tizimini izchillik bilan soddalashtirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish orqali soliq yukini pasaytirish kabi vazifalar belgilangan.
Ushbu vazifalar ijrosi yuzasidan, shuningdek, soliq ma’muriyatchiligining zamonaviy uslublarini joriy etish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar yig‘iluvchanligini oshirish maqsadida joriy 2018-yilning 18-iyulida Prezidentimizning “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmon bilan soliq tizimini takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanlik darajasini oshirish maqsadida davlat soliq xizmati organlari tizimini isloh qilishning muhim yo‘nalishlari belgilab berildi.
Jumladan, soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish, soliq to‘lovchilarga, eng avvalo, tadbirkorlik subyektlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatishga to‘liq o‘tish vazifasi belgilandi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, bir tomondan soliq to‘lovchilarning behuda qog‘oz, yo‘l va boshqa sarf-xarajatlarini kamaytirsa, ikkinchi tomondan ta’magirlik kabi korrupsiya holatlarini oldini olishga xizmat qiladi.
Shuningdek, soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to‘lovchilarga har tomonlama ko‘maklashish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish va soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasining ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish hamda soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish kabi vazifalar yuqorida aytib o‘tilgan ezgu maqsadlarni ko‘zda tutadi.
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil etish orqali soliq solish obektlarini to‘liq qamrab olishni ta’minlash va soliq solinadigan bazani kengaytirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi esa mahalliy byudjetlarning daromad bazasini oshirib, ularning mustaqilligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida “sog‘lom raqobat”ni ta’minlash va “xufyona biznes” yuritish tartiblarini oldini olish yuzasidan ham qator yangi tartiblar belgilanmoqda.
O‘tgan davr mobaynida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tekshirishlarni va ularning faoliyatiga asossiz aralashishlarni qisqartirish natijasida qator ijobiy natijalarga erishildi va bu jarayonlar davom ettirilmoqda.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini rejadan tashqari va muqobil tekshirishlarning bekor qilinganligi, hisobotlarning shakli va topshirish muddatlari soddalashtirilganligi, yangidan imtiyozlar preferensiyalarning joriy etilishi bilan korxonalar ixtiyorida qoladigan mablag‘lar hajmi va ularning samaradorligi hisobiga, byudjetga to‘lovlar va tushumlarning salmog‘idan o‘sish tendensiyalari tobora yaqqolroq ko‘rinmoqda.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning byudjetga to‘lovlari haqidagi axborotlari moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotga ma’lumotnomada hisob-kitob qilingan va haqiqatda to‘langan qiymati bo‘yicha aks ettiriladi.

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish