Tashqi omilar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
- iste’molchilar to‘lov talabining o‘zgarishi va dinamikasi;
- hukumatning hisob, moliya-kredit, soliq siyosati;
- raqobatning jiddiyligi;
- siyosiy barqarorlik;
-resurslar bozoridagi holat;
- inflyatsiya i boshqalar.
Moliyaviy hisobotlarni bashoratlashda tashqi omilardan tashqari albatta birinchi navbatda ichki omillarga ahamiyat qaratish lozim. Negaki bu omillarni o‘zgartirish, ta’sir darajalarini maqsadga yo‘naltirish imkoniyatlari mavjud.
Ichki omillar qatoriga quyidagilar kiradi:
- ishlab chiqariladigan yoki ko‘rsatiladigan xizmatlarning tarkibi va tuzilishi;
- ishlab chiqarish texnologiyasi va boshqarish modeli;
- korxonaning tarmoq bo‘g‘ini;
- mulk va moliyaviy resurlari, ularning tarkibi va tuzilishi, boshqaruv strategiyasi;
- ishlab chiqarish va faoliyat samaradorligi;
- kapital oqimini tashkil etilishi, uning (daromad va xarajatlar nisbatidagi) mos shakli;
- menejment sifati;
- investitsiyalar hajmi va sifati;
Korxona moliyaviy holati, natijalari va pul mablag‘lariga ta’sir etuvchi birliklariga ta’sir etuvchi omillar ta’sirini hisoblash juda murakkab va qiyin jarayon. Analitiklar bu borada shaxsiy yondashuvlar, asoslarga tayanishga majburlar. Shu sababli ta’sir darajalarini hisoblashda har bitta o‘rganiladigan birlik alohidalikda, bog‘liqlikda va aloqadorlikda baholash talab etiladi.
14.6. Bashorat ko‘rsatkichlarining ishonchliligini baholash hamda bashoratlashdagi kamchiliklar
Tadbirkorlik faoliyatining samaradorligi nafaqat olingan foydaning miqdori bilan balki, biznes (korxonaning bozor) narxining ortishi bilan, faoliyatning kelgusidagi taraqqiyotining muhim dastaklarining mustahkamligi bilan ham baholanadi.
Qarz beruvchi qarz oluvchining pulni u yoki bu muddatda qaytarib berish taklifi haqiqiy ekanligini, investorlar qo‘yilgan mablag‘larga dividend olish ehtimolini, mol yetkazib beruvchilar davomli aloqalarda to‘lovlarda uzilishlar bo‘lmasligini bilishi kerak. Qarz beruvchi buni statistik va moliyaviy prognozlar tuzish yo‘li bilan aniqlashi mumkin, ular asosida arizachiga qarzni qaytarishning haqiqiy muddatini, shuningdek qarzning asosiy summasini qaytarish uchun qilinadigan oylik to‘lovlar miqdori kabi boshqa tafsilotlarni tavsiya qilishi mumkin.
Odatda qarz olmoqchi bo‘lgan tadbirkor naqd pullar harakati jadvali, moliyaviy va statistik prognozlar, loyihadan pul kelishining loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlardan oshishini ta’minlashi, shuningdek qarz beruvchining qarz berishi uning uchun qanchalik xavfsiz ekanligini va qarzga oluvchi pulni, kelishilgan shartlarga muvofiq, qaytarib berishni uddalay olishini baholashi talab etiladi.
Ba’zan shunday ham bo‘ladiki, tadbirkorlik faoliyati jadal kechyapti-yu, natijalar foyda yo‘qligini ko‘rsatadi. Bu nimadan dalolat beradi. Bu avvalo, xarajatlar nazorat qilinmayatganligidan, bozor etarli emasligidan, marketing to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligidan dalolat beradi.
Korxonalarning majburiyatlarni qoplash uchun etarli pul mablag‘lari borligini aniqlash uchun qarz beruvchi korxona pul mablag‘lari harakati prognozini diqqat bilan ko‘rib chiqishi lozim. Shuningdek qarz beruvchi aylanma kapitalni to‘ldirish uchun zarur bo‘lgan pullarni boshqa sohalariga yo‘naltirmasligiga ham ahamiyat qartishi lozim.
Rejalashtirish va prognozlash orqali joriy ishlab chiqarishning ko‘lamini, moliyaviy ahvolini, natijalarini va pul oqimini oldindan aytish mumkin.
Biznesining ko‘lamiga mos buxgalteriya hisobi tizimini yo‘lga qo‘ygan tadbirkor, doimo biznesining boshlanishidan to shu kungacha qanday rivojlanganligini ko‘ra biladi. Biroq tadbirkor kelgusida barcha majburiy to‘lovlarni (masalan, maoshlarni to‘lash, materiallarga to‘lash, foizlar, ta’minotchiga yoki bankka kreditni qaytarish va b.) to‘lay olishiga ishonch hosil qilishi lozim. Hisobot tizimidan olingan raqamlar, ayniqsa mavsumiy xarakterdagi biznes bilan to‘qnashganda, bunday bashoratlarni tuzishda juda qo‘l keladi.
Moliyaviy bashorat rejasini tuzishning tekshirilgan usuli – pul oqimlari harakati rejasi hisoblanadi. Nomidan ko‘rinib turibdiki, bu reja biznesga kiruvchi va chiquvchi pul oqimlarini ko‘rsatadi. Pul oqimlari harakati rejasini tuzishda korxonaning bank hisob raqamida turgan pullari ham hisobga olinadi. Biznesga pul oqimlari odatda tovarlar, mahsulotlar va xizmatlarni sotishdan kelib tushadi. Shuningdek, kiruvchi pul oqimining bank krediti, eski uskunalarni sotish, ortiqcha to‘langan soliqlarni qaytarish kabi manbalari ham mavjud.
Biznesdan chiquvchi pul oqimi asosan mehnatga haq to‘lashga, ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashga va asosiy kapital xarajatlarini to‘lashga ketadi. Qo‘l ostida marketing rejasiga ega bo‘lgan tadbirkor kutilayotgan kapital aylanmasini va tovarlar ishlab chiqarish yoki harid qilishga rejalashtirilayotgan xarajatlarni ko‘rib turadi.
Pul oqimlari harakatining har oylik rejasi tadbirkor uchun har oy mobaynida kutilayotgan moliyaviy mablag‘larni kiruvchi va chiquvchi oqimlarini baholashning instrumenti hisoblanadi. Bu tadbirkorda puli tugab qolish vaziyatini chetlab o‘tishiga yordam beradi.
Bashorat ko‘rsatkichlarining ishonchligidagi eng muhim muammo bu o‘z vaqtida, aniq va to‘liq axborotlarning olinishida deyish mumkin.
Bashoralashdagi yana bir muhim kamchilik korxonalarda byudjetlashtirish amaliyotiga amal etmaslik yoki uning nomigagina o‘tkazilishidir. Ya’ni korxonalar bashoratlangan buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘rsidagi hisobotlarni tuzish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmagan.
Soliqlar, to‘lovlarning uzoq davriylikdagi normalarining qat’iy belgilanmaganligi moliyaviy hisobotlarni bashoratlashdagi asosiy kamchiliklardan bittasidir.
Bashoratlash va byudjetlashtirishda eng muhim kamchiliklardan biri boshqaruv hisobining korxonalarda to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi va takomillashtirish zaruriyati bilan ham xarakterlanadi.
Moliyaviy hisobot ma’lumotlari konfedentsialligi axborot foydalanuvchilarning talablarini, huquqlarini himoya etganligi sababli ularni olish, mustaqil foydalanish imkoniyatlari cheklanganligi ham tashqi qiziquvchilarning o‘z xatti-harakatlarini belgilash yuzasidan etarli emasligi ham sohadagi muhim kamchiliklardan biridir.
Buxgalteriya hisobining, byudjetlashtirish va prognozlashdagi dasturiy ta’minotlarning etarli yoki mukammal emasligi ham sohadagi asosiy kamchiliklar qatoriga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |