Ko‘rsatkichlar nomi
|
2017 yil
|
2016 yil
|
Mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan sof tushum
|
5 180 801 340
|
3 362 225 550
|
Sotilgan mahsulot (ish va xizmat) arning tannarxi
|
3 191 287 162
|
2 474 622 038
|
Mahsulot (ish va xizmat)larni sotishning yalpi foydasi
|
1 989 514 178
|
887 603 512
|
Davr xarajatlari
|
752 744 444
|
568 302 199
|
Boshka operatsion xarajatlar
|
178 630 359
|
135 306 333
|
Asosiy faoliyatning foydasi
|
1 415 400 093
|
454 607 646
|
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar
|
833 455 050
|
159 047 300
|
Moliyaviy faoliyatning daromadlari
|
506 789 162
|
269 112 080
|
Daromad (foyda) solig‘ini to‘lagunga qadar foyda
|
1 088 734 205
|
564 672 426
|
Favquloddagi foyda va zararlar
|
0
|
0
|
Daromad (foyda) solig‘i
|
30 730 577
|
16 304 363
|
Foydadan boshqa soliqlar va yig‘imlar
|
83 965 344
|
40 674 456
|
Hisobot davrining sof foydasi
|
974 038 284
|
507 693 607
|
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti (2018 yil bashorati)
Ko‘rsatkichlar nomi
|
2016 yil
|
2017 yil
|
O‘rtacha o‘sishi indeksi
|
2018 yil bashorati
|
Mahsulot (ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum
|
3 362 225 550
|
5 180 801 340
|
1.54
|
7 978 434 064
|
Sotilgan mahsulot (ish va xizmat)larning tannarxi
|
2 474 622 038
|
3 191 287 162
|
1.29
|
4 116 760 439
|
Mahsulot (ish va xizmat)larni sotishning yalpi foydasi
|
887 603 512
|
1 989 514 178
|
|
3 861 673 625
|
Davr xarajatlari
|
568 302 199
|
752 744 444
|
o‘zgarishsiz
|
752 744 444
|
Boshka operatsion xarajatlar
|
135 306 333
|
178 630 359
|
o‘zgarishsiz
|
178 630 359
|
Asosiy faoliyatning foydasi
|
454 607 646
|
1 415 400 093
|
|
2 930 298 822
|
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar
|
159 047 300
|
833 455 050
|
o‘zgarishsiz
|
833455050
|
Moliyaviy faoliyatning daromadlari
|
269 112 080
|
506 789 162
|
o‘zgarishsiz
|
506789162
|
Daromad (foyda) solig‘ini to‘lagunga qadar foyda
|
564 672 426
|
1 088 734 205
|
|
2 603 632 934
|
Favquloddagi foyda va zararlar
|
0
|
0
|
o‘zgarishsiz
|
0
|
Daromad (foyda) solig‘i
|
16 304 363
|
30 730 577
|
(2.8 %)+(2.8 %)/2
|
72 901 722
|
Foydadan boshqa soliqlar va yig‘imlar
|
40 674 456
|
83 965 344
|
(7.2 %)+(7.7 %)/2
|
193 970 653
|
Hisobot davrining sof foydasi
|
507 693 607
|
974 038 284
|
|
2 336 760 559
|
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning samaradorligini baholashning asosiy ko‘rsatkichi sifatida moliyaviy samaradorlik, ya’ni sof foyda bo‘yicha rentabellik ko‘rsatkichini olish mumkin. Uni hisoblash formulasi quyidagicha:
Rk = (Cf : O‘k) x 100; Ra = (Cf : A) x 100
Bu yerda:
Rk, Ra – sof foyda bo‘yicha o‘z kapitali va aktivlarning rentabelligi;
Sf – sof foyda;
O‘k – o‘z kapitalining o‘rtacha yillik qiymati;
A – aktivlarning o‘rtacha yillik qiymati.
Bu ko‘rsatkichning o‘sishi foydani soliqqa tortishni qo‘shib hisoblagan holda ichki va tashqi xarakterdagi ko‘plab omillarga bog‘liq. Rentabellikni tarkib toptiruvchilarni tahlil qilish uchun amaliyotda birinchi marta Dyupon formulasidan foydalaniladi.
R = (Sf/O‘k) x (Sf/Ts) x (T/A) x (A/O‘k),
Bu yerda:
Ts – Sof tushum;
A – Aktivlar.
Bir vaqtning o‘zida bu formuladagi (Sf/O‘k) nisbati sof foydaga ko‘ra o‘z kapitalining rentabellik koeffitsiyentini, (Sf/Ts) nisbati sotuv rentabelligini ifodalab tahlil qilinayotgan davrda sof foyda va sotuv hajmi (tushum) o‘rtasidagi nisbatni aks ettiradi. Ushbu ko‘rsatkchlar sotilgan mahsulotning daromadliligini ham xarakterlaydi.
(Ts/A) nisbat xo‘jalik faolligi koeffitsiyentini ko‘rsatadi. Bu koeffitsiyent aktivlarning aylanuvchanligi ifoda etadi.
(A/O‘k) nisbat bir so‘mlik o‘z kapitaliga to‘g‘ri keluvchi aktivlarning umumiy miqdorini ko‘rsatadi.
Aktivlardan foydalanish darajasi, ularning aylanish tezligi, realizatsiya hajmi va sotilayotgan mahsulotlarning daromadliligi xo‘jalik yurituvchi subyekt moliya-xo‘jalik faoliyatining barcha asosiy parametrlari o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi.
Aktivlarining takror ishlab chiqarishdagi rolini baholash uchun xo‘jalik faolligi koeffitsiyentidan baholanadi.
Kxf = Ts / A
Bu yerda:
Kxf – xo‘jalik faolligi koeffitsiyenti.
Bu ko‘rsatkich bir so‘mlik foydalanilayotgan aktivlarga to‘g‘ri keluvchi tushumni xarakterlaydi. Uning o‘sishi boshqa barcha moliyaviy ko‘rsatkichlarining oshishi (ko‘payishi)ga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Aktivlarga joylashtirilgan kapitalning oqilona tarkibiy tuzilishi ham muhim ahamiyatga ega.
Kot = Aa / Kf
Bu yerda:
Kot – kapitalning oqilona tarkibiy tuzilishi;
Aa – aylanma aktivlar;
Kf – barcha foydalanilayotgan kapital.
Foyda va rentabellik hajmining o‘sishini bashoratlashda quyidagi jadval ma’lumotlarini asos qilib olishimiz mumkin.
Foyda va rentabellikni bashoratlash ko‘rsatkichlari tahlili
Ko‘rsatkichlar
|
Joriy davrda 2017 yil
|
Kelgusi davrda 2018 yil
|
Mahsulot (ish va xizmat)larni sotishning yalpi foydasi
|
1 989 514 178
|
3 861 673 625
|
Asosiy faoliyatning foydasi
|
1 415 400 093
|
2 930 298 822
|
Daromad (foyda) solig‘ini to‘lagunga qadar foyda
|
1 088 734 205
|
2 603 632 934
|
Hisobot davrining sof foydasi
|
974 038 284
|
2 336 760 559
|
Aktivlarning o‘rtacha yillik qiymati, ming so‘m
|
18 737 498 861*
|
27 898 388 932**
|
O‘z mablag‘larining o‘rtacha yillik qiymati, ming so‘m
|
8 935 013 771
|
10 882 184 312
|
Aktivlar rentabelligi, %
|
5.2
|
8.3
|
Kapital rentabelligi, %
|
10.9
|
21.4
|
*13 198 104 658+24 276 893 065/2
**24 276 893 065+31 672 544 789/2
Korxonada aktivlarning rentabelligi joriy davrda 5.2 %ni, o‘z mablag‘lari rentabelligi 10.9 %ni tashkil etgan. Ularning kelgusidagi (2018 yildagi) kutilishi mos ravishda 8.3 hamda 21.4 %ni tashkil etgan. Korxona kelgusi davr uchun jalb qilinadigan kapital tarkibida uzoq muddatli va qisqa muddatli majburiyatlarni ko‘paytirishi uning sof foydasi hisobiga foizlar to‘lovini qoplash yuzasidan xech qanday muammoli jihatni ifoda etmaydi.
14.4. Pul mabalag‘lari naqdligini bashoratlash
Boshqa moliyaviy hisobotlar bilan birgalikda pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot axborotlari moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini va ularning ekvivalentlarini jalb etish qobiliyatini baholashga imkon beradi.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot pul tushumlari va to‘lovlarini joriy natijalaridan (ularning yuzaga kelishi va shakllanishining faoliyat turlari bo‘yicha) kelib chiqqan holda korxonaning kelgusidagi pul tushumlarini ham bashoratlash mumkin.
Bunda albatta har bitta faoliyat turi bo‘yicha o‘zgarishlarga muhim ahamiyat qaratiladi. Ya’ni, operatsiya faoliyat, investitsiya faoliyat va moliyaviy faoliyat bo‘yicha pul mablag‘larining kirimi va chiqimi oldindan bashorat qilinadi.
Har uch toifaning pul mablag‘lari harakatiga, holatiga ta’siri birgalikda alohidalikda va umumiylikda o‘rganiladi.
Ularning jamlangan holati tahlil davrida pul mablag‘ining sof o‘zgarishini belgilab beradi.
Pul oqimlari harakati to‘g‘risidagi axborot bo‘lajak pul oqimlari bashorati to‘g‘riligini tekshirish chog‘ida, foyda olish va pul oqimlarining sof harakati va narx o‘zgarishi ta’siri o‘rtasidagi aloqalarni tahlil qilish chog‘ida zarur bo‘ladi.
Pul mablag‘larini bashoratlash tahlilda eng murakkab va qiyin jarayon hisoblanadi. Negaki, bu omillar ko‘proq tashqi subyektlarning to‘lov intizomiga amal etish darajasi bilan belgilanadi. Negaki, doimo ham sheriklarni, mahsulot sotib oluvchilarni, mol yetkazib beruvchilarni puxta o‘rganish imkoni bo‘lmaydi. Ular bilan bo‘ladigan munosabatlarda qarzdorlik muammosini hal qilish yuzasidan zaxira fondlarining tashkil etilishi ham shuni talab etadi.
Menejerlar birinchi navbatda pul oqimini bashorat qilishning optimal usullarini tanlashi lozim. Negaki bu kelgusida olinadigan foydaning va kapitalning o‘sishini ahamiyatligini oshiradi.
Buning uchun birinchi navbatda pul oqimlarini boshqarish strategiyasini to‘g‘ri tanlash lozim:
- pul mablag‘lari kirimi va chiqimi davr boshlanishidan oldin bashoratlanishi;
- sof pul oqimini (ortikcha yoki kamomad) davr boshlanishidan oldin hisob-kitobini qilinishi;
- uzoq va qisqa muddatli moliyalashtirishlarga talablarni davr boshlanishidan oldin aniqlash lozim.
Pul oqimini bashoratlashda albatta debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini holatiga muhim ahamiyat qaratish lozim. Debitorlik majburiyatlari bilan bog‘langan pulning harakati quyidagi formula asosida hisob-kitob qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |