Debitor va kreditor qarzdorlikning aylanuvchanlik koeffitsiyentlari va aylanish davri ko‘rsatkichlarini tahlili
Ko‘rsatkichlar
|
O‘tgan yil
|
Hisobot yili
|
Farqi (+,-)
|
O‘sish sur’ati. %
|
Debitorlar, jami (satr 220+240+250+ 260+270+280+290+300+310)
|
459 586 597
|
468 253 903
|
8 667 306
|
101.9
|
shundan: muddati o‘tgan
|
61 242 836
|
24 341 057
|
-36 901 779
|
39.3
|
Joriy majburiyatlar, jami (satr 610 +630+640+650+660+670+680+690+700+710+720+730+740+750+760)
|
654 802 314
|
674 942 829
|
20 140 515
|
103.1
|
shu jumladan: joriy kreditorlik qarzlari (satr 610+630+650+670 +680 +690+700+710+720+760)
|
623 266 697
|
651 211 265
|
27 276 076
|
104.5
|
shundan: muddati o‘tgan joriy kreditorlik qarzlari
|
26 935 189
|
18 671 676
|
-8 263 513
|
69.2
|
Sotishdan sof tushum
|
2 799 935 534
|
2 938 333 638
|
138 398 104
|
104.9
|
Debitorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti
|
6.09
|
6.27
|
0.18
|
102.9
|
Shundan: muddati o‘tgan debitorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti
|
45.88
|
122.41
|
76.53
|
271.1
|
Debitorlik qarzlarining aylanish davri
|
59.11
|
57.41
|
1.70
|
96.6
|
Shundan: muddati o‘tgan debitorlik qarzlarining aylanish davri
|
7.8
|
2.9
|
-4.9
|
37.1
|
Kreditorlik qarzlari aylanish koeffitsiyenti
|
4.49
|
4.51
|
0.02
|
100.4
|
Shundan: muddati o‘tgan kreditorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti
|
107.65
|
163.22
|
55.57
|
152.3
|
Kreditorlik majburiyatlarining aylanish davri
|
80.1
|
79.8
|
-0.3
|
98.8
|
Shundan: muddati o‘tgan kreditorlik qarzlarining aylanish davri
|
3.3
|
2.2
|
-1.1
|
66.6
|
Debitorlik va kreditorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyentlarining bog‘liqligi (nisbati)
|
1.35
|
1.39
|
0.04
|
102.9
|
Korxonada debitorlik majburiyatlarining aylanuvchanligi o‘tgan yilga nisbatan 0.18 ga ortgan. Aylanish davri 1.70 kunga tezlashgan. Kreditorlik majburiyatlarining aylanish koeffitsiyenti esa 0.02 ga ortgan. Aylanish davriyligi esa 0.3 kunga tezlashgan. Muddati o‘tgan debitorlik majburiyatlarini undirish, muddati o‘tgan kreditorlik majburiyatlarini qoplash imkoniyatlari korxonada to‘la mavjud.
8.5. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish mexanizmlari
Qarz majburiyatlarini boshqarish ishida tizimli yondashuv zarur. Boshqaruvni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda qarzdorlik mavjudligiga, uning miqdoriga va paydo bo‘lgan sanasiga, qarzlarni undirish muddatlarini belgilashga, ularni so‘ndirish usullarini tanlashga alohida ahamiyat qaratish lozim. Bunda, ko‘proq qarzdor bilan muzokara olib borish yo‘lini tanlash maqsadga muvofiqdir. Masalani uzil-kesil hal qilish imkoni bo‘lmasa qonunda belgilangan boshqa choralarni ko‘rishga kirishish lozim.
Debitorlik qarzlarini undirish oson jarayon emas. Bu uzoq vaqtni, qo‘shimcha tashkiliy va moliyaviy xarajatlarni talab qiladi hamda doim bir necha biznes tuzilmalar manfaatlari to‘qnashuvi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu albatta boshqaruvchidan uddaburonlik, shijoat va jiddiylikni talab etadi. Shu bilan birga qarzdorlikni hal etishda qonunchilik normalari bo‘yicha barcha bosqichlardan o‘tish ham doimo ijobiy natijalarga olib kelavermaydi.
Korxonalarda muddatida undirilmagan va undirish imkoni bo‘lmagan debitorlik, kreditorlik qarzlarini hisobdan chiqarish, so‘ndirish quyidagi usullarda amalga oshiriladi.
Birinchi usul: debitorlik qarzi umidsiz bo‘lgan, payti kelganda uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri korxonaning zarariga hisobdan chiqariladi.
Sud qaroriga binoan majburiyatlarning tugatilishi, qarzdorning bankrotligi, tugatilishi yoki vafot etishi oqibatida yoxud da’vo qilish muddati o‘tishi oqibatida uzish mumkin bo‘lmagan qarz umidsiz deb e’tirof etiladi.44 Bunday qarz hisobdan chiqarilishi kerak.
Qarzdorlikning umumiy da’vo muddati uch yil. Ularni hisobdan chiqarish rahbarning qarori bilan amalga oshiriladi va buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
“Xarajatlar tarkibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq da’vo bildirish muddati o‘tgan debitorlik qarzlarni hisobdan chiqarishdan ko‘rilgan zararlar boshqa operatsion xarajatlar sifatida korxonaning davr xarajatlari tarkibiga kiradi.
Debitorlik qarzini hisobdan chiqarishning ikkinchi usuli – bu dargumon qarzlar bo‘yicha zaxira tashkil etishdir. Bunda belgilangan muddatda qoplanmagan va tegishli kafolatlar bilan ta’minlanmagan debitorlik qarzi dargumon qarz sifatida tan olinadi.
Korxonaning yuridik va jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblari bo‘yicha dargumon qarzlari summasiga zaxira tashkil qilinadi.45
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, har qanday usulda ham zararga hisobdan chiqarilgan qarz hisobdan chiqarilgan paytdan boshlab besh yil mobaynida qarzdorning mulkiy holati o‘zgargan taqdirda qarzni undirish imkoniyatini kuzatish uchun balansdan tashqari schyotida turishi zarur.
Debitorlik qarzini hisobdan chiqarishning tanlangan usuli korxonaning hisob siyosatida aks etadi. Agarda korxona dargumon qarzlar bo‘yicha zaxira tashkil etmoqchi bo‘lsa, u holda uni shakllantirish va foydalanish tartibini ham hisob siyosatida ko‘rsatishi kerak.
Debitorlik va kreditorlik qarzi muddatlarini o‘tkazib yuborish hamda korxonalarning hisobvaraqlarida tegishli mablag‘lar bo‘lgan holda to‘lovlarni amalga oshirishning belgilangan muddatlarini buzish mansabdor shaxslarga EKIHning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.46
Mahsulot va tovar yetkazib berishda, shuningdek‚ ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishda korxona xaridorlar va buyurtmachilardan bo‘nak to‘lovini (oldindan to‘lovni) talab qilishi mumkin. Bu holatda bo‘nak xaridorlar va buyurtmachilardan kelgusi to‘lovlarning tushish kafolati va tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnomaning bajarilishi kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Bunday bo‘naklar pul mablag‘larini olgan korxona uchun mahsulot va tovarlar yetkazib berilgunga, shuningdek‚ ish bajarilgunga yoki xizmatlar ko‘rsatilgunga qadar yoxud ilgari olingan bo‘nak to‘lovlari qaytarilgunga qadar majburiyatlar hosil qiladi.
Kreditorlik qarzini hisobdan chiqarish tartiblari soliq kodeksining 136-moddasi bilan tartibga solinadi.
Muddatida so‘ndirilmagan kreditorlik qarzi quyidagi hollarda hisobdan chiqarilishi mumkin:
- da’vo bildirish muddati (qarz vujudga kelgan paytdan boshlab uch yil) o‘tganda;
- kreditor korxona tugatilganda;
- majburiyatlar sudning yoki vakolatli davlat organining qaroriga binoan hisobdan chiqarilganda.
Hisobdan chiqarilgan kreditorlik qarzi summasi asosiy ishlab chiqarishdan olingan boshqa daromadlar tarkibiga kiritiladi. Kreditorlik qarzini hisobdan chiqarish korxonaning boshqa daromadlariga kiradi hamda asosiy faoliyat turi uchun ko‘zda tutilgan stavkalar bo‘yicha soliq solinadi.
Balansda debitorlik qarzini ushlab turish nihoyatda foydasiz, biroq undan aql bilan moliyaviy holatga ziyonsiz va qonunchilik doirasida xalos bo‘lish kerak. Aniqlanishicha, amaliyotda kreditorlar uchun yetarlicha imkoniyatlar mavjud. Kontragent bilan o‘zaro munosabatlar tarixi, qarz summasi, uning hosil bo‘lish sanasi va boshqa omillarga bog‘liq holda:
- qo‘shimcha kelishuv yoki vaziyatga mos keladigan boshqa shartnoma tuzish yoki qarzni butunlay kechib yuborish;
- bank yoki soliq inspeksiyasiga murojaat qilish;
- qarzdorga talabnoma yo‘llash yoki sudga qarzni undirish uchun ariza berish;
- qarzdorni bankrot deb e’tirof etish.
Yondashuvlarning turli-tumanligiga qaramay amalda, debitorlik va kreditorlik qarzlarini boshqarish iqtisodiyotning barcha bo‘g‘inlaridagi korxona va tashkilotlarda haliga qadar qiyinligicha qolmoqda. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining muddati o‘tgan qismini jami majburiyatlar tarkibidagi salmog‘i yuqoriligicha qolmoqda. Ularni hal qilishning amalda moliyaviy mexanizmlari mavjud qarzdorlikni ijobiy hal qilish imkonini bermayapti. Buning oqibatida korxonalarning moliyaviy ahvoli tobora yomonlashmoqda. Ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlari samarasizligicha qolmoqda.
Korxonalarning debitorlik va kreditorlik qarzdorligi va ularni muddatli hal etish borasida amaldagi huquqiy normalarni takomillashtirish, kechiktirilgan qarzlar siyosatidan voz kechish, qo‘llab quvvatlashning manzilli xaritalarini tuzish, rag‘batlantirishning ta’sirchan birliklarini yo‘lga qo‘yish, hisob-kitob shakllarini kengaytirish, savdo va tijorat faoliyatida sug‘urta xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, zaxiralarni tashkil etishning mukammal tizimiga o‘tish lozim deb o‘ylaymiz.
Debitorlik qarzlarini boshqarishning maqsadi uning hajmini va tarkibini optimallashtirish, shuningdek, samarali kredit siyosatini qo‘llash yuzasidan sotish hajmini rag‘batlantirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |