q4/q1= q2/q1x q3/q2xq4/q3 yoki q4/q1:q3/q1=q4/q3xq
Yuqorida keltirilgan misolimizda tovar miqdori emas, balki qiymati berilgan deb faraz qilaylik.
1.15-jadval
Sotilgan mahsulot hajmi bo‘yicha bazisli va zanjirsimon indeks
Choraklar
I
II
III
IV
Miqdor darajalari
Sq1r1
Sq2r2
Sq3r3
Sq4r4
Bazisli indeks
-
Zanjirsimon indeks
-
Indekslardan murakkab ko‘rsatkichlarni o‘zgarishida omillarning ta’sirini o‘lchashda ham foydalaniladi. Omillar ta’sirini baholashda agregat shakldagi umumiy indekslardan foydalaniladi.
1.16-jadval
Omillar ta’sirini hisoblash yo‘llari
Guruhlash usuli. Guruhlash deganda o‘rganilayotgan to‘plamni taalluqli belgilari bo‘yicha sifat jihatdan bir xil bo‘lgan guruhchalarga ajratish tushiniladi. Agar statistikada guruhlash hodisalarni umumlashtirish va tiplarga ajratish maqsadida foydalanilsa, tahlilda o‘rtachalarni mohiyatini tushintirishga, bu o‘rtachadagi alohida birliklarni rolini ko‘rsatishga, o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlar orasida o‘zaro bog‘liqliklarni aniqlashga yordam beradi.
Hal qiladigan masalalari (vazifalari) nuqtayi nazardan guruhlashlar tipologik, strukturali va analitik turlarga bo‘linadi.
Tipologik guruhlash – to‘plamni sifat jihatdan bir xil bo‘lgan guruhlarga ajratishni;
Strukturali guruhlash – ko‘rsatkichni ichki tuzilishini, uning alohida qismlarini o‘zaro nisbatlarini o‘rganish maqsadida guruhlarga ajratishni;
Analitik guruhlash – ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘lanishlarni o‘rganish maqsadida amalga oshiriladigan guruhlashlarni anglatadi.
Tuzilishining murakkabligi jihatdan oddiy guruhlashlar va kombinatsiyali guruhlashlar tarkiblanadi.
Bitta belgi bo‘yicha amalga oshirilgan guruhlashlar oddiy guruhlash deb aytiladi. Agar bitta belgi bo‘yicha bitta guruhlashni, shu guruhga kiruvchi boshqa bir belgi bo‘yicha yana boshqa guruhlashni amalga oshirilsa, bunday guruhlash kombinatsiyali guruhlash deb aytiladi.
Guruhlarni tuzishda to‘plamni guruhlarga bo‘lish, guruhlar sonini belgilash va guruh intervalini aniqlash masalasiga jiddiy yondashish zarur.
Guruhlashlar algoritmini quyidagi ketma-ketlikda belgilash mumkin:
• tahlilning maqsadini aniqlash;
• axborotlarni yig‘ish;
• guruhlash uchun asos qilib olingan belgi bo‘yicha to‘plamni ranjirlash;
• to‘plamni taqsimlash intervali (oralig‘i)ni tanlash va uni guruhlarga ajratish;
• guruhlash va omilli belgilar bo‘yicha o‘rtacha guruh ko‘rsatkichlarini aniqlash;
• olingan o‘rtacha miqdorlarni tahlil qilish, o‘zaro bog‘liqlarni va natijaviy ko‘rsatkichga omilli ko‘rsatkichlarni ta’sir yo‘nalishini aniqlash.
Moliyaviy tahlilda guruhlashdan ko‘pincha qiyosiy tahlilda foydalanish mumkin.
1.17-jadval