Umuman, amaliyotda investitsiyalarning loyihaviy tahlilida quyidagi muammolar mavjud:
investitsiya loyihasini amalga oshirishda yangi texnika- texnologiyalarning parametrlari va iqtisodiy ko'rsatkichlari to'g'risida ma'lumotlarining etarli emasligi;
bozor tendentsiyasini, narx-navoni, valyuta kursining o'zgarishi, bozor risklarini baholashda axborotlar noaniqligi;
ijtimoiy baholash, xududiy investitsiya jarayonlarini faollashtirish;
investitsiya loyihalari bahosini aniqlashda yo'l qo'yiladigan hisob- kitoblardagi xatoliklar;
investitsiya loyihasini moliyalashtirish uchun moliyalashtirish manbalarini to'g'ri tanlash;
loyihalarni moliyalashtirish garfiklarini to'g'ri kelmasligi;
loyihadan olinadigan mablag'larning o'z vaqtida qaytmasligi;
investitsiya loyihasida amortizatsiya ajratmalarini to'g'ri hisoblashdagi kamchiliklar;
loyihani ekspertlarining yuqori malakaga ega emasligi, yoki malakali mutaxassislarning etishmasligi;
loyihada olinadigan pul oqimlarini to'g'ri baholash imkoniyatining murakkabligi;
pul oqimlarini to'g'ri aniqlashda inflyatsiya, risklar va noaniqliklarning o'zgarishlari;
bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida investitsiya loyihalarini bahosini aniqlashga doir tegishli uslubiy qo'llamaning mavjud emasligi;
Investitsiyalarni loyihaviy tahlilini takomillashtirish yuzasidan quyidagi takliflarni amalga oshirish, bizning fikrimizcha, maqsadga muvofiqdir:
investitsion loyihalarni turli tumanligidan, ularni qaytarilmasligidan, unikalligidan kelib chiqib iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonida
loyihalarni texnik tahlilini birinchi galda o'tkazish kerak deb o'ylayman;
investitsiya loyihalari bahosini aniqlashda moliyaviy jihatdan loyiha hayotiyligini hamda loyihaga qaratilgan xarajatlarning qoplanadigan investorni qoniqtiruvchi ichki daromad stavkasini ilmiy asoslangan holda aniqlash zarurligini aytib o'tish joiz;
investitsiya loyihalarini iqtisodiy samaradorligini to'liq hisoblash, loyiha natijalarini tegishli soha va tarmoqlarga, xudud iqtisodiyotiga ta'sirini to'g'ri aniqlash lozimligini hisobga olish;
loyihalarga safarbar etiladigan investitsiya shakllaridan kelib chiqib risklar investitsiya loyihalarining hayotiy tsikllari bo'yicha hisob kitob qilinishi hamda risklar darajasini diskontlash koeffitsentlari orqali inobatga olish;
Investitsiya loyihasini baholashda sof joriy qiymat, ichki daromad me'yori hamda rentabellik koeffitsienti ko'rsatkichlarini aniq ifodalash maqsadida diskontlash stavkasi va pul oqimlarini to'liq va aniq baholashni ta'minlash;
Investitsya loyihalari samaradorligini aniqlashdan oldin bozor tahlili natijalarining umumiy xulosasi, talab, sotiladigan maxsulot hajmini oldindan bashorat qilish, bozorni o'rganishdan maqsad va vazifani belgidab olish hamda marketing strategiyalariga amal qilish shart deb o'ylayman.
banklar investitsion faoliyatini rag'batlantirish, iqtisodiyotning ustuvor sohalarini rivojlantirishga qaratilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda davlat kafolatlarini kengaytirish, soliq imtiyozlarni joriy qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |