Toshkent moliya instituti loyihalarni moliyalashtirish fakulteti loyihalarni


Investitsiyalarning loyihaviy tahlilini takomillashtirish yo’llari



Download 146,64 Kb.
bet24/28
Sana03.06.2022
Hajmi146,64 Kb.
#631699
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
Karimqulov BMI uz cd153

Investitsiyalarning loyihaviy tahlilini takomillashtirish yo’llari


Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida malakatimizga jalb qilinayotgan investitsiya hajmi yillarda ortib bormoqda. Investitsiya kiritilishi, har qanday
korxonaning moddiy texnik bazasini yangilanishiga, ishlab chiqarish xajmining oshishiga, ishlab chiqarish faoliyatining yangi turlariga asoslanishiga sabab buladi. Har qanday mamalakatning iqtisodiyotida investitsiyalash jarayoni muhim rol o'ynaydi. Chunki davlatning iqtisodiy o'sishida, aholining ish bilan band bo'lishida, aholi turmush darajasini ko'tarilishida investitsiyalash jarayoni sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun iqtisodiyotda investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirish dolzarb masala hisoblanadi. Chunki bozor iqtisodiyoti cheklangan resurlar asosida cheksiz extiyojlarni qondirishni taqazo etadi. Mamlakatimizga jalb qilinayotgan investtsiyalar cheklangan ekan ulardan samarali foydalanib iqtisodiyotga naflilik darajasini oshirish yo'llarini izlab topishimiz kerak.
Mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilinadigan investitsiya loyihalari samaradorligini baholashda iqtisodiyotimizga xos, bozor iqtisodiyotiga o'tish davriga mos keladigan takomillashgan usullarini tadbiq qilishimiz kerak. Chunki investitsiya loyihasini amalga oshirishdan oldin uni samaradorligini to'g'ri baholashda ko'pgina qiyinchiliklarga duch kelinadi. Shak shubhasiz investitsiya loyihasini amalga oshirishda loyiha samaradorligini aniq baholashda nafaqat investorlar balki ekspertlarning oldida ham ko'pgina muammolar paydo buladi.
Albatta samaradorlikni aniqlashda zarur bo'ladigan sog'lom fikrlardan foydalaniladi, zarur hollarda ekspert-konsultantlarni shubhasiz jalb qilinadi, lekin xozirgi sharoitda shunday mutaxassislar etishmaydi. Yuqori sifatli ekspertiza investitsiya loyihalarini samaradorligini aniqlash uchun emas balki qo'yilgan vazifalarni tuzatish, qabul qilingan taxminlarni hamda allaqachon o'tkazilgan hisoblash usullarini tekshirish uchun zarur. Agar investitsiya loyihalarini hisoblash bilan ekspertiza birgalikda olib borilsa unda kutilgan natijani olib bo'lmaydi.
Investitsiya loyihasi samaradorligini baholashda uning nazariy asosini, uning amalga oshish shartlarning moyilligi va loyihani ishlab turishi, shuningdek investorning o'ziga xos afzalliklarini birinchi o'ringa qo'yish zarur.
Ishlab chiqilgan investitsiya loyihalarini dastlabki tahlil qilishda etarlicha maqsadli qarorlar kabul qilish muhim hisoblanadi. Dastlabki tahlilning asosiy maqsadi ko'rilayotgan loyihaga safarbar qilinayotgan kapitalning daromadliligiga va investitsiya loyihasining samaradorlik ko'rsatkichlariga qaratiladi. Bunda asosan pulning vaqtlilik qiymatini, diskontlash stavkasini hisoblash qoidalariga asoslanadi. Investitsiyalarning samaradorligini oshirish uchun investitsiya qarorlarini qabul qilishning barcha jarayonlarida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, tanlab olish va amalga oshirish bo'yicha yagona mukammal tizimni shakllantirish talab etiladi. Yagona mukammal tizimni qo'llashda jaxon amalayotida sinovdan o'tgan va e'tirof etilgan investitsiya loyihalarini samaradorligini baholash, tahlil etish standart usuliga tayanish zarur. Shuni ta'kidlab o'tish kerakki mustaqillikdan keyin iqtisodiyotimizning etakchi tarmoqlariga jalb qilingan investitsiyalar xozirda jamiyat manfati uchun kutilayotgan natijalarni bermayapti. Buning asosiy sabablaridan biri investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tegishlicha chuqur samaradorlik ko'rsatkichlari
tahlil qilib o'rganilmaganlidan kelib chiqmoqda.
Shuningdek tadbirkorlik sub'ektlarini huquqiy muxofaza qilishni mustaxkamlashga, soliq yukini kamaytirishga, soliqlarni to'lash hamda hisobotlarni taqdim etish tizimini soddalashtirishga, moliyaviy javobgarlikni erkinlashtirishga qaratilgan bir qator muhim farmonlar va qarorlarning qabul qilinishi bozor isloxatlarini chuqurlashtirishda, iqtisodiyotni yanada erkinlashtirishda hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirga qulay sharoitlar ochib beradigan muhim omil bo'ldi.
Investitsiya loyihalarning samaradorligini baholashdan maqsad, loyihaning investor va moliyachi nuqtai nazaridan moliyaviy va tijoriy amalga oshirilishini tekshirishdir. Korxona faoliyati amaliy mohiyati doirasida tahlil qilinadi; bunda kiritilayotgan resurslarga ketgan barcha xarajatlar real pullarning chiqib ketishi, operatsiyalardan tushgan foydaesa - ularning kelishi deb qaraladi. Investitsiyalarni amalga oshirish va qo'llash uchun zarur bo'lgan moliyaviy resurslar firma nuqtai nazaridan tushum (banklar, aktsiyadorlar va xakozolar
uchun chiqim)dir; moliyalash xarajatlari hamda majburiyatlar buyicha to'lovlar firma uchun moliyaviy chiqim hisoblanadi. Barcha kiritilayotgan resurslar va chiqarilayotgan mahsulot bozor sharoitlariga ko'ra baholanadi. Bundan ayon bo'ladiki, tahlilchi va qaror qabul qiluvchi shaxslar investitsiyalar yaratadigan sof daromad va foydani moliyaviy ko'rsatkichlar asosida, jumladan, umumiy investitsiyalardan keladigan foyda hamda investorlarga qoladigan ortiqcha mablag' investorlar va moliyaviy tashkilotlarning har birining manfaatlarini hisobga olgan xolda o'lchaydilar.
Mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilinadigan investitsiya loyihalari samaradorligini baholashda iqtisodiyotimizga xos, bozor iqtisodiyotiga o'tish davriga mos keladigan takomillashgan usullarini tadbiq qilishimiz kerak. Chunki investitsiya loyihasini amalga oshirishdan oldin uni samaradorligini to'g'ri baholashda ko'pgina qiyinchiliklarga duch kelinadi. Shak shubhasiz investitsiya loyihasini amalga oshirishda loyiha samaradorligini aniq baholashda nafaqat investorlar balki ekspertlarning oldida ham ko'pgina muammolar paydo buladi.
Bizni malakatimizning o'ziga xos yagona xususiyati bu kapitalni safarbar qilishdan yuqori daromad olish imkoniyati mavjudligini hisobga olish zarur. Mamlakatning bu yagonalik xususiyati shundaki katta tabiiy boyliklarga, xom- ashyo resurlariga, etarlicha ishchi kuchining mavjudligi hamda ishlab chiqarish infrastrukturasining etarliligi bilan xulosa qilinadi.
Albatta samaradorlikni aniqlashda zarur bo'ladigan sog'lom fikrlardan foydalaniladi, zarur hollarda ekspert-konsultantlarni shubhasiz jalb qilinadi, lekin xoizrgi sharoitda shunday mutaxassislar etishmaydi. Yuqori sifatli ekspertiza investitsiya loyihalarini samaradorligini aniqlash uchun emas balki qo'yilgan vazifalarni tuzatish, qabul qilingan taxminlarni hamda allaqachon o'tkazilgan hisoblash usullarini tekshirish uchun zarur. Agar investitsiya loyihalarini hisoblash bilan ekspertiza birgalikda olib borilsa unda kutilgan natijani olib bo'lmaydi.
Investitsiya loyihasi samaradorligini baholashda uning nazariy asosini, uning amalga oshish shartlarning moyilligi va loyihani ishlab turishi, shuningdek investorning o'ziga xos afzalliklarini biriinchi o'ringa qo'yish zarur. Investitsiya loyihasini samaradorligini hisoblash murakkab bo'ladi, chunki uni aniqlashda biron bir oddiy algoritmdagi hisoblarni aniqlash emas, balki ko'pgina samaradorlik ko'rsatkichlaridan foydalanib aniqlanadi. Samaradorlikni baholash murakkab sistema va etarlicha murakkab tuzilishga ega bularga: vaqtlilik, sub'ektiv omillar va boshkalar. Shuning uchun loyihani tahlil qilganda har bir ishtirokchi uchun ko'pgina o'zgarishlarni hisobga olgan holda etarlicha davr oralig'ini olish zarur. Investitsiya loyihalarini samaradorligini baholashda oddiy baholash usullarini jalb qilish noloyiq hisoblanadi. Chunki eng oddiy loyihada xam etarlicha ko'p ishtirokchilar va jamoa bo'ladi, loyihani ishtirokchi tashkiloti uchun sotsial yoki iqtisodiy samaradorligini hisoblash muhim bo'sa davlat uchun byudjet samaradorligini hisoblash muhim buladi.
Loyihada katnashuvchi har bir ishtirokchi tegishlicha xaq olishi zarur bo'ladi.

Xulosa


Har qanday iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi va uning taraqqiyotini ta'minlovchi investitsiyalarga iqtisodchi olimlar tomonidan berilgan tariflar tahlili uning juda keng tushunchaga ega ekanligini va uni har xil talqin qilish mumkin degan xulosalarni keltirib chiqaradi.


Bugungi kunda O'zbekistonda investitsiya loyihalarining iqtisodiyot yuksalishidagi ahamiyatidan kelib chiqib, belgilangan vazifalarining amalga oshirilishini ta'minlashda xorijiy investitsiyalarning alohida o'rin tutishini inobatga olgan holda ularni barcha shakllari bo'yicha jalb etish chora- tadbirlarining bajarilish sifatini hamda iqtisodiyotga jalb qilinadigan investitsiya loyihalarni baholashda loyihaviy tahlilni amalga oshirish zarur.
Investitsiya loyihasini baholashda loyihaviy taxlil usullaridan foydalanish nixoyatda muhimdir. Investitsiya loyihasi o'zida shu loyiha qatnashchilari manfaatlariga ta'lluqli bo'lgan xarajat va foyda nisbatini aks ettiruvchi ko'rsatkichlar tizimini tavsiflaydi.
Investitsiya loyihasini iqtisodiy va moliyaviy ko'rsatkichlarini aniqlashda kelgusi xarajat va natijalarni baholash hisob davri mobaynida olib boriladi. Bunda oy, chorak, yil hisob davri bo'lishi mumkin. Investitsiya loyihalarini baholashda turli davrdagi ko'rsatkichlarni o'zaro aniqlash, ularni boshlang'ich davrdagi qiymatiga nisbatan diskontlash yo'li bilan amalga oshirilishi lozim. Turli davrdagi xarajatlarni bir hillashtirish uchun kapitalga to'g'ri keladigan foyda normasining investor uchun qulay bo'lgan E diskontlash normasi ishlatiladi.
Jaxon amaliyotida investitsiya loyihalarni baholash usullari ancha oldin ishlab chiqilganligi va ularning iqtisodiy hayotda keng qo'llanilayotganligini tasdiqlaydi. Mazkur usullar har kanday investitsiya loyihasining daromadliligini, foydaliligini hamda ularning jalb etuvchanligini aniqlab bera oladi. Lekin ayrim hollarda investitsiya loyihalarini baholashda barcha usullarni qo'llash zaruriyati tug'ilmasligi ham mumkin. Bu usullarning qo'llanilishi tahlil qilinayotgan har bir loyihaning o'ziga xos jihati va xususiyatlarini inobatga olgan holda amalga
oshirilishi lozim.
Investitsiya loyihasini tahlil etish nazariyasi umumiy holatda ishonchli va ob'ektiv xulosaga olib keluvchi analiz va sintez usullar va ko'rsatkichlarning muayyan tizimidan foydalanishni ko'zda tutadi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak har bir investitsion loyiha uning tasnifiga ko'ra qaytarilmas va unikal loyihadir. Investitsiyalarni baholashdan farqli o'laroq O'zbekiston sharoitida investitsion loyihalarni aniqlashda iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonida loyihalarni texnik tahlilini birinchi galda o'tkazish, iqtisodiyotimizni eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish strategiyasidan kelib chiqib investitsion loyiha mahsulotiga qanchalik talab bo'lishini hisobga olish, investitsion loyiha samaradorligini aniqlashda moliyaviy jihatdan loyiha hayotiyligi hamda loyihaga qaratilgan xarajatlar uning foydalanuvchisi tomonidan qoplanishi, O'zbekiston sharoitida tadbiq etilayotgan investitsion loyihalar atrof muhitga qanday ta'sir ko'rsatishini e'tiborga olish, loyihani tadbiq etuvchi, uni boshqaruvchi tashkilot belgilangan biznes reja asosida boshqara olishi, loyiha sotsial va madaniy jihatdan jamiyat tomonidan tan olinishi, investitsion loyihani amalga oshirish va uning faoliyatini yo'lga qo'yish xarajatlariga nisbatan loyihadan olinadigan samara undan yuqori bo'lishi va uni qo'lga kiritishda qanday risklar mavjud bo'lishini hisobga olish o'ta muhimdir. Boshqacha qilib aytganda loyihani iqtisodiy samaradorligini to'liq hisoblash, loyiha natijalarini tegishli soha va tarmoqlarga, xudud iqtisodiyotiga ta'sirini to'g'ri aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Loyihadan olinadigan daromad kelajak bilan bog'liq, shuning uchun vaqt omilini inobatga olish juda ham muhimdir. Investitsion loyihalar tanlovi investitsion oldi fazada amalga oshiriladi va bunda qator loyihalar tarkibidan muqobilini tanlash muhim rol o'ynaydi. Investitsion qarorni qabul qilish uning moliyalashtirish qarori bilan bevosita bog'liqdir.
Investitsion loyihalarni investitsion oldi fazasida turgan vazifalaridan asosiysi investitsion imkoniyatlarni tahlilini to'g'ri yo'lga qo'yishga bog'liqdir. Asosiy masala O'zbekiston iqtisodiyotini strategiyasi va siyosatidan kelib
chiqqan holda investitsion imkoniyatlarni identifikatsiyasiga bog'liqdir. Qanchalik ijtimoiy – iqtisodiy axborot, tabiy resurslar to'g'risidagi axborot aniq va to'g'ri bo'lsa, bularni tahlili asosida sintez va analiz usuli bilan muqobil variantlarini tanlovini tashkil etish loyiha bahosini aniqlashda muhim rol o'ynaydi.
Loyiha bahosini aniqlashda safarbar etiladigan investitsion resurslar qiymatini to'g'ri baholash loyihaga safarbar etiladigan resurslar leveraj koeffitsentini aniq belgilash va ta'minlash hamda soliq to'lovlari kelajagini real baholash loyiha bahosini aniqlashda bizning fikrimizcha qo'shimcha mezonlar sifatida inobatga olinishi zarurdir.
Shuni ta'kidlash joizki dinamik va statistik usullarda qo'llaniladigan ko'rsatkichlarni alohida alohida baholash to'g'ri natijalar bermaydi. Ular bir biriga bog'liq ravishda hisob kitob qilinadi va ular natijasidan kelib chiqib xulosa qabul qilinadi. O'zbekiston iqtisodiyoti sharoitida bugungi vaziyatni inobatga olib, integratsiyalashuvni chuqurlashib borishini, qo'shma loyihalarni o'sib borishini, jaxon hamjamiyatini qarz mablag'larini, chet el investitsiyalarini kengayib borishini inobatga olib, baholashda YuNIDO tomonidan qabul qilingan dinamik usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Lekin bu usullardan foydalanish loyihalarni bahosini aniqlashda to'liq va ishonchli axborotdan foydalanishni talab etadi. Eng muhimi noaniqliklar darajasini pasaytirishdir. Aniq va noaniq risklarni to'liq hisobga olishdir. Ularni pasaytirish chora tadbirlarini qo'llashdir va investitsion loyiha risklarini boshqarishni yo'lga qo'yishdir. Bizning nazarimizda loyihalarga safarbar etiladigan investitsiya shakllaridan kelib chiqib risklar tarkibini ilmiy jihatdan asoslash asosiy muammodir. Bizningcha risklar investitsion loyihalarning hayotiy tsikllari bo'yicha hisob kitob qilinishi zarurdir. Bular investitsion oldi faza risklari, investitsion faza risklari va ekspluatatsiya faza risklaridir. Nazarimizda barcha turdagi risklar darajasini diskontlash koeffitsentlari orqali inobatga olish loyiha pul oqimlarini texnik iqtisodiy asoslangan holda tegishli ketma ketlikda rejalashtirish asosida loyiha ko'rsatkichlarini hisob kitob qilish
loyiha bahosini aniqlashda qo'l keladi.

Download 146,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish